• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy yangi “X virusi” paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

    Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi (CDC) rahbari Gao Fu kelajakda insoniyat yangi “X virusi”ga duch kelishi mumkinligini aytdi va unga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘rish uchun birgalikdagi harakat tamoyilini taklif qildi. Gao Fu bu haqda “Jamiyatda fan va texnologiyalar” Kyoto onlayn-forumi doirasida aytib o‘tgan deb yozadi “RBK”.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    CDC rahbarining so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurash olib borayotganiga qaramay, kelajakda dunyo, albatta, hali xususiyatlari hech kimga ma’lum bo‘lmagan “X virusi” bilan to‘qnash keladi. Gao Funing ta’kidlashicha, bu istalgan paytda, istalgan joyda sodir bo‘lishi mumkin.

    “Insoniyat kelajagi uchun biz muammoni birgalikda hal qilishimiz kerak. Shu munosabat bilan men “to‘rtta C tamoyilini” taklif qilaman: hamkorlik (cooperation), raqobat (competition), ma’lumot almashish (communication) va ba’zan uchinchi tomon bilan muvofiqlashtirish (coordination)” — deya qo‘shimcha qildi u.

    Shuningdek, CDC rahbarining ta’kidlashicha, insoniyat bugun nafaqat koronavirus pandemiyasiga, balki “dolzarb va noto‘g‘ri ma’lumotlar qorishib ketadigan infodemiya”ga ham qarshi kurashmoqda.

    2020-yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 25 ta mamlakat rahbarlari bilan kelishgan holda OAV va JSST veb-saytida ochiq xat e’lon qilgandi. Xatda COVID-19 singari pandemiya holatlari uchun xalqaro hamkorlik shartnomasini ishlab chiqishga chaqirilgan.

    Maktubni imzolaganlar orasida JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus, Yevropa Kengashi raisi Sharl Mishel, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va boshqa bir qator davlat rahbarlari bor.

    Maktubda aytilishicha, “COVID-19 pandemiyasi dunyo hamjamiyati uchun 1940-yillar davridan keyingi eng jiddiy muammoga aylandi. Halokatli ikki jahon urushi yakunida siyosiy rahbarlar birlashib ko‘p qirrali tizim yaratgan edi. Unda aniq maqsadlar qo‘yilgan, jumladan, mamlakatlararo iliq munosabat yaratish, yakkalanish va millatchilik vasvasalarini bartaraf etish, tinchlik, farovonlik, sog‘liq va xavfsizlikka oid muammolarni hal qilish kabi”.

    “Pandemiyaga tayyorgarlik va ularga qarshi kurashish to‘g‘risida yangi xalqaro shartnoma tuzishda dunyo mamlakatlari birgalikda harakat qilishi kerakligiga shubhamiz yo‘q. Ushbu yangi jamoaviy majburiyat pandemiyaga tayyorgarlikning eng yuqori siyosiy darajadagi tarixiy bosqichi bo‘lishi mumkin”, — deyiladi qo‘shma bayonotda.

    Mavzuga doir:

    • JSST kuz oylarida yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
    • Olimlar koronavirus bundan 21 ming yil oldin ham mavjud bo‘lganini aniqladi
    • BMT bosh kotibi: dunyo yadro quroli natijasida yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turibdi

    04.10.2021, 20:37   Izoh (0)   29153
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Pandora arxivi” e’lon qilindi. Unda dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarga aloqadorligi fosh etilgan. Asosiy ma’lumotlar

    04.10.2021, 18:10

    Gruziya Saakashvilini Ukrainaga topshirmasligini ma’lum qildi

    04.10.2021, 17:34

    Kaliforniya sohillari yaqinida katta miqdordagi neft Tinch okeaniga chiqib ketdi

    04.10.2021, 15:12

    Merkel iste’fosidan avval Germaniya xalqiga murojaat qilib, demokratiyani asrashga chaqirdi

    04.10.2021, 14:40

    “Baydenning infratuzilmaga oid rejasi AQShni sotsializmga yetaklaydi” — Tramp

    04.10.2021, 14:11

    Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan aloqalarni to‘liq tiklashga qaror qildi

    04.10.2021, 13:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.