• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bir arbobga savollar

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Bir arbobga savollar

    Yozuvchilar soyuzida bo‘lgan yig‘inda respublikamiz arboblaridan biriga shunday savol tushdi: “O‘zbek tili davlat tili bo‘ladimi?”. Arbob negadir zarba bilan javob qaytardi: “O‘zbek tili davlat tili bo‘lib kelgan, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Hech kim uni taqiqlagan emas”. Keyin “Bunaqa masalalarni ko‘tarmaslik kerak” deb qo‘shib qo‘ydi.

    Darhaqiqat, SSSR Konstitutsiyasida mamlakatimizning har bir fuqarosi barcha davlat tashkilotlari bilan o‘z ona tilida muomalaga kirishish huquqiga ega ekanligi ochiq qayd qilingan. Boyagi arbobning javobi ham shu ma’noda to‘g‘ri va lo‘nda.

    Lekin samimiymi, haqqoniymi? Unda nega jizzakilik bilan, hukmfarmo ohangda aytildi?

    Bizda til erkinligi mavjudligi rost, binobarin, hech kim birovni ona tilini qo‘yib, boshqa tilni o‘rganishga majbur qilolmaydi. Nazariy jihatdan shunday, lekin amalda-chi?

    Keling, o‘sha arbobga va u kishiga o‘xshagan ulug‘larimizga savol berib ko‘raylik. Ishga kirayotgan chog‘ingizda qaysi tilda ariza yozgansiz? Tarjimayi holingiz qaysi tilda bitilgan? Shaxsiy varaqani qaysi tilda to‘ldirgansiz? Oilada qaysi tilda so‘zlashasiz? Bolalaringiz-chi? Umuman, o‘zbekcha ravon, biyron gapira olasizmi? Bexato yoza olasizmi?

    Keling, yaxshisi, u kishini ortiq mulzam qilib o‘tirmaylik, negaki javobi ko‘pam sharofat keltirmaydi. Albatta, bu gaplardan u kishi darg‘azab bo‘lmasa hamki, besaranjom bo‘lmog‘i tayin. Bizni jamiki gunohlar bilan ayblamoqqa tushadi, millatchidan olib millatchiga soladi. Biz u muhtaram zotga bunday maslahat beramiz: avvalo, lug‘at ko‘rib mazkur so‘zning aslini bilib olsangiz; qolaversa, urkaltak davrlar o‘tib ketdi, aziz birodar, bugun hamma narsaga mantiq, adolat tarozisi bilan nazar tashlaydigan zamon, tevarak-atrofga tiyrakroq boqing! Shunda siz poytaxtdagi xos tashkilotlardagina ona tilida (qisman!) so‘zlashilayotganini ko‘rasiz, qatnashchilarining o‘ntadan to‘qqiztasi tubjoy ahli bo‘lgan majlislarning qaysi tilda o‘tishini bilib olasiz, korxonalarda ish qog‘ozlari deyarli yoppasiga rus tilida yuritilishining guvohi bo‘lasiz. Ko‘cha-ko‘ydagi muomala tilini-ku qo‘yavering! O‘zbekistonda, aholisining qariyb yarmi o‘zbek hisoblangan poytaxt shahardagi ahvol bu! Bir millionga yaqin odam!

    Ana shunda bu tilni cheklash yoki kamsitish haqidagi rasmiy qog‘ozni qidirib o‘tirishga ham hojat qolmaydi. Unaqa hujjat yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas. Lekin shunday tazyiq hukm surishi yosh bolaga ham ayon. Buni ko‘rib ko‘rmaslikka olish — munofiqlik, ko‘ra-bila amal kursisini changallash esa — ona xalqiga xiyonatning o‘zginasi!

    Mana, zamonasi kelib ona tilimiz taqdiriga qayg‘uradigan bo‘lib qoldik. Ajab ish. Lekin bu kurashni nimadan boshladik? “Respublika maktablarida rus tili va o‘zbek tilini o‘qitishni yaxshilash...”. Shunday qaror eslaringdadir? Masalaning qo‘yilishiyoq erish tuyulmaydimi? Asosiy gap ona tili ustida bo‘lishi kerak edi-ku! Yoki biz ikkala tilni qo‘yib, boshqa bir, uchinchi tilni o‘rganmoqqa kirishib ketganmizmi? Unda poytaxt ko‘chalarini to‘ldirib yurgan, ona tilini esperanto darajasida chala-chulpa biladigan yangi bir avlod yetishib chiqqanidan xabarimiz yo‘qmi? Qanday, nimaning oqibatida yuzaga keldi bu hol?

