• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Geynrix, Shomurodov, Maxstaliyev. “Kichik mundial”larda O‘zbekiston terma jamoasi safida gol urgan futbolchilar

    O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon Chempionatiga chiqishi ko‘plab futbol muxlislari uchun uzoq yillardan beri armon bo‘lib kelmoqda. “Oq bo‘rilar” katta mundialda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, kichik yosh toifasidagi futbolchilar bir necha bor Jahon chempionatlari qatnashchisiga aylangan. “Daryo” O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining “kichik mundial”lardagi ishtiroki va ularda gol urgan futbolchilarni yodga oladi.

    Kollaj: “Daryo”

    Kollaj: “Daryo”

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2003

    2003-yil 27-noyabrdan 19-dekabrga qadar BAAda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Argentina, Ispaniya, Mali kabi terma jamoalar bilan birgalikda B guruhidan o‘rin oldi. Maliga qarshi birinchi uchrashuvda O‘zbekiston yoshlari 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Islom Inomov va Aleksandr Geynrix gollar muallifiga aylandi.

    Ikkinchi turda Argentina bilan bahs olib borgan O‘zbekiston ilk daqiqalarda Aleksandr Geynrix tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochdi. Ammo Argentina 70-daqiqada Leandro Fernandes va 90+3-daqiqada Fernanda Kavenagining gollari evaziga 3 ochkoni ilib ketdi. Uchinchi turda esa O‘zbekiston Ispaniya yoshlari bilan to‘qnash keldi. 15-daqiqada Andres Inyesta tomonidan urilgan gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va O‘zbekiston uchinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Shu tariqa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun ilk musobaqa omadsiz boshlandi.

    O‘zbekiston terma jamoasi safida gol urgan futbolchilar

    Aleksandr Geynrix (2 ta gol)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix 1984-yil 6-oktabrda tavallud topgan. Bugun 37 yoshni qarshi olgan Geynrix O‘zbekiston futboli tarixidagi eng kreativ futbolchilardan biri hisoblanadi. Faoliyati davomida “SSKA Moskva”, “Paxtakor”, “Torpedo”, “Aqto‘be”, “Lokomotiv”, “Ordabasi” kabi jamoalarda o‘ynagan hujumchi ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston terma jamoasida esa 98 ta o‘yinda 32 ta gol urib, eng yaxshi ikkinchi to‘purar maqomini saqlab turibdi. Faqatgina Maksim Shatskix (34) undan ko‘proq gol urgan. Aleksandr 2018-yildan buyon Qozog‘istonning “Aqto‘be” jamoasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib bormoqda.

    Islom Inomov (1)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Islom Inomov esa O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk goli muallifi bo‘ldi. Islom faoliyati davomida “Semurg‘”, “Buxoro”, “Paxtakor”, “Navbahor”, “Lokomotiv” (Tbilisi), “Andijon”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Surxon” kabi jamoalarda o‘ynagan. Milliy terma jamoada esa 2004-yilda debyut qilib, 2013-yilda faoliyatiga yakun yasagan. Uning hisobida terma jamoa uchun 37 o‘yinda 2 ta gol mavjud.

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2009

    O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2009-yilgi Jahon chempionatida D guruhidan o‘rin oldi. Raqiblar esa Gana, Urugvay va Angliya kabi kuchli jamoalar edi. Birinchi turda bo‘lajak jahon chempioni Ganaga qarshi maydonga tushgan o‘zbekistonlik yigitlar 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘zbekistonning yagona goliga Sherzod Karimov mualliflik qildi. Ikkinchi turda Urugvay yosh “oq bo‘rilar”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Oxirgi turda esa Angliyaga qarshi uchrashuvda Ivan Nagayev 1 ochko keltirgan gol muallifiga aylandi. Durang natija bilan O‘zbekiston guruhda uchinchi o‘rinni egalladi va bu keyingi bosqichga chiqish uchun kamlik qildi.

    O‘zbekiston terma jamoasi safida gol urgan futbolchilar 

    Sherzod Karimov (1)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ikkita goldan biriga mualliflik qilgan Sherzod Karimov 1989-yilda Zarafshon shahrida tavallud topgan. Faoliyatini birinchi liga jamoasi “Shayxontohur”da boshlagan va keyin “Qizilqum” safiga o‘tgan. Navoiyda bir mavsum to‘p surganidan so‘ng “Paxtakor” futbolchini xarid qildi. Poytaxt jamoasi tarkibida 8 yil o‘ynagan Sherzod 158 o‘yinda maydonga tushib, 25 ta golga mualliflik qildi. Undan so‘ng Xitoyning “Sindao Chjunnen” jamoasiga o‘tib ketdi. 2017-yilda O‘zbekistonga qaytib, “Lokomotiv” sharafini ham himoya qilgan yarim himoyachi hozirda Pro-Liga vakili “Neftchi” jamoasida harakat qilmoqda.

