Futbol bo‘yicha Qozog‘iston Premyer Ligasining so‘nggi, 26-turi doirasida “Tobol” “Oqjayiq”ga qarshi maydonga tushdi.
“Oqjayiq” maydonida o‘tgan bellashuv “Tobol”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Kostanayliklarning ilk goliga o‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeyev mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Tobol”ning ochkolari 61 taga yetdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa jamoa o‘z tarixida ikkinchi marta va 11 yil deganda ilk bor Qozog‘iston chempioniga aylandi.
Igor Sergeyev esa mavsum yakunlariga ko‘ra chempionat to‘purarlari orasida 11 ta gol bilan 3-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Sergeyev 2021-yilning fevral oyida Qozog‘istonning “Oqtobe” klubiga o‘tgandi. Iyul oyida esa uni “Tobol” o‘z safiga qo‘shib oldi.
Qozog‘iston Premyer Ligasi
26-tur bahsi
Izoh (0)