• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘tkan kunlar”ni ingliz tiliga o‘girgan Mark Riz va’da qilingan gonorar 5 oydan beri to‘lanmayotganini bildirdi

    Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilgan amerikalik Mark Riz prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan va’da qilingan pul mukofoti 5 oydan beri to‘lanmaganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”. Riz Twitter’dagi sahifasi orqali Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Tadqiqotchi ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini o‘zbek adabiyoti va madaniyatini targ‘ib qilish uchun ochganini (akkaunt nomi — @uzbekmodernist) va ushbu kanaldan ayrim hukumat vakillarining nojo‘ya harakatlariga e’tiborni qaratish uchun foydalanish unga yoqimsiz ekanligini ta’kidlagan.

    AQSh Harbiy dengiz kuchlari akademiyasining Mintaqaviy tadqiqotlar markazi sobiq rahbari bo‘lgan ushbu tarjimon o‘zini 1994-yil aynan O‘zbekistonda boshlangan davlat xizmatiga bag‘ishlaganidan faxrlanishini aytib, davlat budjetidan noto‘g‘ri foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tgan.

    “Besh oy oldin siz menga katta pul mukofoti ajratdingiz va O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalariga sovg‘a sifatida tarqatish uchun “O‘tkan kunlar” tarjimasining 1000 nusxasini sotib olishni va’da qilgandingiz”, — deb yozadi Mark Riz.

    “May oyida Toshkentdan ketishimdan bir kun oldin hukumatingiz a’zosi Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy va ishimga aloqador bo‘lmagan do‘stim bilan bog‘lanib: “Men Prezident Mirziyoyev bilan yetti daqiqadan so‘ng uchrashaman va u Markka tashrifi vaqtida qancha gonorar to‘laganimizni bilmoqchi. Biz Markka pul bermadik. U buni kechirib, unuta oladimi?, degandi”, — deya Yozuvchilar uyushmasi vakilining so‘zlarini keltiradi amerikalik tarjimon.

    “Unga siz mendan Mirziyoyevga yolg‘on gapirishimni so‘rayapsizmi? Boring, choyingizni iching, deb javob berdim. Bu javobdan so‘ng xodimingiz do‘stimga tahdid qildi… Men voqea bunday tus olganidan hayratlandim. Bundan bir kun oldin janob Sultonov (prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov — tahr.) bilan ko‘rishgan edim, unga o‘z taklifimni berdim va uning yuqori darajadagi professional ekanligiga ishonch hosil qildim”, — deb qayd etgan tadqiqotchi.

    Mark Riz ushbu vaziyat “yuqori rahbariyatning sa’y-harakatlari korrupsiyaga botgan o‘rtakashlarning harakatlari bilan puchga chiqarilishini” aks ettiradi, degan xulosaga kelgan.

    Uning yozishicha, AQShga qaytganidan so‘ng uni Yozuvchilar uyushmasi xodimlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti vakillari ishtirokidagi Zoom uchrashuvga taklif qilgan. Uchrashuvda unga gonorar berilishi va u tarjima qilgan 1000 ta kitob sotib olinishi ma’lum qilingan. Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida yiliga 20 ming dollar evaziga ish ham taklif qilingan.

    “Bu taklifni rad etishimga to‘g‘ri keldi, chunki bu maoshga ishlay olmasdim. Ingliz tilini o‘rganishlari uchun o‘zim to‘lashimga to‘g‘ri kelardi”, — deb ta’kidlagan u.

    Mark Rizning aytishicha, ushbu qo‘ng‘iroq vaqtida O‘zbekiston tomonidan do‘stiga tahdid qilgan va unga gonorarni “unutish va kechirishni” taklif qilgan Yozuvchilar uyushmasi xodimi ham ishtirok etgan.

    “Menga o‘g‘lim bilan Toshkentga ko‘chib borib, o‘z xavfsizligimni mendan yolg‘on gapirishni so‘ragan, keyin do‘stimga tahdid qilgan kishiga ishonib topshirish g‘oyasi yoqmadi. Aynan o‘sha shaxs gonorarni taqsimlash va kitoblarni sotib olishga mas’ul bo‘lgan”, — deb yozadi u Prezidentga qilgan murojaatida.