    Gap shundaki, ikki jon ovorasi bo‘lib qoldik. Rus tiliga chechan odam, bilingki, ko‘pincha o‘zbekchaga no‘noqroq keladi. Yoki shuning teskarisi. Har ikkala tilni mukammal biladigan odam kamdan kam. Axir, tabiat hammaga birday qobiliyat ato etmaydi-ku!

    Ona tilni dilga joylashda oila va ta’lim-tarbiya o‘choqlarininggina emas, balki mahalla-ko‘y, turli jamoat joylarining ham ahamiyati beqiyosligini unutmaslik kerak. Binobarin, ona tili puxta o‘zlashtirilishi uchun avvalo shunga munosib zamin bo‘lmog‘i lozim. Buningsiz boshqa tilga havas qilishimiz kulgili. Hamonki, ona tili shunday ahvolda ekanmi, yengil-yelpi chora ko‘rish bilan ish bitmaydi, buni aytib jar solish, milliy fojia sifatida qarash kerak bo‘ladi. Agar shunday qilinmasa, o‘zbek tili yaqin kelajakda chekka qishloqlardagina saqlanib qolishi mumkin. Axir, Orol ham bir kunda sayozlashib qolgani yo‘q-ku! Vaholanki, Orolni qutqarib qolish mumkindir...

    Kundan-kun tilimiz qashshoqlashib bormoqda. O‘zaro muomalada begona so‘zlarni aralashtirib, chulchut shevasida so‘zlashamiz.

    Bugun biz antiqa manzarani ko‘rib turibmiz. Fan tili yo‘q, darsliklar tili rasvo, mahkama tili ishlanmagan — cheklash oqibati emasmi bular?! Hatto o‘zbek tilining xususiyatlari haqidagi ilmiy ishlarimiz ham rus tiliga o‘girilmasa, himoya qilishga haqqimiz yo‘q. Artistlarimiz mashqni rus tilida bajarib, sahnaga o‘zbek tilida chiqadilar. Oltidan besh qismi o‘zbek tilida ijod qiladigan O‘zbekiston yozuvchilarining syezd-u plenumlari rus tilida o‘tishiga nima deysiz! Aksariyat xodimlari ruslardan iborat bo‘lgan, deylik, aloqa bo‘limigami yoki poliklinikagami kirib ona tilingizda gapirib ko‘ring-chi, ishingiz bitarmikin?

    Rus tilini yaxshi bilmaydigan odam shunda nima qilmog‘i kerak? “Bor, avval tilni o‘rganib kel!” degan ta’nani eshitib, jimgina qaytib ketaversinmi? “Sen nega o‘zbekchani bilmaysan?” demoq esa... negadir noqulay, negadir gunohi azim! Axir, o‘zbek tilini bilmaydigan vrachga “Issiqligim oshgan ko‘rinadi”, degan gapni qanday tushuntirish mumkin? “Видимо, у меня температура”, demaysiz-ku, axir! Yoki omonat kassaga kirgan chol kamtarin jamg‘armasidan bir ulushini olmoq uchun rus tilida qog‘oz to‘ldirolmay sarg‘ayib turishini qanday izohlash mumkin?!

    Diqqat qilgan bo‘lsangiz, aziz o‘rtoqlar, men aniq misolsiz gapiryapman. Negaki, bunga hojat sezmayman: yozuvchilar — xalqimizning peshqadam qatlami, ko‘zi ochiq, fikri ochiq toifa. Qolaversa, bu gaplarga amin bo‘lmoq uchun chiqib anchayin shahar aylanish yoki istalgan o‘zbekcha gazetadagi tarjima maqolani ko‘zdan kechirish yoki kechqurun radio-televizorga quloq tutish kifoya. Lekin, afsuski, respublikamizda ona tilining manfaatini muhofaza qiladigan biron bir idorani qidirib topolmaysiz. Vaholanki, aynan shunday komissiyami, jamiyatmi O‘zbekiston SSR Oliy Soveti qoshida ish yuritishi mutlaqo qonuniy hol bo‘lishi lozim edi.

