Joriy yilning 5-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Alskom sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida memorandum imzolandi.
Kelishuvning asosiy maqsadi, tomonlarning sug‘urta sohasida hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorida raqamli sug‘urta tajribasini jalb qilish.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 2909-son qaroriga amal qilgan holda, tomonlar o‘rtasida quyidagilar kelishildi:
- o‘zaro sohalarda ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
- qo‘shma loyihalar va dasturlarni amalga oshirish;
- o‘zaro tajriba va ma’lumot almashinuvi;
- yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlardan foydalanib, sug‘urta sohasini raqamlashtirish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash;
- professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda birgalikda tadqiqot (master-klasslar) o‘tkazish;
- bitiruvchilar va korxona o‘rtasida stajirovkalar joriy qilish;
- onlayn sug‘urta, raqamlashtirish, ilm-fan va ta’lim o‘rtasida integratsiyani chuqurlashtirish;
- korxonaga yosh olimlar va tadqiqotchilarni tizimli tarzda jalb etish;
- istiqbolli yosh kadrlarning ilmiy g‘oyasi korxonaga naf keltirgan taqdirda pul mukofoti yoki o‘quv shartnoma mablag‘ini korxona tomonidan to‘lab berish.
Izoh (0)