    Ivan Nagayev (1)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ivan Nagayev 1989-yil 3-iyulda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tug‘ilgan. Faoliyatini “Nasaf”da boshlagan hujumchi “Metallurg”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Ordabasi”, “So‘g‘diyona” kabi jamoalarda o‘ynagan. 2021-yil fevral oyidan buyon yana Bekobodning “Metallurg” jamoasida o‘ynamoqda.

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2013

    O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun eng yaxshi Jahon chempionati. F guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston yoshlari Xorvatiya, Urugvay va Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. Birinchi turda Yangi Zelandiya qiyinchiliksiz mag‘lub etildi (3:0). O‘zbekistonning gollariga Abbosbek Maxstaliyev, Igor Sergeyev, Diyor Turopov mualliflik qildi. Ikkinchi turda Xorvatiya bilan durang natija (1:1) qayd etildi. Marko Livayaning goliga Sardor Rahmonov bitta gol bilan javob qaytardi.

    Hal qiluvchi turda esa Urugvay O‘zbekistonni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekiston 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi va pley-offga yo‘l oldi (eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallab). Nimochorak finalda Gretsiya O‘zbekiston yoshlarining raqibiga aylandi. Abbosbek Maxstaliyev, Igor Sergeyev va Sardor Rahmonovning gollari evaziga yunonlar taslim etildi. Chorak finalda Fransiyaga to‘qnash kelgan O‘zbekiston 0:4 hisobida yengildi va musobaqani tark etdi.

    O‘zbekiston terma jamoasi safida gol urgan futbolchilar  

    Abbos Maxstaliyev (2)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Abbosbek Maxstaliyev 1994-yil 12-yanvarda Sirdaryoning Guliston shahrida tavallud topgan. Faoliyatini “Paxtakor” jamoasida boshlagan Abbos “Neftchi”, “Navbahor”, “Surxon”, “Yangiyer” kabi jamoalarda omadini sinab ko‘rgan. Abbos 2011-yil Meksikada o‘tkazilgan 17 yoshlilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida yorqin o‘yin namoyish etgan futbolchilardan biri bo‘lgandi. Maxstaliyevga Fransiyaning “Monako” jamoasi qiziqish bildirgani haqida xabarlar bor edi. Lekin futbolchi O‘zbekistondan chetga chiqa olgani yo‘q. Abbos 2021-yilning boshida Farg‘onaning “Istiqlol” jamoasi safiga qo‘shildi. Keyinchalik klub mavsum o‘rtasiga bormay Pro-Ligadan chiqib ketdi.

    Mavzuga doir: Yo‘qotilgan “oltinboshlar”: o‘zbek futbolining erta so‘ngan yulduzlari haqida

    Igor Sergeyev (2)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Igor Sergeyev 1993-yil Toshkentda tug‘ilgan. U ham Abbos kabi faoliyatini “Paxtakor”da boshlagan, keyinchalik bir qator xorijiy jamoalar “Beyjin Goan”, “Ad-Dafra”, “Aqtobe” sharafini himoya qildi. 2021-yil 19-iyul kuni Qozog‘istonning “Tobol” jamoasiga o‘tdi. 2013-yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasidan chaqiruv oladi. Igor hozirgacha terma jamoa safida 53 o‘yinda ishtirok etib, 15 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

    Sardor Rahmonov (2)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Sardor Rahmonov 1994-yil 9-iyulda Toshkentda tavallud topgan. Muborakning “Mash’al” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Sardor 2013-yilda “Lokomotiv” safiga o‘tadi. Toshkent jamoasida ishlari yurishmagan futbolchining keyingi manzili 2014-yilda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi bo‘ldi. Undan so‘ng “Buxoro”da o‘ynadi. Hozirda “OKMK” sharafini himoya qilayotgan Sardor 2013-yilgi mundialdan keyin faoliyatini bir tekisda olib borayotgan kam sonli futbolchilardan biri.

    Diyor Turopov (1)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Diyor Turopov 1994-yilda Jizzaxda tug‘ilgan. G‘allaoroldagi mahalliy futbol maktabida tahsil olgan Diyor 2012-yilda “OKMK” akademiyasiga qabul qilinadi. 2013-yildan buyon asosiy tarkibda o‘ynay boshlagan. 2017-yildan buyon Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

    Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati — 2015

    2015-yilgi mundialda O‘zbekiston terma jamoasi Germaniya, Gonduras, Fiji terma jamoalari bilan F guruhiga tushdi. Birinchi turda kutilmaganda Gondurasga 3:4 hisobida imkoniyat boy berildi. O‘zbekiston safida Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov va Zabihillo O‘rinboyev gol muallifiga aylandi. Ikkinchi turda esa Germaniya hech qanday qiyinchiliksiz 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

