Dunyo va O‘zbekiston bo‘ylab 4-oktabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.
Indoneziyada koronavirus cheklovlari yumshatilgandan keyin talabalar madrasalarga qaytadi.
Foto: Shutterstock
“Oybek” metro bekati yonida tibbiy niqob, antiseptik gel, tomat pastasi, ko‘zmunchoq kabi kichik (mayda-chuyda) buyumlar sotib o‘tirgan ona va bola.
Foto: Dilruh Isomiddinova
Toshkentdagi favvorada o‘quvchi sovuq havo haroratiga qaramay suratga tushmoqda.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
Toshkentning Mustaqillik ko‘chasida ishlari taqsimlangan TOB xodimlari manzillariga yo‘l olish uchun transport kutmoqda.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
Mavzuga doir: Andijonda uyida obodonlashtirish xodimlarini ishlatgan hokim o‘rinbosari 13,5 mln so‘m jarimaga tortildi
Vatikanda Papa Fransisk misrlik islomshunos olim va al-Azhar masjidining katta imomi Shayx Ahmad at-Tayibni “Imon va fan” tadbirida kutib olmoqda.
Foto: AFP
Ispaniyada Renfe temiryo‘l operatorining poyezd mashinistlari sakkiz kunlik ish tashlash o‘tkazmoqda. Noroziliklar 12-oktabrgacha davom etadi.
Foto: “TASS”
Parijda moda haftaligi davom etmoqda. Suratda: Lanvin brendi 2022-yilgi bahor-yoz ayollar kolleksiyasini namoyish qilmoqda.
Foto: Getty Images
Karakasda Veterinar xayriya tashkiloti uy hayvonlarini bepul parvarish qilish kunida mijoziga retsept yozmoqda.
Foto: Shutterstock
Hazora ishchilari 2001-yil mart oyida Afg‘onistonning Bomiyon viloyatida “Tolibon” tomonidan vayron qilingan Salsal Budda haykali bo‘lgan joy yaqinida yuk mashinasiga ko‘mir yuklashga tayyorlanmoqda.
Foto: AFP
Mavzuga doir: Fotogalereya: “Tolibon” hukumat tepasiga kelganidan keyin Afg‘onistonda hayot qanchalik o‘zgardi?
Nyu-Dehlida Hindiston kichik ichki ishlar vaziriga tegishli mashinaga zarar yetkazgan to‘rt fermerning o‘ldirilishiga qarshi norozilik bildirgan faolni harbiy kuchlar hibsga oldi.
Foto: AP Photo
Senegalning dengiz bo‘yidagi Guet Ndar baliqchilik mahallasida o‘lja qidirayotgan saqoqush.
Foto: AFP
Bangladeshdagi hayvonlarni parvarish qilish markazida Butunjahon hayvonlar kuni nishonlanmoqda.
Foto: Getty Images
Janubiy Kaliforniyaning Oranj okrugida neft to‘kilishi sodir bo‘ldi. Voqea natijasida, taxminan, 34 kvadrat kilometr maydonda neft qobig‘i paydo bo‘lgan. Taxminan, 34 kvadrat kilometr maydonni neft qoplagan.
Foto: Getty Images
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Hayvonlar uchun qurilgan ko‘prik, daraxt ekayotgan qirolicha, ilk qorni “tatib ko‘rmoqchi” bo‘lgan o‘quvchi. 1-oktabr suratlari
- Vaksinatsiyaga qarshilar mitingi, jurnalistga qurol o‘qtalgan “Tolibon” askari, bir yilga qamalgan sobiq prezident. 30-sentabr suratlari
- Xitoydagi energetik inqiroz, Shimoliy Koreyada uchirilgan gipertovushli raketa, Jeyms Bondning yangi filmi. 29-sentabr suratlari
- Turkmanistondagi harbiy parad, vaksina olayotgan prezident, kengayayotgan o‘rmon yong‘ini. 28-sentabr suratlari
- Izsiz yo‘qolgan 43 talaba, vulqon kuli bilan qoplangan shahar, politsiyaga otilgan qo‘lbola raketa. 27-sentabr suratlari
- Erta nikohga qarshi kelinlar, qo‘lini qush cho‘qib olgan Merkel, kamuflyajlarni namoyish etayotgan harbiylar. 23-sentabr suratlari
- Xogvarts maktabidagi shou, benzin uchun navbatda turgan britaniyaliklar, turmada saqlanayotgan afg‘on ayollari. Hafta suratlari