Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining 6-kungi bahslari 30-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-63,5 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov yaponiyalik Tayga Imanagaga qarshi ringga chiqdi. Har uchala raundda ham faol harakat qilgan Tursunov yakunda raqibidan 5:0 hisobida ustun keldi va keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qildi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning dastlabki besh kunida bir qator o‘zbekistonlik bokschi o‘z jangini o‘tkazdi. Odiljon Aslonov, Nodirjon Mirzahmedov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Ja’farov, Odiljon Aslonov, Shahobiddin Zoirov, Madiyor Saidrahimov, Abdumalik Halokov va Lazizbek Mullajonov raqiblarini yengib, keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘stmatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G‘iyosov musobaqa bilan erta xayrlashdi.
Izoh (0)