• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hayot kechagidan yaxshi, ertangidan yomon bo‘layotgani rost bo‘lsin!”

    Saylov arafasida ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklarning, jumladan, yoshlarning fikrini chalg‘itishga qaratilgan turli postlar, video va audioroliklar aylanmoqda. Bunday g‘oyaviy tahdidlarga hamma o‘z fikrini, pozitsiyasini bildirayapti, ammo ular orasida xayrixohlar ham yo‘q deb bo‘lmaydi.

    Nurali Shodiyev.

    Nurali Shodiyev.
    Foto: Davlat boshqaruvi akademiyasi

    Xursand qiladigan jihat shuki, bugungi odamlar siyosiy jarayonlarning mas’uliyatini chuqur his etadigan, jamiyatdagi tinchlik va barqarorlikning shukronasini qilib, uni mustahkamlash yo‘lida bel bog‘lab mehnat qilayotgan bag‘rikeng, sabr-toqatli, mulohazali insonlardir.

    “Bizning birovlardan ustunligimiz muhimmas, kechagi holimizdan ustunligimiz muhim”, degan gap bor. Darhaqiqat, keyingi yillarda oddiy turmush tarzida, oilaviy sharoit, ro‘zg‘orda real ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini hech kim inkor etolmaydi.

    Bir vaqtlar plastik kartochkadagi pulni naqd qilish ilinjida unga-bunga iltimos qilish, naqdlashtirib bergan odamga yurakni yulgandek qilib ma’lum foizini qoldirish kabi holatlar bugun tushga aylandi.

    Shunday paytlar bo‘ldiki, yaqinda bayramini nishonlagan o‘qituvchi-muallimlar qishloqlarda maoshining ma’lum foizi “naqdlashtiradigan” joyga, ma’lum foizini esa tuman markaziga borib, naqd qildirib kelib beradigan odam cho‘ntagiga kirishiga ko‘nikib qolgan edi.

    Poytaxtda propiska yo‘qligidan turar-joyida minglab yoshlar “uchastkavoy”lar bilan it-mushuk bo‘lib, ishlayotgan joyidan ayrilib qolmasligi uchun yurak hovuchlab yashardi, bitta muhrning yo‘qligi dastidan poytaxtda yashash va ishlash orzusidan voz kechib ketgan vatandoshlar qancha edi.

    Yaqinlarining operatsiyasi uchun xorijga olib borishga banklardan xorijiy valyuta ololmay, sarson-sargardon bo‘lgan insonlarning guvohi bo‘lganmiz.

    Ming shukrki, bugun insonning izzat-nafsini toptaydigan bunday holatlarga barham berildi. Ammo ba’zilar hayotimizdagi bunday o‘zgarishlarni unutib, yangi-yangi ehtiyojlarni qondirish ilinjida dod solayotgandek.

    Bugun shifokorning qizi, chorvadorning o‘g‘li, fermerning, prokurorning bolasi ham bilimi bo‘lsa, teppa-teng oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilinayapti, ta’limdagi bu o‘zgarishlar qanchadan-qancha oilalarga quvonch, kelajakka ishonch bag‘ishladi.

    Xullas, kechagi kundan xulosa chiqarib, erta uchun rejalar qilib yashashdan charchamaylik. Ulug‘ adibimiz Maqsud Shayxzoda hol-ahvol so‘rab kelgan shogirdlariga “Ahvolim kechagidan yaxshi, ertangidan yomon” deb javob berarkan. Shayxzoda domla lutf qilganlaridek, hayot kechagidan yaxshi, ertangidan yomon bo‘layotgani rost bo‘lsin!

    Nurali Shodiyev, Davlat boshqaruvi akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

    12.10.2021, 13:46   Izoh (0)   10936
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida ko‘rsatish shart etib belgilanmoqda

    12.10.2021, 13:37

    Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    12.10.2021, 13:27

    Rossiya hukumati 150 ming o‘zbekistonlik muhojirning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

    12.10.2021, 12:36

    O‘zbekistonda 13-oktabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    12.10.2021, 12:06

    Kattaqo‘rg‘ondagi xonadonda gaz portlagani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    12.10.2021, 11:33

    UzAuto Motors Chevrolet Onix qachondan ishlab chiqarilishini ma’lum qildi

    12.10.2021, 11:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.