    “Xalqlar do‘stligi”, “Baynalmilalchilik” degan balandparvoz shiorlarimizni aytaylik. Do‘stlik ikki taraflama bo‘lishi kerak. Do‘stmisiz, yurtimizga mehmon bo‘lib emas, sayr-u tomoshaga emas, muqim makon tutib kelganmisiz, lutfan bizning urf-odatlarimizga, madaniyatimizga, tilimizga bepisandlik bilan qaramang. Aks holda, biz sizning do‘stligingizga ishonmaymiz, niyatingizga shubha bilan qaraymiz. Shunda siz bayroq qilgan “xalqlar do‘stligi”, “teng huquqlilik” degan iboralar aslida puch gaplar bo‘lib qolaveradi.

    Oqsoqol adiblarimizdan biri matbuotda “Men o‘zbek tilini ona tilidek mukammal biladigan minglarcha ruslarni ko‘rganman”, deb yozib chiqdi. U kishining omadi bor ekan. Men u kishining yoshiga yetganim yo‘q, lekin yosh bola ham emasman. Buni qarangki, men ona tiliga bu qadar yuksak muhabbat bilan qarab, uni beg‘araz o‘rganmoqqa bel bog‘lagan o‘nta ham odamni bilmayman. Ular-ku ular, o‘zimizning o‘zbeklar ona tilini qo‘yib, ruscha gapirmoqqa o‘tib ketayotgan bir zamonda o‘sha oqsoqolimizning paxtaband manziratlar urf bo‘lgan zamonlarga xos bu balandparvoz lutfiga qanday ishonay?!

    Ona tilimizni qadrsizlantirishga o‘zimiz ham barakali hissa qo‘shmoqdamiz. Bir qo‘shnim bor. Kasbi injener. Oila tutumi milliy. Bolalarimiz bog‘chaga birga qatnardi. Maktab yoshiga yetgach, qizchasini rus sinfiga o‘qishga berdi. Sababini so‘raganimda, “Kelajakni o‘yladim, og‘ayni, — dedi, — Erta bir kun ishga borganida o‘zimga o‘xshab qiynalib yurmasin dedim”. Demak, rus tilini yaxshi bilmagani uchungina kelajakda qiynaladi. Ona tili-chi, uning ahvoli nima bo‘ladi? “Ikkinchi ona tili”ga aylanib qoladimi? Keksaygan ota-ona bilan muomala qiladigan ikkinchi darajali vositaga?!

    Aminmanki, shunday bo‘ladi. Buni tasdiqlaydigan misollar turmushimizda to‘lib-toshib yotibdi. Aminmanki, rus tilini puxta bilmasa, kelajakda “o‘zimiz qatori” bo‘lib qolaveradi. Lekin buning uchun rus maktabida o‘qish shartmi? Bu hol ommalashib ketaversa, oqibati nima kechadi? Markazkomning tavqi la’natiga uchragan sobiq sekretar Abdullayeva bizlar bilan suhbatda keltirgan misol yodimda: “Opam o‘zbekcha klassda, men rus klassida o‘qigan edim. Mana, u uyda qolib ketdi, a men — sekretar SK”. Darhaqiqat, “Falonchi falon amalga minibdi, o‘zimiz qatorigina edi-ku?” deyilganda, “E, uning ruschasi baquvvat-da”, degan gaplarni kim eshitmagan? Yoki biron lavozimga mo‘ljallanganda, “Ruschaga qanday?” deb so‘rash odat tusiga kirganini kim bilmaydi? Bu — aksariyat hollarda hal qiluvchi asosiy shartga aylanib qolgani-chi? Xudo ko‘rsatmasin, yagona fazilati — ruschaga chechanligi tufayligina o‘sha shaxs xalq taqdiriga mas’ul bo‘lib qolsami, Abdullayevalar tantana qildi deyavering.

    Xalq manfaati yo‘lida og‘zingizdan sal dadilroq, to‘g‘riroq so‘z chiqib ketsa, “Xalq nomidan gapirishga kim senga huquq berdi?” deb yoqadan oladiganlar bor. Galimiz kelganda biz ham so‘raylik: sizga kim huquq berdi? Sovet hokimiyati — xalq hokimiyati deymiz. Binobarin, xalq manfaatiga daxldor masalalarni xalqning o‘zi bilan bevosita maslahatlashish kerak, imonini sotgan bir-ikki bulbuligo‘yo bilangina emas! Shu choqqacha biror marta so‘radikmi, ovozga qo‘ydikmi til masalasini? Qo‘rqamiz! Xalq bilan ochiq-oydin gaplashishdan qo‘rqamiz. Qachongacha xalq nomidan mansabparast, martabaparast gapiradi?!

