Amerikaning Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 5 milliondan oshdi. AQSh COVID-o‘limlar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, mamlakatda pandemiya boshidan beri 745 mingdan ortiq kishi infeksiya tufayli hayotdan ko‘z yumgan.
Pandemiya boshidan buyon dunyo bo‘ylab jami 246 milliondan ortiq kishida COVID-19 qayd etilgan. Shu bilan birga, dunyo aholisini koronavirusga qarshi emlash uchun 6,9 milliarddan ortiq dozada vaksina qo‘llanilgan. Aholining, taxminan, 39 foizi vaksinaning ikkala dozasini ham qabul qilgan.
COVID-19 dan vafot etganlar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar:
- AQSh — 745,8 ming kishi,
- Braziliya — 607,8 ming,
- Hindiston — 458,4 ming,
- Rossiya — 235,3 ming,
- Buyuk Britaniya — 141 ming kishi.
Mavzuga doir:
- JSST rahbari koronavirus pandemiyasi ustidan g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi
- Misrda cheklovlar kuchaytirildi, Belarusda rejali tibbiy yordam to‘xtatildi, pandemiya qachon tugaydi? Koronaxabarlar
- Dunyoda koronavirusga chalinish va o‘lim holatlari kamaydi, qaysi mamlakatlarda haligacha vaksinatsiya boshlanmagan? Koronaxabarlar
Izoh (0)