Davlat statistika qo‘mitasi 2021-yil 21-oktabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000–68 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000–80 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 2500–6500 so‘m;
- piyoz (1 kilogramm) — 1200–3500 so‘m;
- sabzi (1 kilogramm) — 2000–9000 so‘m;
- tuxum (10 dona) — 6000–15 000 so‘m;
- guruch (1 kilogramm) — 5000–17 500 so‘m;
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000–24 000 so‘m;
- shakar (1 kilogramm) — 7500–9000 so‘m.
Qo‘mitaning qayd etishicha, kuzatuvning maqsadi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari orasidagi narxlar diapazonini aniqlashdan iborat.
Shu asnoda ro‘yxatga olingan narx ma’lumotlaridan o‘rtacha iste’mol narxlari darajasini aks ettirish yoki uni baholash, shuningdek, narxlar o‘zgarishi dinamikasini tavsiflashda foydalanish tavsiya etilmaydi.
Izoh (0)