• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda mast holda tez yordam shifokorini do‘pposlab, og‘ir tan jarohati yetkazgan fuqaro qamoqqa olindi

    Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tez yordam shifokoriga og‘ir tan jarohati yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, bemorning mast qarindoshi tez yordam shifokorini do‘pposlab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgani haqida xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinib, zudlik bilan mavjud vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.

    Aniqlanishicha, 17-oktabr kuni soat 00:30 larda Paxtaobod tez tibbiy yordam bo‘limi Madaniyat shoxobchasi dispetcher xizmatiga shu tumanning “Ma’rifat” mahallasidan kelib tushgan murojaatga ko‘ra, darhol navbatchi shifokor N.A. boshchiligidagi tez yordam brigadasi yuborilgan. Biroq chaqiruv bo‘lgan xonadon egasi 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro B.T. shifokorlarning yetib borishini kutmay, bemor onasi G.U.ni o‘z shaxsiy mashinasida tez yordam shoxobchasiga olib kelgan.

    O‘sha kuni tuman tez tibbiy yordam bo‘limi Madaniyat shoxobchasida navbatchilik qilayotgan boshqa bir shifokor 1994-yilda tug‘ilgan Sh.Z. darhol bemor G.U.ning qon bosimi, yurak urishini o‘lchab, unga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatgan. O‘z vaqtidagi muolajalar sababli bemor G.U.ning qon bosimi me’yorlashib, umumiy holati yaxshilangan.

    Ammo fuqaro B.T. onasiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamdan qoniqmasdan, jamoat joyi hisoblangan tez yordam binosida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan shifokorlarni uyatli so‘zlar bilan haqorat qiladi va o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan yana bir shifokor erkak — M. D.ning yoqasidan olib, uni bo‘g‘a boshlagan. Shu payt hamkasbini ajratish uchun borgan Sh.Z.ning harakatlari B.T.ga yoqmaydi va u shifokorning yuziga musht tushirgan. Bunga qanoat qilmagan B.T. musht zarbidan yerga yiqilgan Sh.Z.ning yuzi va tanasining turli joylariga urib, unga jiddiy jarohat yetkazgan.

    Shundan so‘ng shifokor olgan tan jarohatlari bilan Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga yotqizilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi davomida Sh. Z.ga bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinishi, ikkala ko‘z qovoqlari va burun sohasidagi qontalash tashxisi qo‘yilgan.

    Xabarda aytilishicha, ushbu holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tibbiyot xodimiga tajovuz qilgan B.T.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

    Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyining boshlarida Jizzaxda chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan shifokor xonadon egasining o‘g‘li tomonidan kaltaklangandi. O‘sha oyning oxirlarida Toshkentda mast erkak shifokor ayolni kaltaklab, jiddiy jarohat yetkazgandi. Iyul oyida esa Samarqandda fuqaro farzandini davolashga kelmagan navbatchi shifokorlarni kaltaklagandi.

    19.10.2021, 18:08   Izoh (0)   17898
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 3-bosqich talabalarga ham maktabda dars o‘tish huquqi berildi

    19.10.2021, 17:27

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ikki kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    19.10.2021, 16:31

    Toshkent shahar tez yordam xizmatiga bir kunda bolalar bo‘yicha o‘rtacha 1,5 mingga yaqin chaqiriq kelib tushmoqda

    19.10.2021, 16:16

    Shavkat Mirziyoyev: “Eng katta muammo — Afg‘oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o‘tkazib olishi”

    19.10.2021, 15:41

    Toshkentdagi har bir mahallaga 10 mlrd so‘mdan ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev

    19.10.2021, 15:18

    Farzandini xususiy bog‘cha va maktablarga berganlarga soliq imtiyozi beriladi — Shavkat Mirziyoyev

    19.10.2021, 14:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.