• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Joylardag‘i mablag‘lar

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Joylardag‘i mablag‘lar

    So‘ngg‘i bir-ikki yil orasida hukumatimizning yurguzib kelgan siyosati hammamizga ma’lum. Shu bir-ikki yil ichida eng ko‘b ahamiyat berilgan narsa xo‘jalik va moliya ishlari bo‘ldi. Yangi iqtisod siyosati nomi bilan yurguzilgan va mamlakatni buzg‘unlikdan qutultirish maqsadiga taqalg‘an bu siyo­sat juda zo‘r g‘ayrat va matonat bilan o‘tkazildi. Bu yo‘lda do‘st va dushmanning hech bir gap-so‘ziga qaralmadi. Natijada mamlakatning kundan-kun tuzalib, obod bo‘lub borganlig‘ini ko‘rub turamiz.

    Har kun degunday ko‘b vaqtlardan beri ishdan to‘qtab turg‘an bir zavud yo bir fabrikaning ochilib, ishka bosh­lag‘anlig‘i xabar beriladir. Ayniqsa, moliya siyosati, ya’ni pul-mol ishlari o‘tkur va intizomli bir doiraga olmoqda, bu yo‘lda ahvol va vaziyatni tubdan mahkamlayturg‘an har bir chora va tadbir ko‘rulmakdadir.

    Mamlakatning umumiy obodonlig‘i uchun tutulg‘an bu siyo­sat, albatta, hayotimizning ko‘b tomonlarig‘a turg‘unlik va sustlik ham keltirmakdadir. Ayniqsa, maorif ishlari bu siyosat orqasida juda qiyin bir kunga qoldi. Buni sho‘rolar maorifining otasi bo‘lg‘an o‘rtoq Lunacharskiy ham markaz gazetalarida “maorif ishlari tahlikada” degan ta’birlar bilan bir necha martaba e’lon qildi. Maorif ishlariga burung‘iday “ola ber, qila ber” usuli bilan hadsiz-hisobsiz pul sochish yo‘q bo‘lub, unlar uchun ham juda siqib-tortib mab­lag‘ (sredstvo) berila boshlag‘andan keyin, tabiiy, bunday turg‘unliq va susayishlik bo‘lmasdan mumkin ham emas edi.

    Ichkari Rusiyada madaniyat va maorif ishlariga yuz yillardan beri kuyikib kelgan bir yerda bu turg‘unliq va sustlikni yo‘q qilish choralari ham topildi. U yerda yangilik va eskilik fikrlaridan ori bo‘lung‘an xalq o‘z bolasi uchun kerak bo‘lg‘an bilim va hunarlarni o‘zi topib, o‘zi olib bormoqdadir.

    Endi bizning Turkistonga kelsak, ish butun boshqa: bunda davlat ta’minoti doirasiga kirgan bilim muassasalari (masalan, internatlar) ham o‘qug‘uchi bola yo‘qlig‘idan turg‘unliq kechirib turadilar. Davlat ta’minotidan chiqqan bilim muassasalari bo‘lsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlarini quliplash majbu­riyatida qoladirlar. Masalan: Eski Toshkentda bir necha yildan beri davom etgan markaz rasm maktabi davlat ta’minotidan chiqarilg‘anlig‘i orqasida bir kun yopilib qolg‘an. Uning shogirdlaridan birisi menga yo‘luqub: “Gazeta va jurnallar uchun kerak bo‘laturg‘an rasmlar va hajviy suratlarni maktab talabalariga berilsa ekan”, – deb iltimos qilib o‘tdi. Davlat tomonidan yetkulik ta’min etilmayturg‘an milliy musiqiy maktabi ham yopilar chog‘da “hamiyat va g‘ayrat qo‘zg‘ataturg‘an ziyo­fat” yasash orqasida hali hozirg‘a o‘z borlig‘ini saqlab qoldi. Bu markazda!