    Televizorda davra suhbati bo‘ldi. Asqarov degan akademik ham qatnashdi. “Men rus tilini bilmasam, Leningradda o‘qimasam, akademik bo‘lolmas edim”, dedi. Shu gapi bilan o‘zini o‘zi inkor qildi. Demak, akademik bo‘lish uchun avvalo rus tilini bilish shart. Yoki: rus tilini bilmagan odam akademik bo‘lolmaydi. Nega o‘zbek tilini bilish shart emas? Majburiyat, tazyiq emasmi bu? Mantiq shunga olib keladi.

    O‘sha davra suhbatida boshqa oqsoqollarimiz ham qatnashdi. Ular o‘zbek tilini davlat tili qilib imtiyoz berish respublikada yashayotgan boshqa xalq vakillariga nisbatan adolatsizlik bo‘ladi, dedilar. Masalan, tojiklar, qozoqlar, tatarlar. Axir, Tojikiston, Qozog‘iston, Tatariston bor-ku! U yerlarda o‘zbeklar ham yashaydi-ku! Qolaversa, o‘zbek tiliga O‘zbekistonda imtiyoz berilmasa, qayerda beriladi?!

    Oqsoqollarimizning fikrini eshitib, o‘ylab qolasiz. Yetmishga kirgan bu odamga endi nima kerak? Bor mavqelarimizni zamona zayli bilan bir vaqtlar qo‘ldan boy bergan, axir, shular-ku! Qolaversa, har kimga umr bersin, umrga qo‘shib imon bersinki, u kishi endi ketyapti, qoladigan — biz, bizdan keyingi avlodlar — shularning xotirini qilish lozim emasmi keksaygan choqda?! Chiroyli o‘lim topmasak, Chig‘atoyga ssenariy bo‘yicha ko‘milmasak ko‘milmabmiz-da! Zo‘r bo‘lsa, kelajak avlodlar qabrimizdan teskari burilib ketmas.

    Ko‘zi ojiz kimsa dunyoni zimistondan iborat deb xayol qilar ekan. Biz kundalik hayotimizga, turmush tarzimiz-u madaniy siyosat yo‘riqlariga shu qadar ko‘nikib ketganmizki, go‘yo shunday bo‘lishi tabiiy, shundan boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Go‘yoki taqdiri azal bu. Shu holat oddiy mantiq tuyg‘usini unutib qo‘yishimizga sabab bo‘lmoqda. Mantiqan, demak, tarixan qaraganda esa, bu yurtning nomi O‘zbekiston, bunda qadim-qadimdan o‘zbek eli yashab kelgan. O‘z tili, o‘z tarixi, o‘z madaniyatiga ega. Biroq qardoshlik davrasida teng huquqli respublika sanalgan ana shu yurtning asosiy qonunida esa o‘z tili rasman qayd etilmagan. Xo‘sh, buni qanday izohlash mumkin: davlat miqyosidagi beparvolikmi, tobelarcha xushomadmi, g‘irromlikmi yo yuqoridan kelgan biron bir xufya ko‘rsatmaning oqibatimi?

    Bugun shunday savollarni o‘rtaga qo‘ymoqqa haqlimiz.

    Bu savollar zamon talabi, davr ruhiga to‘liq mos keladi.

    Erkin A’zam, 1988-yil

    Ushbu maqola adibning “Ertalabki xayollar” to‘plamidan olindi. Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyoti, 2015-yil.

    30.10.2021, 21:04   Izoh (0)   21338
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari lingvistik ekspertizadan o‘tkaziladi

    30.10.2021, 20:33

    Namanganda Nexia yonib ketdi

    30.10.2021, 19:32

    O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlarni muhofaza qilish bo‘yicha talablarni buzganlik yuzasidan javobgarlik kuchaytirildi

    30.10.2021, 19:09

    “Kusherbayev ko‘tarayotgan muammolar global, uni hazm qilish kerak, Dusovda esa emotsiya bor, ammo haqiqati ko‘p” — Qashqadaryo hokimi ijtimoiy tarmoqlarda kimlarn...

    30.10.2021, 18:08

    O‘zbekistonda 2021-yilning 9 oyida vazirliklar budjetdan qariyb 84 mlrd so‘m o‘zlashtirgan. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 3 barobar ko‘p

    30.10.2021, 17:28

    Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi

    30.10.2021, 17:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.