• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” ta’qibidan qochib pushtunlarning haqoratlariga duchor bo‘layotgan Afg‘onistondan AQShga evakuatsiya qilingan qiz hikoyasi

    Afg‘onistondan evakuatsiya qilinganlar safida AQShning Viskonsin shtatidagi harbiy bazaga joylashtirilgan afg‘onistonlik qiz u yerda afg‘onlarning boshqa etnik guruhlari tomonidan ta’qibga uchragani haqida “RIA Novosti”ga gapirib berdi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    “Tolibon” 15-avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallab oldi, 7-sentabr kuni esa o‘zining muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasi ostida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingandi. Bir necha ming afg‘on qochqinlari AQShning Viskonsin shtatidagi Fort-Makkoy harbiy bazasiga joylashtirildi.

    Kobuldan evakuatsiya

    Ismining faqat bosh harfini (K) aytishni istagan qiz Osiyo ayollar universitetida birinchi kursni boshlash uchun avgust oyi o‘rtalarida Kobuldan Bangladeshga ketishni rejalashtirgandi. Mamlakatda hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelganidan keyin qizning rejalari o‘zgarib ketdi. U va yana 250 ga yaqin afg‘on talaba qizlari Viskonsindagi Fort-Makkoy bazasiga evakuatsiya qilindi.

    “Biz Bangladeshga borishimiz kerak edi, universitetimiz biz uchun Kobul aeroportidan charter reys tashkil qildi, ammo toliblar aeroportni egallab olgani uchun parvoz kechiktirildi. Biz aeroportda uzoq vaqt qolib ketdik. Keyin AQSh harbiylari tomonidan bizni Fort-Makkoyga olib boradigan boshqa charter reys tashkil qilindi”, — dedi u.

    Hazoralar va pushtunlar

    Amerika harbiy bazasida afg‘on qizining hayoti oson kechmadi. Qizning kelib chiqishi hazoralardan bo‘lib, u AQShda Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan boshqa bir millat vakillari – pushtunlar tomonidan haqoratlarga duchor bo‘ldi. Afg‘onistonda aholining asosiy qismini pushtunlar tashkil qiladi.

    “Men hazoralardanman, bu yerda pushtunlar ko‘p. Ular bizga nisbatan juda yomon, tajovuzkor munosabatda bo‘lishadi. Harbiy bazadagi qochqinlarning aksariyati pushtunlar”, — dedi qiz.

    K.ning so‘zlariga ko‘ra, Fort-Makkoyga taxminan 13 ming nafar afg‘onistonlik evakuatsiya qilingan, ulardan 2 mingga yaqini hazoralar. Afg‘onistondagi hazoralar va pushtunlar o‘rtasidagi ziddiyatlar XIX asrga borib taqaladi. Hazoralar mamlakatdagi eng ezilgan etnik guruhlardan biri sanaladi, ular sharqiy osiyoliklarga xos tashqi ko‘rinishi tufayli ta’qibga uchraydi.

    Hazoralardan bo‘lgan qizning aytishicha, Amerika harbiy bazasidagi pushtunlar uni tashqi ko‘rinishi uchun kamsitgan. Uning ta’kidlashicha, hazoralar va pushtunlar harbiy bazada alohida joylashtirilgan, shuning uchun qiz faqatgina jamoat joylariga, masalan, oshxonaga borganida haqoratlarga duch keladi. K. bitta katta xonada yana 30 nafar ayol bilan birga yashaydi. Xonadoshlarining aksariyati universitetdagi kursdoshlari bo‘lib, ular qizga ruhiy madad bermoqda.

    Kelajak rejalari

    K. Bangladeshdagi Osiyo ayollar universitetida ikki yillik iqtisod fakultetini tugatib, so‘ng Buyuk Britaniya yoki AQShdagi universitetlardan birida magistratura bosqichini davom ettirmoqchi edi. Biroq evakuatsiya bu rejalarni puchga chiqardi. Talaba qiz hozirda AQShning Rod-Aylend shtatida Braun universitetidan stipendiya olgan, ammo bu faqat bir yillik ingliz tili dasturi uchun tatbiq qilinadi. Agar K. bakalavr darajasini olishni istasa, u 24 yoshida hammasini yana qaytadan boshlashi kerak.

    “Mening orzum Amerikada o‘qish va AQShda magistratura darajasini olish uchun stipendiyaga hujjat topshirish edi, lekin toliblar mamlakatda hokmiyatni egallab olgan hozirgi vaziyatda buning imkoni yo‘q. Men hammasini (Braun universitetida) boshidan boshlayman”, — dedi u.

    Qiz shu hafta Fort-Makkoydan universitetga ko‘chib o‘tishga va etnik zo‘ravonlikni butunlay o‘tmishda qoldirishiga umid qilmoqda. K. Afg‘onistondan yolg‘iz o‘zi evakuatsiya qilingani uchun oilasi bilan uzoq vaqt ko‘risholmasligini his qilmoqda. Bundan tashqari u Kobulda qolgan oilasining xavfsizligidan xavotirda. Uning besh nafar aka-ukasi bor, ulardan biri uzoq yillar davomida AQSh harbiylari bilan birga ishlagan.

    “Oilamdagilar qochib qutulganimdan xursand, lekin ularning hayoti xavf ostida. Chunki akam AQSh armiyasida ishlagan.U AQShga maxsus immigratsiya vizasi uchun murojaat qilgandi, ammo Kobulda qolib ketdi”, — deya xo‘rsinib o‘zi haqidagi hikoyani yakunladi qiz.

    Mavzuga doir:

    • Fotogalereya: “Tolibon” hukumat tepasiga kelganidan keyin Afg‘onistonda hayot qanchalik o‘zgardi?
    • “Uy zindonga aylandi”. “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga olganidan bir oy o‘tib, afg‘onistonlik ayollar qanday yashamoqda?
    • “Tolibon”dan qochish. Eng taniqli siyosatchi ayollar Afg‘onistondan chiqib ketishga qanday muvaffaq bo‘ldi?

    02.11.2021, 08:00   Izoh (0)   21051
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ukrainada bosh vazirning ikki o‘rinbosari iste’foga chiqdi

    01.11.2021, 22:07

    OAV: Braziliya prezidentining qo‘riqchilari jurnalistlarga hujum qildi

    01.11.2021, 21:10

    Sudan harbiy yetakchisi mamlakatdagi saylovlarga tayyorgarlik haqida gapirdi

    01.11.2021, 19:10

    Xitoy AQSh razvedkasining COVID-19 kelib chiqishi haqidagi xulosalarini yolg‘on va ilmiy jihatdan asossiz deb atadi

    01.11.2021, 18:40

    Dunyoda koronavirus qurbonlarining soni 5 milliondan oshdi

    01.11.2021, 18:25

    Bayden Putinning Italiyadagi G20 sammitiga kelmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi

    01.11.2021, 17:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xonanda Farrux Xamrayev jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 22:45

    Tramp siyosati tufayli yil boshidan beri 1 millionga yaqin migrant AQShni tark etdi

    Dunyo | 19 iyun, 22:35

    Har qanday yoshda o‘zini baxtli his qilishga yordam beradigan omil aniqlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 22:25

    Qozog‘istonda elektr uzatish tarmog‘i o‘chgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 22:15

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    Dunyo | 19 iyun, 22:05

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    Reklama | 19 iyun, 21:00

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Xorazm”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.