• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Tarkan — 49 yoshda: Qo‘shiqlari bilan millionlab qalblarni zabt etgan turk xonandasining hayoti va ijod yo‘li (foto)

    Shirali ovozi, mahorati va tashqi ko‘rinishi bilan muxlislar qalbidan joy olgan turk xonandasi Tarkan 17-oktabr kuni 49 yoshni qarshiladi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Xonanda 1972-yilda kelib chiqishi turklardan bo‘lgan Germaniyadagi ko‘p farzandli oilada dunyoga kelgan. Onasi Neshe unga homiladorlik vaqtida avtohalokatga uchrab, bir oy davomida komada bo‘lgan. Bolaning hayoti xavf ostida deb hisoblagan shifokorlar homilani oldirib tashlashni maslahat bergan. Ammo otasi Alibey boshida yulduzi bor bolakayni tushida ko‘rib, nima bo‘lsa ham o‘g‘li dunyoga kelishi kerak deb hisoblaydi. Shifokorlarning xavotiriga qaramay bola sog‘lom tug‘iladi. Onasining so‘zlariga ko‘ra, Tarkanning yig‘isi kuchliligidan hamshiralardan biri uni kelajakda xonanda bo‘lishini taxmin qilgan, hatto. Bolakayga Husametin Tarkan deb ism qo‘yiladi. Husametin “o‘tkir qilich” ma’nosini anglatadi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Onasi tomonidan Tarkanning qo‘shiqchi qarindoshlari bisyor bo‘lgan, xonadonlarida esa hamisha musiqa yangrab turgan. Shuning ta’sirida bo‘lsa kerak, yosh Tarkanda san’atga qiziqish paydo bo‘la boshlagan va ota-onasi o‘g‘lining musiqa borasidagi qobiliyatiga e’tibor bermay qolmagan. Uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu yo‘nalishda ta’lim olishini ma’qul deb bilishgan. 1986-yil Germaniyadan Istanbul yaqinidagi Karamursel shahriga ko‘chib kelganidan keyin Tarkan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    18 yoshida Istanbul tomon yo‘l olgan bo‘lajak xonanda muhandislikka o‘qimoqchi bo‘ladi. Ammo nima ham bo‘ladi-yu musiqiy akademiyaga qabul qilinadi. Moddiy yetishmovchilik sabab choyxona, restoran va to‘ylarda ishlab pul topishiga to‘g‘ri keladi. Akademiyani 1992-yilda tamomlaydi. Bu vaqtda kursdoshi Alpay Aldin bilan birga birinchi albom ustida ishlay boshlaydi. U musiqani Alpay esa so‘zlarini yozadi. 1992-yilda “Yine Sensiz” nomli ilk albomini taqdim qiladi. Unda turkcha milliy va yevropacha pop musiqani o‘zida mujassam qilgani uning mashhurlikka erishishiga sabab bo‘ladi. Albom 700 ming nusxada sotiladi, Tarkan esa yulduzga aylanadi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Zabt etilgan Istanbul, Nyu-York va Yevropa

    1994-yilda ikkinchi “Aacayipsin” nomli albomini taqdim qiladi. Undan Sezen Aksu tomonidan yozilgan ikkita qo‘shiq o‘rin olgan. “Hepsi Senin Mi?!”, “Şıkıdım” singari qo‘shiqlar nafaqat Yevropa, balki O‘zbekistonda ham mashhurlikka erishgan. Muvaffaqiyatga erishganidan keyin Tarkan Amerikaga jo‘nab ketgan. U yerda Nyu-York kollejida o‘qish bilan birga ingliz tilini mukammal o‘rganmoqchi bo‘ladi. Fursatdan foydalanib ingliz tilidagi ilk albomi tayyorlashga kirishadi, ammo taqdir taqozosi bilan ushbu ijod mahsuli 10 yil o‘tibgina taqdim qilinadi. Xonanda AQShdan qaytganidan keyin Yevropani zabt etishga kirishadi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    1997-yilda uchinchi “Ölürüm Sana” albomi taqdim qilinadi. Albom Yevropa va Meksikada mashhurlikka erishadi. 90-yillar oxirida Tarkan “Eng muvaffaqiyatli turk san’atkori” sifatida World Music Awards mukofotiga sazovor bo‘ladi, Universal Music Group bilan shartnoma imzolaydi.

    Harbiy xizmat, villadagi hayot

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Tarkan harbiy xizmatga unchalik oshiqmagan. Ammo baxtsiz tasodif u uchun ayni muddao bo‘lgan. 1999-yil Turkiyaning Izmir shahrida kuchli zilzila sodir bo‘lgan. Uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun hukumat tomonidan maxsus qonun qabul qilingan. Unga ko‘ra armiyada xizmat qilish 6-12 oydan 4 haftagacha qisqartirilgan. Buning uchun jabrdiydalar uchun ochilgan fondga 16 ming dollar miqdorda mablag‘ xayriya qilish kerak bo‘lgan. Tarkan bu imkoniyatdan samarali foydalangan. U shunchaki kerakli mablag‘ni to‘lashning o‘zi bilan cheklanmagan, armiyaga ketishdan oldin Istanbulda xayriya konserti bergan. Tarkan musiqiy karyerasini davom ettirish bilan birga reklama biznesida ham o‘zini sinab ko‘radi. 2001-yilda u Pepsi’ning Turkiyadagi yuzi bo‘ldi.

    2002-yilgi jahon chempionatida Turkiya terma jamoasi uchun “Bir Ölürüz Yolunda” nomli qo‘shiq kuylagan. Keyinroq o‘z nomi bilan atalgan kosmetik brendga asos solgan. So‘nggi “10” nomli albomi 2017-yilda taqdim qilingan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    2016-yilda Tarkan 5 yildan buyon munosabatda bo‘lgan Pinar Dilek bilan turmush qurgan. Tarkandan 14 yosh kichik bo‘lgan qiz uning ashaddiy muxlisalaridan biri bo‘lgan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    2018-yilda u Instagram sahifasiga yangi tug‘ilgan qizi Liyaning suratini joylagan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Otalik baxtidan masrur xonanda bugungi kunda Istanbuldagi villasida oilasi bilan birga hayot kechiradi.

    Mavzuga doir:

    • Turk xonandasi Tarkan nega sahnalarda ko‘rinmay qolganining sababini ma’lum qildi (foto)
    • Turkiyalik xonanda Tarkan O‘zbekistonda 143 ming dollar evaziga konsert berishdan bosh tortgani haqida gapirdi

    18.10.2021, 19:56   Izoh (0)   55578
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: “Ummon” xonandasi Zohid Risqiyev rafiqasi bilan ajrashdi, taniqli aktyor otasini yo‘qotdi, Kanizaning Luizaga po‘pisasi

    17.10.2021, 22:19

    Bred Pitt va Anjelina Joli hamda Gollivudning boshqa mashhur juftliklari ajrimlariga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (foto)

    17.10.2021, 19:52

    Kira Naytli, Kara Delevin va qoshlarini termaslikni afzal biladigan boshqa yulduzlar (foto)

    17.10.2021, 15:57

    Yoshligini saqlab qolishga urinishi qoniqarsiz yakun topgan yulduzlar (foto)

    16.10.2021, 20:56

    “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzi second hand’dan kiyinishi hamda go‘sht yemasligi haqida so‘zlab berdi

    16.10.2021, 17:53

    Futbol stadionidan tortib, yuk mashinasigacha: Qaylig‘iga turmush qurishni taklif qilish uchun romantik yerlarni tanlagan yulduzlar

    16.10.2021, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.