O‘zbekiston prezidenti saylovida mamlakatdagi saylov uchastkalarida soat 15:00 holatiga ko‘ra saylovchilarning 64,2 foizi ishtirok etdi, deb xabar berdi Markaziy saylov komissiyasi.
Saylov uchastkalari ochilganidan so‘ng o‘tgan 7 soat vaqt davomida jami 19 859 127 nafar saylovchining 12 748 549 nafari ovoz berdi.
Soat 15:00 holati bo‘yicha saylovchilarning eng yuqori faolligi Farg‘ona viloyatida (71,9 foiz), eng susti esa Toshkent viloyatida (53,7 foiz) kuzatildi.
O‘zbekiston prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni 24-oktabr kuni soat 20:00 ga qadar davom etadi. Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga ko‘ra ro‘yxatga olingan jami saylovchilar (19 859 127 kishi)ning 33,6 foizi yoki 6 669 552 kishi ovoz berib bo‘ldi va joriy saylovlar o‘tgan deb topildi.
Izoh (0)