    Endi o‘lkaning boshqa shaharlariga kelsak, unda ahvol yana ham og‘irdir. Samarqanddagi birdan-bir o‘zbek bilim yurti joydag‘i mablag‘ (mestnoye sredstvo) ta’minotiga o‘tkazilgan. Shu munosabat bilan ul bilim yurtining ham yopilar-yopilmas bir holg‘a kelganligi ko‘ruladir.Albatta, hukumat boya aytgan yangi siyosat orqasida ko‘b bilim muassasalarini o‘z ta’minotidan chiqarsa ham, ularni butkul ko‘chaga irg‘itib tashlagani yo‘q. Balki har joyning o‘zidagi biror iqtisod muassasasiga bog‘lab, shuning bilan joylardagi mablag‘lar ta’minotiga o‘tkardi.

    Faqat ishning og‘ir va qiyin jihati shundadirkim, mahalliy mablag‘lar deyilgan pul-mol manbalari (iqtisod sho‘rolari, kommuna shu’balari, vaqf idoralari)ning ishlari juda buzuq, chatoq va chuvalgandir. U muassasalar bo‘yunlarig‘a qo‘yulg‘an bilim muassasalariga yordam bermak bir tomonda tursun, o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilaturg‘an ishlarini ham to‘g‘rilab yubora olmaydirlar. Shuning uchun bizga achchiq ko‘rungan bir narsa bor: hali o‘z ishlarini kerak qadar gullata olmayturg‘an joylardag‘i mablag‘ muassasalariga ishonib maorif ishlarini o‘zlariga topshirish yerlik xalq maorifini so‘ng daraja og‘ir bir holg‘a keltirish demakdir. Turkiston jumhuriyatining markaziy idoralari bu ulug‘ muassasalarni tushunub, bir tarafdan, yerlik xalq bilim muassasalarining ta’minoti uchun naqadarroq va hozirroq manbalar topishlari, ikkinchi tomondan, haligi mahalliy mablag‘ manbalarini eng yaxshi yo‘lg‘a qo‘ymoq uchun jiddiy choralar ko‘rishlari tegishdir.

    Cho‘lpon

     

    Ushbu maqola “Turkiston” gazetasining 1922-yil 24-noyabr sonida “Abdulhamid Sulaymon” imzosi bilan bosilgan. Yerlik xalq bilim muassasalarining ta’minoti masalasiga bag‘ishlangan. Birinchi marta Cho‘lpon “Asarlar”i 4-jildida qayta chop etilgan.

    30.10.2021, 23:49   Izoh (0)   18626
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda Cobalt qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas bilan to‘qnashishi oqibatida ona va bola halok bo‘ldi

    30.10.2021, 23:25

    O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi to‘lov miqdorlari kamaytiriladi

    30.10.2021, 22:56

    O‘zbekistonda paxta terimida majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 5 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

    30.10.2021, 22:10

    Qashqadaryolik 98 yoshli otaxon 30 yildan beri masjidda istiqomat qilib kelayotgani ma’lum bo‘ldi

    30.10.2021, 21:45

    Bir arbobga savollar

    30.10.2021, 21:04

    O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi

    30.10.2021, 20:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Umra mavsumi qachondan boshlanishi eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:35

    O‘zbekistonda so‘nggi 6 oyda 23 mingdan ortiq fuqaroda o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari aniqlandi — Sanepidqo‘mita

    O‘zbekiston | 15 iyul, 09:28

    “Manchester Yunayted”ga “Yuventus” futbolchisini taklif qilishdi

    Sport | 15 iyul, 09:27

    AQSH Zangezur yo‘lagini 100 yilga ijaraga olmoqchi

    Dunyo | 15 iyul, 09:08

    Kadrorti sirlar: qadrdon filmlarni suratga olish jarayonidagi kutilmagan voqealar

    Madaniyat | 15 iyul, 08:58

    “Tashabbusli byudjet”ning navbatdagi ikki mavsumida 823 ta mahalla ishtirok etmaydi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 08:45

    Vladimir Zelenskiy Ukraina mudofaa vazirini o‘zgartirish niyatida

    Dunyo | 15 iyul, 08:25

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.