Daryo

Britaniya qirollik oilasidagi eng chiroyli ayol nomi ma’lum bo‘ldi. Ammo u Keyt Middlton ham, Megan Markl ham emas

Yelizaveta II ning jiyani va aka-uka Garri va Uilyamning amakivachchasi 26 yoshli Ameliya Vindzor qirollik oilasidagi eng go‘zal ayol deb topildi

2 daqiqa o‘qish83 236 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Legion Media

Ko‘pchilik Britaniya qirollik oilasi deganda birinchi galda Megan Markl va Keyt Middltonni esga oladi va ular doimo bir-biri bilan taqqoslanadi. Biroq ularning hech biriga Buyuk Britaniyaning hukmron oilasi a’zolari orasida eng go‘zal ayol unvoni berilmagan, garchi ko‘pchilik har ikkala gersoginyani tashqi ko‘rinish jihatdan chiroyli deb hisoblasa ham.

Foto: Legion Media

Yelizaveta II ning jiyani va aka-uka Garri va Uilyamning amakivachchasi 26 yoshli Ameliya Vindzor qirollik oilasidagi eng go‘zal ayol deb topildi. Qiz taxtga merosxo‘rlik qilishi bo‘yicha 42-o‘rinda. Biroq unga bunday mashhurlikni nafaqat qirollik oilasiga mansubligi, balki uning modellik karyerasi ham olib keldi.

Tatler jurnali Megan Markl va Keyt Middltonlarning mashhur bo‘lishiga qaramay ulardan yoqimtoyroq bo‘lib chiqqan Ameliyani gersoginya va malikalar orasida “Go‘zallik qirolichasi” unvoniga munosib ko‘rdi.

Foto: Legion Media

Ammo Ameliya xonim Garri va Uilyamning rafiqalari kabi muxlislar armiyasiga ega bo‘lmasa-da, bir qancha mashhur jurnallar qizni ko‘p yillar davomida qirollik oilasining asosiy uslub belgisi deb atashgan. Bu borada ular haq: Ameliya Vindzor — dunyodagi ko‘plab podiumlarni zabt etgan professional model. Qirolichaning jiyani Keyt Moss, Kara Delevin, Sindi Krouford va boshqalar ishlaydigan taniqli modellik agentliklari bilan shartnoma imzolagan. Ameliya — Dolce & Gabbana modalar uyi ko‘rgazmalarining sevimli modeli, shuning uchun u tez-tez mazkur moda brendining hashamatli liboslarida namoyon bo‘ladi.

Foto: Legion Media
Ammo 26 yoshli Vindzor xonimning muvaffaqiyati shu bilan tugamaydi. Qiz, shuningdek, yirik jurnallardan birida shtatdan tashqari muharrir bo‘lib ishlaydi, chunki Ameliya bolaligidanoq hayotini jurnalistika bilan bog‘lashni orzu qilgan. Mavzuga doir: 

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar