• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Maradona, Ronaldinyo, Messi. “Barselona” tarixidagi eng yaxshi o‘ninchi raqamlar

    Yozda Lionel Messi “Barselona”dan ketganidan keyin klub uning 10-raqamini muomaladan chiqaradimi yoki yo‘q degan savol juda ko‘p yangradi. Biroq La Liga qoidalari tufayli bu ishni amalga oshirib bo‘lmadi. Afsonaviy raqam esa xuddi bir vaqtlar “La Masiya”dan yetishib chiqqan Messi kabi yosh yulduz Ansu Fatiga berildi va bundan ko‘pchilik xursand ham bo‘ldi. Boisi bir vaqtlar aynan Messiga ham jamoaning kelajagi sifatida qaralib, unga afsonaviy raqam (10) ishonib topshirilgandi. Xo‘sh, ulardan oldin “Barselona”da 10-raqamga kimlar egalik qilgan, ushbu raqamda har doim ham yulduzlar harakat qilganmi? “Daryo” quyida ana shu savolga javob bergan holda, “Barselona” tarixidagi eng yaxshi o‘ninchi raqamlar haqida hikoya qiladi.

    Diyego Maradona (1982—1984-yillar) — 47 o‘yin, 33 ta gol

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Maradona garchi “Barselona”ning haqiqiy afsonasiga aylana olmagan bo‘lsa-da, yetarli miqdorda gol urishni uddalagan. Ko‘pchilik uning Yevropadagi faoliyatini “Napoli” nomi bilan bog‘lashga ko‘nikib qolgan. Biroq “Tilla bola”ning Kataloniyadagi sarguzashtlari ham alohida e’tirofga loyiq. Ammo Maradonaning o‘zi bu borada boshqacha fikrda, u Kataloniyani tark etgach, “Barsa”ga o‘tib, xatoga yo‘l qo‘yganini aytadi. Ispaniyada Maradona gepatit bilan og‘riydi, muntazam ravishda surunkali jarohatlardan aziyat chekadi. Jamoatchilik va matbuot esa ochiqchasiga uni tanqid qiladi. Bunga qaysidir ma’noda Diyegoning yuqori maoshi va tungi hayoti ham sabab bo‘ladi. Shu tariqa ikki yillik faoliyatdan so‘ng u “Napoli”ga qaytib ketadi. Shunga qaramay Diyego jamoada o‘zi haqidagi xotiralarni qoldira olgan, o‘sha paytlarda muxlislar uning o‘yinini jonli ko‘rish uchun ham stadionlarga tashrif buyurardi.

    Romario (1993—1995-yillar) — 65 o‘yin, 39 ta gol

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    “Barselona”ning Maradonadan keyingi mashhur o‘ninchi raqam egasi Romario jamoada atigi bir yarim mavsum harakat qilgan. Ammo braziliyalik ushbu qisqa vaqt davomida o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotlay oldi va Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, U La Liga to‘purari sovrinini ham qo‘lga kiritdi. Biroq jamoaning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Yoxan Kroyf bilan kelishmovchilikdan so‘ng Braziliyaga qaytishga majbur bo‘ladi. Romarioning “Barselona”dagi faoliyatiga nisbatan “ozgina va sozgina” iborasini qo‘llash mumkin.

    Rivaldo (1997—2002-yillar) — 235 o‘yin, 130 ta gol

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘z davrining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan Rivaldo “Barselona”da yaxshi yillarni boshidan o‘tkazgan deyish mumkin, uning aynan “Barselona” safida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani ham bunga misol bo‘la oladi. Biroq Rivaldoga katalon jamoasida o‘zini to‘laqonli ravishda ko‘rsatishga jarohatlar va Lui van Gal bilan bo‘lgan kelishmovchiliklar xalaqit beradi. Van Gal undan qanot futbolchisi sifatida foydalanadi, biroq Rivaldo hujum orti va markaziy yarim himoyada o‘ynashni afzal bilardi. Shunga qaramay Rivaldoning “Barselona”dagi statistikasi tahsinga loyiq. Shuningdek, u jamoa bilan ikki marta Ispaniya chempionatida g‘alaba qozongan.

    Ronaldinyo (2003—2008-yillar) — 207 o‘yin, 94 ta gol

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi gol urish, “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish mashinasiga aylangani hech kimga sir emas. Ammo “futbol sehrgari” — Ronaldinyo gol urish uchun emas, balki undan zavq olish uchun, maza qilib futbol o‘ynash uchun maydonda harakat qilardi. Ronaldinyo maydonda yuzida tabassum bilan shunday harakatlarni amalga oshirib tashlardiki, uning “fint”lari nafaqat muxlislar, balki unga qarshilik qilayotgan himoyachilarning ham aqlini shoshirib qo‘ygani bor gap. Aynan Ronaldinyo va unga o‘xshash futbolchilar (ular o‘zi unchalik ko‘p emas) futbolni san’at darajasiga olib chiqqan. Bunga misol tariqasida, futbolni sevgan inson, albatta, Ronaldinyoni ham yaxshi ko‘rishini (hech bo‘lmaganda yomon ko‘rmaydi) aytish mumkin.

    Ronaldinyo “Barselona” bilan ikki marta Ispaniya chempionatida va bir bor Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan.

    Lionel Messi (2003—2021-yillar) — 778 o‘yin, 672 ta gol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Futbolda ham boshqa sohalarda bo‘lgani kabi shunday odamlar borki, ular haqida gapirish, ularning faoliyatiga ta’rif berish xuddi ularning obro‘yi va shaxsiyatiga putur yetkazib qo‘yadigandek taassurot uyg‘otadi. Lionel Messini ham aynan shundaylar qatoriga qo‘shish mumkin. Olti karra “Oltin to‘p” sohibi “Barselona”da 17 yil davomida harakat qilib, qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan va 10-raqamning haqiqiy egasi ekanligini isbotlagan. Umuman olganda, so‘nggi 15 yil ichida “Barselona” va Messi nomlarini alohida ishlatib bo‘lmay qolgandi, afsona faoliyatini ham aynan shu yerda yakunlashi kutilgandi. Biroq 2021-yilning yozida Messining jamoadan ketgani haqidagi xabar butun futbol olamini larzaga soldi. Uning keyingi manzili “PSJ” bo‘ldi, argentinalik daho hozircha Parij jamoasiga to‘liq moslashib ketolganicha yo‘q, balki bunga vaqt kerak bo‘lar, buning ustiga hali muxlislar ham uning “Barsa”dan ketganiga ko‘nikkani yo‘q.

    Messi katalon klubi bilan Ispaniya chempionatida 10, Ispaniya Kubogi va Superkubogida 7, Chempionlar Ligasida 4, Yevropa Superkubogida va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida 3 martadan g‘alaba qozongan.

    Ansu Fati (2019-yildan beri) — 46 ta o‘yin, 14 ta gol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ro‘yxatning va umuman “Barselona” (asosiy jamoa) tarixidagi eng yosh futbolchiga 18 yoshida juda katta mas’uliyat yuklandi, u jamoada 10-raqamning yangi egasiga aylandi. 2019-yilda asosiy jamoada debyutini o‘tkazgan Fati darhol jamoaga moslashib olgandi va ketma-ket gollar ura boshlagandi. Biroq 2020-yilning noyabr oyida tizzasidan jarohat olib, bir yil davomida maydonga tusha olmadi.

    10-raqam berilganidan keyingi ilk o‘yinidayoq gol urdi va qaysidir ma’noda o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi, goldan keyin esa “Barselona” muxlislari uni tik turgancha olqishladi, hatto ular orasida ko‘z yoshlarini tiya olmaganlar ham topildi...

    Uning o‘zi “Barselona”da 10-raqam ostida to‘p surish haqida shunday deydi: “Men bu raqamli libosni kiyish imkoniyatidan minnatdorman. Bu katta sharaf. 10-raqam ‘Barsa’ uchun katta ahamiyatga ega. Bu raqamda Messi, Ronaldinyo va boshqa yetuk futbolchilar o‘ynagan”.

    Mavzuga doir: Bosniyalikdan daniyalikkacha. “Barselona” tarixidagi to‘qqizinchi raqamlar

    Boshqa maqolalar:

    • Avtopoygachi, tarjimon va bankir. Futbolchi bo‘lmasdan murabbiylik qilayotgan yulduz mutaxassislar
    • Zidan, Konte, Valverde va boshqalar. Ishsiz yurgan yetuk murabbiylar
    • “Shalpangquloq” ortidan quvib: Chempionlar Ligasining asosiy favoritlari haqida

    14.10.2021, 23:51   Izoh (0)   22485
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirus yuqtirib olgan Belarusdagi legionerlar, Pedrining tovon pulini 1 mlrd yevro etib belgilagan “Barselona”, “Oltin to‘p” uchun nomzodini aytgan Ronaldo. E...

    14.10.2021, 21:27

    “Odil Junior” O‘zbekiston U-14 chempionati g‘olibiga aylandi

    14.10.2021, 21:02

    Avtopoygachi, tarjimon va bankir. Futbolchi bo‘lmasdan murabbiylik qilayotgan yulduz mutaxassislar

    13.10.2021, 23:45

    “PSJ”ga qarshi o‘ynashi mumkin bo‘lgan Masharipov, “Nyukasl”dan keyin Italiya grandiga ko‘z tikkan saudiyaliklar va rekordlarni yangilashdan charchamaydigan Ronald...

    13.10.2021, 23:01

    Superliga 2022-yilgi mavsumiga yo‘llanma olgan ikkinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

    13.10.2021, 18:26

    JCh—2022 yo‘lida. Portugaliya Ronaldu het-trikka erishgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, Angliya o‘z maydonida ochko yo‘qotdi

    13.10.2021, 02:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.