Toshkentdagi bo‘yalayotgan “dom”, Angliyada kurka yetishmovchiligi, karantin rekordini o‘rnatgan shahar. 6-oktabr suratlari
6-oktabr kuni olingan eng sara suratlarni namoyish etamiz.
Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birining ustki qismini bo‘yab chiqayotgan mahalliy xodimlar.Foto: Facebook / Barno Nazarzoda
Sloveniyaning Lyublyana shahrida koronavirusga qarshi kurash doirasida joriy qilingan cheklovlar sabab norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.Foto: “TASS”
Mumbayda hind dindorlari Banganga muqaddas suvlarida maxsus marosimlar o‘tkazib, marhum ajdodlariga hurmat bajo keltiradi.Foto: EPA
Buyuk Britaniya kurka yetishmovchiligi xavfi ostida. Savdo 2021-yilga nisbatan 220 foizga oshib ketgan.Foto: Getty Images
Chexiyada karantinga olingan odamlar mashinadan turib parlament saylovlarida ovozi berdi.Foto: EPA
Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 qurbonlari soni 700 000 dan oshdi — bu Boston aholisidan ham ko‘p. Suratda: Vashingtondagi COVID-19 qurbonlariga bag‘ishlangan badiiy installyatsiya.Foto: “TASS”
Moskvada quyosh chiqishi.Foto: Getty Images
Sankt-Peterburgning Isaak maydonidagi Nikolay I haykalini tiklash jarayoni.Foto: “TASS”
Ispaniyada Palma orolida vulqon otilishi davom etmoqda. Yaqin atrofdagi aholi yashash punktlari vulqon kuli bilan qoplandi.Foto: “TASS”
Sloveniya poytaxtida emlashga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazildi.Foto: “TASS”
Xitoy operasi COVID-19 koronavirus pandemiyasi paytida Bangkokda konsert berish uchun keldi.Foto: “TASS”
Amritsardagi piyodalar yo‘lagida yoga bilan shug‘ullanayotgan erkak.Foto: AFP
“Tolibon” rasmiylari o‘z fuqarolariga yana pasport berishni boshlaganini e’lon qilganidan keyin pasport idorasi oldida yig‘ilgan afg‘onlar.Foto: Reuters
Neftchilar formasini kiygan Greenpeace faollari, Parijdagi Luvr muzeyi Piramidasi oldida dunyoda qazib olinadigan yoqilg‘ini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni davom ettirishga qarshi norozilik bildirmoqda.Foto: AFP
Kalkutta rasmiylarining qishloq xo‘jaligidagi islohotlariga qarshi davom etayotgan noroziligini qo‘llab-quvvatlab bezatilayotgan Durga Puja ibodatxonasi.Foto: AFP
Ispaniyaning La-Palma orolidagi Tazakorte portidan vulqon otilishi fonida Ispaniya fuqaro gvardiyasi qayig‘i o‘tib ketayotgani ko‘rinib turibdi.Foto: Reuters
Latviyada oltin kuz.Foto: EPA
Xitoyda “Oltin hafta” — Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani sharafiga 1—7-oktabr kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladi.Foto: EPA
Izoh (0)