• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Mesut O‘zilning “Real”dan “Arsenal”ga o‘tishi sirli tarixi. “Tottenhem” rahbarini chuv tushirgan “operatsiya” haqida

    2013-yil 2-sentabr sanasi “Arsenal” muxlislari xotirasida uzoq vaqt qoladi. O‘shanda jamoa 42,5 million yevro evaziga Mesut O‘zilni xarid qilib, klub tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirgandi. Futbolchi bilan shartnoma imzolash esa ayg‘oqchilik hikoyasiga o‘xshash bo‘lgandi. Bu haqda londonliklarning sobiq direktori Dik Lou aytib bergandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bu ajoyib kun edi. Biz jahon darajasidagi, Yevropaning eng yorqin futbolchilaridan biri bilan shartnoma imzoladik. Shunday voqeaning qatnashchisi bo‘lish baxt.

    Barcha hamjihat ishlagan edi. Yillar davomida birgalikdagi faoliyat samara keltirgan kun edi. Shuni unutmaslik lozim, O‘zilning transferi Garet Beylniki bilan chambarchas bog‘liq”.

    Kollaj: “Sports.ru”

    Kollaj: “Sports.ru”

    O‘sha yozning asosiy transferi Garet Beylning “Tottenhem”dan “Real Madrid”ga o‘tishi bo‘ldi. U londonliklar safida mavsumni juda yuqori darajada o‘tkazdi va “qaymoqranglilar” nazariga tushdi. Biroq “Tottenhem” direktorlar kengashi rahbari Deniel Levi uelslik futbolchini shunchaki qo‘yib yuborishni istamasdi. Buning ustiga “Arsenal” imkoniyatdan foydalanib qoldi...

    “Hattoki juda katta qudratga ega ‘Real Madrid’ Beylga zo‘rg‘a yetishgandi. Ular ‘shporlar’ga juda katta pul berdi, kamiga futbolchiga samoviy maosh va’da qildi. Bu esa jamoadan kimdir sotib yuborilishi lozimligini bildirardi. Aynan Beylning transferi bizni O‘zil tomon olib boradi.

    Biz Madridning ogohlantiruvchi signaliga darhol munosabat bildirdik. Men ‘Real’ning bosh menejeri Xose Anxel Sanches bilan uchrashish uchun Madridga bordim. Ular Karim Benzema yoki Anxel di Mariyani sotish haqida o‘ylayotgandi.

    Men Ivan Gazidis (o‘sha vaqtda londonliklar ijrochi direktori — izoh “Daryo”) va bosh murabbiy Arsen Vengerga qo‘ng‘iroq qildim. Biz juda ehtiyotkorona harakat qilardik, rostini aytsam, shubhalar ham bor edi. Lekin o‘sha uchrashuvda ‘Real’ kimnidir sotish istagida ekani aniq bo‘ldi”.

    “Arsenal” “Fenerbahche” bilan Chempionlar Ligasi saralash doirasida o‘ynayotgandi, shuning uchun Gazidis Turkiyada edi. Muzokaralarda Louga yordam berish uchun Gazidis Turkiyadan Ispaniyaga qarab uchdi.

    Ertasiga muzokaralarda O‘zil familiyasi birinchi marta tilga olindi.

    “Biz Xose bilan muzokara olib bordik, u Anchelotti Benzemani ham, di Mariyani ham qo‘yib yuborish niyatida emasligini aytdi. Lekin O‘zil transferiga qarshi emasligini ham qo‘shib qo‘ydi.

    Arsenga bu variant yoqdi. U bunday futbolchi jamoasida bo‘lishidan manfaatdor edi. Lekin oldimizda boshqa bir muammo paydo bo‘ldi — biz Mesutning o‘zi bilan kelisha olmadik.

    Biz Mesut bilan muzokara o‘tkazish uchun ruxsat so‘radik, lekin madridliklar avval o‘zlari u bilan suhbatlashishini aytdi. Biroq bu qo‘ng‘iroq O‘zil uchun eng yoqimlisi bo‘lgan, deb o‘ylamayman. Shundan keyin biz Mesut, uning otasi va biznes-konsultant bilan gaplashib oldik. Ish bitgach, Gazidis bilan birga Londonga qaytib ketdik”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Muzokaralar davom etdi — transfer oynasi yopilishiga 48 soat qolganda barchasi deyarli yakunlangan edi. Ammo Deniel Levi deb atalmish muammo paydo bo‘ldi. U Beylni sotishni oxirigacha kechiktirdi. Endi vaqt bizga qarshi o‘ynashni boshladi.

    “Real Madrid” asabiylashishni boshladi. “Arsenal” shimoliy Londondagi qo‘shnilar O‘zil haqida eshitsa, xursand bo‘lmasligini tushunib turardi.

    Yana bir murakkab tomoni, dedlaynga 36 soat qolganda “Arsenal” shimoliy London derbisida “shporlar”ga qarshi o‘ynashi kerak edi.