    Uchinchi turda O‘zbekiston Fijiga javobsiz 3 ta gol urdi. Bu safar ham Eldor Shomurodov va Zabihillo O‘rinboyev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Uchinchi gol esa Mirjamol Qosimov hisobiga yozildi. Shu tariqa guruhda 3 ta jamoa bir xil 3 ochkodan qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston esa to‘plar nisbati bo‘yicha qolgan jamoalardan yaxshiroq natija qayd etgan holda, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. Pley-offdagi ilk raqib Avstriya terma jamoasi bo‘ldi. Dostonbek Hamdamovning dubli O‘zbekistonni chorak finalga olib chiqdi. Chorak finalda Senegal jamoasi bilan to‘qnash kelgan o‘zbekistonliklar 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

    O‘zbekiston terma jamoasi safida gol urgan futbolchilar 

    Dostonbek Hamdamov (3)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Dostonbek Hamdamov 1996-yil Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tavallud topgan. Doston “Yangiyer” internat-maktabida futbol sirlarini o‘rgana boshladi. 2009-yilda esa “Bunyodkor” futbol maktabiga qabul qilinadi. 2014-yildan “Bunyodkor”ning asosiy jamoasida o‘ynay boshlaydi. 2018-yildan keyin “Anji”, “An-Nasr”, “Hatta” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan futbolchi 2021-yil yozidan boshlab “Paxtakor” tarkibida o‘ynayapti. Dostonbek 2016-yilda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqiriladi va shu vaqtga qadar 26 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

    Eldor Shomurodov (2)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Eldor Shomurodov hozirgi kunda o‘zbek futbolidagi eng yorqin yulduzlardan biri. Italiyaning “Roma” sharafini himoya qiladigan hujumchi 1995-yilda Surxondaryoning Jarqo‘rg‘on shahrida tavallud topgan. Eldorning otasi, amakisi futbolchi bo‘lgan. Shu muhitda katta bo‘lgan Eldor ham futbolga muhabbat qo‘yadi. 19 yoshida “Mash’al” jamoasining asosiy tarkibida maydonga tusha boshlagan hujumchi tez orada boshqa jamoalarning e’tiborini torta boshladi. Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 2015-yilda Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib oladi. 2017-yilda Rossiyaning “Rostov” klubi Eldorni xarid qiladi. Bir necha yil rostovliklar sharafini himoya qilgan Eldor 2020-yilda Italiyaning “Jenoa” klubiga (7,5 million yevro evaziga) yo‘l oldi. Genuyaliklar tarkibida bir mavsum o‘ynagan hujumchi Joze Mourinyo ustozlik qiladigan “Roma” e’tiboriga tushdi. Rim klubi Shomurodov uchun 17,5 million yevro to‘ladi. Hozirda Eldor “Roma”da faoliyat olib boradi.

    2015-yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasida harakat qilayotgan futbolchi 44 o‘yinda 21 ta gol urgan va ayni damda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi.

    Zabihillo O‘rinboyev (2)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Zabihillo O‘rinboyev 1995-yil 30-martda Toshkentda tug‘ilgan. “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Bunyodkor”dagi uch yilidan so‘ng futbolchi “OKMK” tarkibiga o‘tib ketadi. Undan so‘ng “Paxtakor”, “Metallurg” kabi jamoalarda o‘ynagan Zabihillo 2020-yildan buyon “Navbahor” safida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

    Mirjamol Qosimov (1)

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mirjamol Qosimov 1995-yil Toshkentda tavallud topgan. “Bunyodkor” jamoasi tarbiyalanuvchisi. 2019-yildan boshlab “OKMK” tarkibida o‘ynab kelmoqda. 2015-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

    Ma’rufjon Ochilov tayyorladi

    06.10.2021, 22:56   Izoh (0)   37214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mbappega yiliga 40 million yevro maosh taklif qilgan “Real”, APLning eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchisiga aylanishni xohlayotgan Saloh va aql tishi pand berib qolga...

    06.10.2021, 21:42

    “Real”ga o‘tolmay qolgani, Neymar va Jiru bilan kelishmovchilik, Fransiya terma jamoasidan ketishga tayyor ekani haqida. Kilian Mbappe katta intervyu berdi

    06.10.2021, 20:08

    Qosimovlardan Shomurodovlargacha. O‘zbek futbolidagi sulolalar haqida

    06.10.2021, 17:25

    Velosiped o‘g‘risi, giyohvandlik va oilaviy nizolar. Zlatan Ibrahimovichning og‘ir o‘tgan bolalik davri

    05.10.2021, 23:35

    Transferlardan 115 million yevro qarzi bor “Barselona”, yanvarda Mbappeni sotib olishga qayta urinib ko‘radigan “Real” va top-5 ligalarning eng qimmat tarkibga ega...

    05.10.2021, 21:50

    Navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev, Kumanga muddat belgilagan “Barselona”, 17 yil avvalgi natijasini takrorlagan “Milan”. Eng so‘nggi spor...

    04.10.2021, 22:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.