• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Bu jiddiy diplomatik nizoga sabab bo‘lishi mumkin”. Ukraina Saakashvilining Gruziyada hibsga olinishi yuzasidan munosabat bildirdi

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvilining Tbilisida hibsga olingani haqidagi xabardan xavotirda ekanini bildirdi. Bu haqda Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforovga tayanib, “Interfaks” xabar bergan.

    Mixail Saakashvili

    Mixail Saakashvili
    Foto: Shutterstock

    “Biz Ukraina islohotlar milliy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Mixail Saakashvilining hibsga olingani haqidagi xabarlarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Prezident Vladimir Zelenskiy Gruziyadagi vaziyatning qay tarzda rivojlanishi haqida yangrayotgan xabarlar va bayonotlar ohangidan xavotirda ”, — deb yozdi Nikiforov Facebook’da.

    “Ukraina Gruziya tomoniga murojaat qilib, Ukraina fuqarosiga nisbatan bunday qadam qo‘yilishning barcha holati va sabablarini tushuntirib berishni so‘raydi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    Nikiforovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Gruziyadagi elchixonasiga hozircha Saakashvilining hibsga olingani haqida rasmiy ma’lumot kelmagan, biroq konsullar unga zarur yordam ko‘rsatishni allaqachon o‘z zimmasiga olgan.

    Ukraina Oliy Radasidagi “Xalq xizmatkori” fraksiyasi rahbari David Araxamiyaning fikricha, Tbilisida Saakashvilining hibsga olingani jiddiy diplomatik nizoga sabab bo‘lishi mumkin.

    “Menimcha, bu jiddiy diplomatik nizoga sabab bo‘ladi, chunki u Ukraina fuqarosi va ularning Saakashvilini asossiz hibsga olishga haqqi yo‘q. Fikrimcha, dam olish kunlari o‘tgach, bu vaziyat xalqaro miqyosda, albatta, tahlil qilinadi. Bizning Gruziya bilan do‘stlik guruhimiz bor va parlamentlararo darajada ham bu masalani hal qilish kerak, deb hisoblayman”, — degan Araxamiya.

    Gruziyaning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvilining ma’lum qilishicha, Saakashvili afv etilmaydi.

    “Qonun oldida hamma teng. Ko‘p odamlar Saakashviliga prezident rahm-shafqat ko‘rsatadimi, deb so‘ramoqda, javob bitta. Oddiy va uzil-kesil — yo‘q, hech qachon”, — dedi Zurabishvili xonim brifingda.

    Avvalroq u Saakashvilining Gruziyaga tashrifi haqida yozma bayonot berib, uning qaytishi “mavzusini takrorlaganlar” mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirayotganini ta’kidlagandi.

    Gruziya prokurori Jarji Tsiklauri ham Saakashviliga nisbatan chiqarilgan hukm ustidan shikoyat qabul qilinmasligini aytdi. “Mixail Saakashvili Valeriy Gelashvilini kaltaklash va Sandro Girgvlianini o‘ldirish jinoyatlari bo‘yicha uchta sud hukmi bilan aybdor deb topilgan. Jazo sifatida u olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Mazkur ishlar yuzasidan sud qarorlari yakuniy va shikoyat qilinmaydi ”, — dedi u.

    1-oktabr kuni Saakashvili Gruziyaga kelganini ma’lum qildi. Uni hibsga olishni va’da qilgan Gruziya hukumati avvaliga sobiq prezidentning mamlakatga qaytganini rasman tasdiqlamagandi. Keyinroq mamlakat bosh vaziri sobiq prezidentning hibsga olinganini e’lon qildi.

    Saakashvili hibsga olinganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda u Ukraina Oliy Radasining “Xalq xizmatkori” partiyasi deputati Yelizaveta Yasko bilan oila qurishga qaror qilgani haqida videoxabar paydo bo‘ldi. Juftlik ishtirokidagi video ham Yasko, ham Saakashvilining akkauntlarida e’lon qilingan. Video oldindan yozib olingan va Saakashvili hibsga olingan taqdirda ular buni internetga joylashtirishga kelishib olgan. Ayni paytda videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

    “Biz bu videoni Gruziyaga jo‘nab ketishdan oldin tasvirga oldik. U Gruziya va Ukraina birga ekani haqida. Biz hibsga olish yuz bergan taqdirda bu videoni chiqarishga kelishib oldik. Men va Liza birgamiz. Ukraina Gruziyani qo‘llab-quvvatlaydi! Hammasi yaxshi bo‘ladi! Kurash erkinlik uchun”, — deya  videoga izoh bergan Saakashvili.

    1-oktabr kuni Saakashvilining rafiqasi Sandra Elisabet Rulofs ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘i o‘z va’dasini bajarib, Gruziyaga qaytgani haqida yozdi. U mazkur harakatni “qahramonlik va zukkolik” deb atadi va muxolifat tarafdorlarini 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlarda ovoz berishga chaqirdi.

    “Yagona milliy harakat” (YMH) partiyasining norasmiy rahbari Saakashvili 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda agar hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi 43 foizdan kam ovoz to‘plasa, buni muddatidan oldin parlament saylovini tayinlashga asos bo‘ladigan referundum deb hisoblashini aytgan.

    Ushbu shart 2021-yilning bahorida Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishelning vositachiligi bilan hukmron partiya va muxolifat vakillari o‘rtasida imzolangan Siyosiy inqirozni bartaraf etish to‘g‘risidagi bitimga kiritilgan edi.

    YMH shartnomani imzolashdan uzoq vaqt bosh tortdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining pozitsiyasi tufayli, iyul oyi oxirida “Gruziya orzusi” shartnomadan chiqdi va hukmron partiya munitsipalitet saylovlarida 43 foiz ovoz to‘play olmagan taqdirda, muddatidan oldin parlament saylovini tayinlash sharti o‘z kuchini yo‘qotganini bildirdi. Sentabr oyi boshida YMH shartnomani imzolayotganini e’lon qildi. Shunga qaramay, “Gruziya orzusi” ular bu masalaga qaytish niyatida emaslgini, kelishuv endi haqiqiy hisoblanmasligi va muddatidan oldin parlament saylovlari belgilanmasligini qayd etdi.

    Mavzuga doir:

    • Gruziya hukumati va muxolifati mamlakatni siyosiy inqirozdan chiqarish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi
    • Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili mamlakat muxolifatiga murojaat qilib, hujumga da’vat etdi

    02.10.2021, 13:46   Izoh (0)   23214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lukashenko Belarusga hujum qilingan taqdirda Rossiya bilan ittifoq tuzishini ma’lum qildi

    02.10.2021, 10:11

    Aleksey Navalniy Polshaning “Ozodlik ritsari” mukofotiga loyiq deb topildi

    02.10.2021, 09:10

    Malika Diananing Londondagi sobiq uyi sayyohlik markaziga aylantirildi

    01.10.2021, 23:37

    Gruziya bosh vaziri mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining hibsga olinganini ma’lum qildi

    01.10.2021, 22:57

    Ruminiyadagi COVID-kasalxonada yong‘in chiqib, 9 kishi halok bo‘ldi (foto va video)

    01.10.2021, 17:38

    Gruziya hukumati Saakashvilining mamlakatda ekanini rad etdi

    01.10.2021, 17:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.