    “Biz Madrid bilan oxirgi detallarni hal qilayotgandik. Ivan u yerda, men esa O‘zil bilan Myunxenda edim. Derbi kuni ertalab Ivan menga qo‘ng‘iroq qildi.

    U haligacha muzokaralar yakunlanmagani, shuning uchun Londonga qayta olmayotganini aytdi. Ikkimizdan birimiz stadion direktorlar lojasida o‘tirishimiz kerak edi, yo‘qsa Levi shubhalanishi tayin.

    Shu payt Xose Anxel Levi unga qo‘ng‘iroq qilganini va shart qo‘yganini aytdi: ‘Real’ ‘Arsenal’ga hech kimni sotmasligi kerak.

    Ivan esa Deniel ko‘pirtirib yuborayotganini, ‘Tottenhem’ Beyl kelajakdagi sotuvini hisobga olib, ancha pul sarflaganini aytdi (‘shporlar’ Kristian Eriksen, Roberto Soldado, Sandroni xarid qilib ulgurgandi). Lekin bu madridliklarni tinchlantirmadi, ular meni Myunxenni tark etib, Londondagi o‘yinda qatnashishimni so‘radi.

    11 soatlik parvozdan keyin to‘g‘ri stadionning direktorlar lojasiga borib o‘tirdim. U yerda Marko Baldini va Levi bor edi. Ular mening qayerda bo‘lganim bilan qiziqdi, men esa derbini o‘tkazib yubormaslik uchun shoshib kelganimni aytdim”.

    Olivye Jiruning goli evaziga “Arsenal” g‘alaba qozondi. Shu o‘yindan so‘ng “Tottenhem” Beylning ketganini e’lon qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Lou esa darhol Germaniyaga qaytib ketdi, u yerda jamoa shartnomaning oxirgi bandlari bo‘yicha ishlayotgan edi.

    “Arsenal” bu transfer sir tutilishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Ammo boshqa bir muammo paydo bo‘ldi — O‘zil tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan klinikada ular kutilmagan “sovg‘a”ga duch keldi.

    “Tibbiy ko‘rik Myunxendagi klinikalardan birida bo‘lib o‘tdi. O‘shanda ham biz buni sir tutishga urindik. Lekin yo‘lakda Lukas Podolskini ko‘rib qoldik. U tizzasini tekshirtirgani kelgan ekan.

    O‘sha paytning o‘zida Arsenga qo‘ng‘iroq qildim va xabar tarqab ketishi haqida ogohlantirdim. Chunki Lukasning og‘zida gap turmasligini bilardim.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bu vaqtda ‘Manchester Yunayted’ Mesutni ilib ketmoqchi bo‘layotgani haqidagi xabar xo‘jayinimizgacha yetib bordi. Ivan menga qo‘ng‘iroq qilib, O‘zilning otasi va biznes-konsultantidan ko‘z uzmasligimni aytdi. Men ular bilan birga barda soat 10:00 dan 22:00 gacha o‘tirishga majbur bo‘ldim. Parallel ravishda transfer borasidagi savollarni muhokama qildik.

    O‘zil terma jamoa bilan yig‘inda, u bilan aloqaga chiqa olmasdik. Lekin biz epladik.

    Juda ajoyib transferni amalga oshirdik. Bu ‘Arsenal’ tarixidagi eng qimmat transfer edi”, — deya eslaydi Dik Lou.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    15-oktabr kuni 33 yoshini nishonlayotgan O‘zil “Arsenal”da yetti yil mobaynida to‘p surdi. U “kanonirlar” safida 254 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol va 77 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Hozirda “Fenerbahche”da to‘p surayotgan Mesut “Arsenal” bilan uch martadan Angliya Kubogi va Superkubogida g‘olib bo‘lgan.

    15.10.2021, 23:45   Izoh (0)   21625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon chempionatida 7 ta medal qo‘lga kiritgan yosh sambochilar, “PSJ”da qolmaydigan Mbappe va Golden Boy’ga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxati. Eng so‘nggi sport ya...

    15.10.2021, 21:43

    Superliga. “OKMK” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Mash’al”dan ustun keldi. “Nasaf”da kichik hisobdagi g‘alaba

    15.10.2021, 20:48

    Eldor Shomurodovning transfer qiymati ikki barobarga qimmatladi. Osiyoda faqat 5 futbolchi undan qimmatroq

    15.10.2021, 15:11

    JCh—2022 yo‘lida. Braziliya 5 ta gol urilgan o‘yinda Urugvayni yengdi, Argentinada minimal hisobdagi g‘alaba

    15.10.2021, 09:13

    Maradona, Ronaldinyo, Messi. “Barselona” tarixidagi eng yaxshi o‘ninchi raqamlar

    14.10.2021, 23:51

    Koronavirus yuqtirib olgan Belarusdagi legionerlar, Pedrining tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilagan “Barselona”, “Oltin to‘p” uchun nomzodini aytgan Ronaldo. E...

    14.10.2021, 21:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.