    “Sizga ma’lumki, so‘nggi uch yilda o‘nlab intervyular berdim, Alisher Navoiy nomidagi universitetda onlayn dars o‘tdim va bu vaqt davomida deyarli barcha safarlarni o‘z hisobimdan amalga oshirdim. Hafsalam pir bo‘ldi, ammo O‘zbekistondagi odamlar meni davom ettirishga ruhlantirdi. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz menga turtki berdi. O‘zbekistonda halol odamlar nohaqlardan ko‘proq. Biroq bir yoki ikki kishi islohotlaringizga osongina putur yetkazishi va boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin. Vositachilarning korrupsiyasi janob Sultonov — professionalga putur yetkazadi, eng achinarlisi, sizning O‘zbekiston kelajagini qurish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni barbod qilishi mumkin”, — deb ta’kidlagan tarjimon.

    “Bu islohotlar chipakka chiqmasligi lozim. Administratsiyangizdagi halol insonlarga muvaffaqiyatga erishish imkoniyati berilishi kerak”, — deb yozgan Mark Riz va korrupsiyaga botgan kishilarni to‘xtatish uchun ushbu bayonotni berishni o‘ziga lozim deb topganini qo‘shimcha qilgan.

    Mark Riz “Gazeta.uz” bilan suhbatda o‘zining bank hisob-raqamini jo‘natganini, biroq haligacha O‘zbekistondan hech qanday pul o‘tkazilmaganini aytgan. U, shuningdek, O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan 2020-yilda taqdim etilgan “Do‘stlik” ordeni uchun mukofot puli ham haligacha to‘lab berilmaganini ham qayd etgan.

    “Amazon orqali 1000 ta ‘O‘tkan kunlar’ sotib olinishi ahamiyatga molik voqea bo‘lardi. Platforma algoritmi tufayli 1000 ta kitob sotib olinishi ko‘zga ko‘rinardi va bu o‘zbek adabiyotining tanilishiga xizmat qilardi”, — deb hisoblaydi u.

    Ma'lumot uchun, Mark Riz Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanining tarjimasini 2002-yilda Toshkentda aspirant bo‘lib yurgan paytida boshlagan. Romanni tarjima qilishga uni ilhomlantirgan narsa — Qo‘qonda yashab, ishlab yurgan davrini so‘zlar bilan ifodalashga ojizligi, “O‘tgan kunlar” esa o‘sha hislarni aniq-tiniq ifoda etgani hamda amerikaliklarga murakkab, serqirra, ko‘p ma’daniyatli o‘lkani yaqindan tanishtirish bo‘lgan.

    19.10.2021, 20:10   Izoh (0)   25135
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahriga Rahmatulloh Sayfuddinov bosh imom-xatib etib tayinlandi

    19.10.2021, 19:40

    “Toshkent havosida chang miqdori me’yoridan ikki baravar ko‘p” – Shavkat Mirziyoyev

    19.10.2021, 19:24

    O‘zbekistondagi ayrim mahalla xodimlarining maoshi 35 foizga oshiriladi

    19.10.2021, 19:09

    Nuriddin Xoliqnazarov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi

    19.10.2021, 18:32

    Andijonda mast holda tez yordam shifokorini do‘pposlab, og‘ir tan jarohati yetkazgan fuqaro qamoqqa olindi

    19.10.2021, 18:08

    O‘zbekistonda 3-bosqich talabalarga ham maktabda dars o‘tish huquqi berildi

    19.10.2021, 17:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Intagram: Saratonga chalingan raqqosa, ota-onasiga uy sovg‘a qilgan bloger va nevarali bo‘lgan Rashid Xoliqov

    Shou-biznes | 25 iyun, 11:15

    Isroil va Eron uchun 12 kunlik urush qanchaga tushdi?

    Dunyo | 25 iyun, 11:04

    Doramalardagi haqiqat va badiiy to‘qima: koreys seriallariga qay darajada ishonsa bo‘ladi?

    Kino | 25 iyun, 10:59

    Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 10:56

    Meril Strip 76 yoshda: aktrisa buyuk iste’dod egasi ekanini isbotlovchi beshta film

    Kino | 25 iyun, 10:39

    “Barselona” Levandovskiga munosib o‘rinbosar topdi

    Sport | 25 iyun, 10:29

    O‘zbekistonda banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 10:29

    AQSH generali Ukraina urushda yutishi mumkinligini aytdi

    Dunyo | 25 iyun, 10:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.