• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Real”ga o‘tolmay qolgani, Neymar va Jiru bilan kelishmovchilik, Fransiya terma jamoasidan ketishga tayyor ekani haqida. Kilian Mbappe katta intervyu berdi

    “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe Fransiyaning L’Equipe nashriga intervyu berdi. Unda futbolchi ko‘pchilikni qiziqtirgan bir qator savollarga javob qaytardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Terma jamoadan ketish va Yevropa chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik haqida

    Shu vaqtga qadar terma jamoadagi ishtirokim uchun bir yevro ham olmaganman. Bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Lekin men muammo paydo qilishni xohlamayman. Qaysidir pallada mening o‘zim muammo bo‘layotganimni tushunib qoldim. Boshqalar ham shu hisni tuydi. Ular mening xudbinligim Fransiya terma jamoasining omadsizligiga sabab bo‘lganini, jamoa mensiz ham g‘alaba qozona olishini ta’kidladi. Fransiya — eng muhimi, agar jamoa mensiz baxtli bo‘lsa, ketishga tayyorman.

    Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre bilan bu masalani muhokama qildik. Unga Shveysariyaga qarshi o‘yindagi noaniq penalti tufayli odamlar meni maymun deb atayotgani yoqmayotganini aytdim. To‘g‘ri xatolarimni ham tan olaman. Hozir hammasi joyida, muammolar ortda qoldi. Men Fransiya terma jamoasida ekanimdan baxtliman.

    “Real”ga o‘tish amalga oshmagani, “PSJ” bilan yangi shartnoma haqida

    “PSJ” bilan munosabatlarim yakuniga yetayotgandek edi. Boshqa jamoaga o‘tishni juda xohlagandim. Men Parijda uzoq vaqt qoldim va yuqori natijalarga erishdim, shuning uchun keyingi qadamim “Real”ga o‘tish bo‘lishini xohlagan edim. “PSJ” rahbariyatiga yangi shartnoma borasida qaror qabul qilishim uchun ozroq vaqt berishini so‘radim. Yevrodan oldin shartnoma imzolashni kechiktirgandim, musobaqa yakuniga yetgach, ketishim kerakligini angladim. “PSJ” mening transferimdan katta foyda olishi mumkinligini bilardim. Jamoa o‘rnimga futbolchi topa olardi, men esa o‘z yo‘limdan ketar edim.

    To‘g‘ri, “Real”ga o‘tolmaganimdan afsuslanish tuyg‘usi bo‘ldi. Lekin barchasi ortda qoldi.

    Messining kelishi jamoada qolishiga sabablardan biri bo‘lgani haqida

    Agar bir yil oldin Lionel Messi “PSJ”da o‘ynaydi deyishsa, ishonmasdim. Shuning uchun mening ham kelajagim so‘roq ostida. Messining kelishi meni hayajonga soldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Butun jamoa bu haqida gapirardi. Messi bu Messi: u kuchini yo‘qotmasligi uchun maydonda kamroq harakat qilishiga imkoniyat yaratishimiz lozim. Bu orqali uning ijodkorligidan ko‘proq foydalansa bo‘ladi. Bu muammo emas, oddiy qonuniyat. Agar Messi maydonda yursa, men yugurishga tayyorman!

    “Monpelye”ga qarshi o‘yinda haqiqatan ham Neymardan norozi bo‘lgani haqida 

    Ha, meni zaxiraga olishganidan so‘ng, Neymarga nisbatan noroziligim bor edi. Futbolda bu oddiy holat. Shundan so‘ng u bilan gaplashdim va muammoni hal qildik.

    To‘p uzatmagan vaqtimda Neymar mendan xafa bo‘lgan paytlar bo‘lardi. Lekin bu jiddiy muammo emas.

