O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodi Narzullo Oblomurodov bugun, 6-oktabr kuni namaganlik saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv doim va har bir hududda bo‘lganidek, vakillarning nomzod tarjimayi holini saylovchilarga tanishtirishi bilan boshlandi.
Narzullo Oblomurodovning o‘zi ham saylovchilarning oldida so‘zga chiqdi. Nomzod o‘zining saylovoldi dasturi bilan ularni batafsil tanishtirdi. Oblomurodov tabiatga zarar yetkazuvchilarga javobgarlik kuchaytirilishini aytdi.
“Partiya tabiatni asrab-avaylash, mamlakatdagi daraxtlar va suv havzalarini, tabiiy yodgorliklarni salbiy antropogen ta’sirdan himoya qilish uchun katta sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni himoya qilish va ekologik huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini ilgari suramiz”, — deydi nomzod.
Oblomurodovning so‘zlariga ko‘ra, “ekologik jinoyatchilar”ni jazolashning yangicha “ifloslantiruvchi to‘laydi” degan tamoyili joriy etiladi.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning yer, suv va atmosfera havosiga salbiy ta’siri uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, yetkazilgan zararni qoplashda ‘ifloslantiruvchi to‘laydi’ tamoyilining tarafdorimiz”, — dedi Narzullo Oblomurodov.
Tabiatga zarar keltirganlarni jazolash bilangina ish bitmaydi, unga qarshi kurashish, amaliy ishlar qilish kerak, albatta. Shu sababli Narzullo Oblomurodov namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvdan so‘ng viloyatdagi “Afsonalar bog‘i”ga borib, daraxt ekdi.
Nomzod bog‘da dam oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, daraxt ekish aksiyasini o‘tkazdi. Siz ham ushbu xayrli ishlarda faol bo‘ling. Bunday aksiyalar davomiy bo‘lishi uchun munosib nomzodga ovoz bering.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)