Shofirkonlik Oydin Haqnazarova pok niyat bilan chin dildan maqsad sari intilgan kishi albatta qadr topadi, deb hisoblaydi. U bu haqiqatning isbotini o‘z misolida ko‘rgan. PhD himoyasi arafasida turgan tadqiqotchi “Xalqchil yondashuv” ko‘rsatuviga bergan intervyusida bu haqda hikoya qilib berdi.
“Dadam ‘farzandlarimni o‘qitaman’ deb Toshkentga kelgan edi... Besh nafar farzand, lekin uyimiz yo‘q... O‘sha paytlar ‘propiska’ katta muammo edi... Hech qayerda ish yo‘q — butun Toshkentni izlab, bitta ish topolmaganman... Uyning kalitini berishgani — men uchun mo‘’jiza edi!”, — deya eslaydi Oydin Haqnazarova.
Izoh (0)