    Yevro—2020 da Jiru bilan bo‘lgan mojaro haqida

    Barchasi cho‘zilib ketdi, chunki odamlar bunday voqealarni uzoq vaqt olib yurishadi. O‘sha vaqtda rostdan ham Olivyening harakatidan jahlim chiqqandi. Lekin ikki kundan so‘ng bu haqida o‘ylamadim ham.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    Odamlar ancha vaqt buni muhokama qildi, lekin biz allaqachon Jiru bilan muammoni hal qilganmiz. Bu masalaga nuqta qo‘yish uchun matbuot anjumani ham o‘tkazdim, jamoat oldida paydo bo‘lgan muammolar, jamoat oldida hal bo‘lishi lozim.

    Olivye bilan oramizda kelishmovchilik yo‘q. “Milan”dagi faoliyati yaxshi boshlandi. Terma jamoada Anrining rekordini yangilashini tilab qolaman.

    Millatlar Ligasida g‘alaba qozonish va terma jamoadagi o‘yinlar bo‘yicha Tyuramning rekordini yangilashni o‘ylayotgani haqida

    Bizda JCh—2018 va Yevro—2020 dan orttirilgan ulkan tajriba bor. Endi xulosalar chiqarib, harakat qilishimiz kerak.

    Millatlar Ligasidagi g‘alaba qo‘shimcha impuls beradi. Buni uddalashga urinib ko‘ramiz.

    Hozirgacha Fransiya terma jamoasida 50 ta o‘yinda maydonga tushdim. Tyuramning rekordini yangilash (terma jamoada 142 ta o‘yin) asosiy maqsadim. Shunda tarixga kira olaman.

    Ukasi Itanga (u ham “PSJ”ga o‘tdi) bosimni yengishda yordam berishi haqida

    Har doim ukamga o‘z yo‘lidan borishni maslahat beraman. Unda bor narsalar: bosim, nomga aloqadorlik menda bo‘lmagan.

    Hamma unga: “Sen Kilianning ukasisan, shuning uchun yaxshi o‘ynashing kerak”, — deydi. U bosim ostida qolgan, uni yengish uchun Itanga yordam beraman.

    Liga 1 ning barcha o‘yinlarini tomosha qilishi va Olimpiada—2024 ga borish niyati haqida

    Liga 1 ning deyarli barcha o‘yinlarini tomosha qilaman. Chunki raqiblarni o‘rganishing lozim. Juda ko‘p futbolchilar e’tiborimni tortadi. Ikkita futbolchini ismini keltiraman: “Nitssa” a’zosi Amin Guiri va “Lion” futbolchisi Rayan Sherki. Ikkalasi ham ulkan iste’dod sohibi.

    Yozda Olimpiadaga borishimga ruxsat berishmadi. Lekin 2024-yilgi Olimpiadaga borish istagidaman. Undan tashqari, o‘yinlar Parijda bo‘lib o‘tadi. Unutilmas lahzalar hadya etishi tayin.

    Kilian Mbappe, “PSJ” futbolchisi

    06.10.2021, 20:08   Izoh (0)   20461
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qosimovlardan Shomurodovlargacha. O‘zbek futbolidagi sulolalar haqida

    06.10.2021, 17:25

    Velosiped o‘g‘risi, giyohvandlik va oilaviy nizolar. Zlatan Ibrahimovichning og‘ir o‘tgan bolalik davri

    05.10.2021, 23:35

    Transferlardan 115 million yevro qarzi bor “Barselona”, yanvarda Mbappeni sotib olishga qayta urinib ko‘radigan “Real” va top-5 ligalarning eng qimmat tarkibga ega...

    05.10.2021, 21:50

    Navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev, Kumanga muddat belgilagan “Barselona”, 17 yil avvalgi natijasini takrorlagan “Milan”. Eng so‘nggi spor...

    04.10.2021, 22:15

    Legionerlar. Igor Sergeyevda gol, Masharipovdan assist, Shomurodov esa birinchi marta zaxirada qoldi

    04.10.2021, 21:05

    A Seriya. “Milan” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atalanta”ni taslim etdi

    04.10.2021, 06:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.