• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Lukashenko Belarusga hujum qilingan taqdirda Rossiya bilan ittifoq tuzishini ma’lum qildi

    Tashqi dushman hujum qilgan taqdirda, Belarus Rossiya bilan “yagona harbiy baza”ni yaratadi. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko Amerikaning CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    “Agar kerak bo‘lsa, Belarus sizning tajovuzingizga qarshi turish uchun Belarus va Rossiyaning yagona bazasiga aylanadi. Agar siz yoki qaysidir qo‘shni davlat to‘satdan shunday qaror qilmoqchi bo‘lsangiz, buni yaxshilab tushunib olishingiz kerak”, — dedi Lukashenko amerikalik jurnalistga.

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, nizo kelib chiqqan taqdirda, Belarusni “Rossiya qurolli kuchlarining butun g‘arbiy qismi” qo‘llab-quvvatlaydi. Uning ta’kidlashicha, g‘arbiy yo‘nalishda Rossiya va Belarus aslida yagona armiya yaratgan, uning asosini Belarus qo‘shinlari tashkil etadi. “Aslida, biz uzoq vaqtdan beri Belarus va Rossiya Ittifoqi davlatining old postimiz”, — dedi prezident.

    Shu bilan birga, siyosatchining ta’kidlashicha, Belarusda xorijiy harbiy bazalar, jumladan Rossiya bazalari yo‘q. Lukashenko respublikada “fuqarolik maqsadlaridagi” ikkita baza borligini tasdiqladi. “Birinchisi, sizning hududingizdan yadroviy raketalar uchirilishini oldindan aniqlash uchun Sovet Ittifoqi davrida qurilgan bazadir. Ikkinchisi, Rossiya Qurolli Kuchlari o‘zining Atlantika okeanidagi floti bilan bog‘lanadigan aloqa bazasi ”, — dedi u.

    Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mazkur bazalarda faqat bir-ikkita rossiyalik zobit xizmat qiladi, qolgan xodimlar belaruslik.

    2015-yil sentabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusda Rossiya aviabazasini yaratish to‘g‘risidagi bitimni imzolashni buyurgandi. Belarusda bunga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketdi, shundan so‘ng Lukashenko bu haqda hech qanday gap bo‘lmaganini aytib, Rossiya harbiy bazasini tuzishdan bosh tortdi.

    CNN’ga bergan intervyusi davomida Lukashenko, agar Belarus ustidan xorijiy aviakompaniyalarning samolyotlari uchsa, ularning xavfsizligi kafolatlanishini aytdi. Shu bilan birga, u agar Belarus xavfsizligiga tahdid sezilsa, mamlakat hukumati har qanday reysni bo‘ysundirishi va qo‘ndirishini aytdi.

    “Agar bizning hududimiz ustidan uchishdan qo‘rqsangiz, men shaxsan siz va sizning kompaniyangizga, mamlakatingizga va boshqa har qanday davlatga Belarus ustidan parvoz to‘liq xavfsiz bo‘lishiga kafolat beraman. Har doim shunday bo‘lgan. Ammo agar men va huquq-tartibot organlari Belarus davlatiga tahdid ko‘rsak, har qanday samolyotni bu yerga qo‘ndiramiz. Agar biz xavfni sezsak, u Belarusda darhol qo‘lga olinadi”, — dedi prezident.

    Lukashenkoning ta’kidlashicha, inqirozli vaziyatda boshqa davlatlar hukumati ham xuddi shunday yo‘l tutadi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Belarus mamlakat bo‘ylab uchishdan qo‘rqayotgan xorijiy kompaniyalarning reysi bo‘lmasa ham uddalaydi. Uning fikricha, Yevropa davlatlari “Vashington buyrug‘idan keyin” respublika ustidan uchishdan bosh tortdi.

    Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Belarus maxsus xizmatlari Ryanair samolyoti bilan bog‘liq voqeada ishtirok etmagan. Siyosatchi bunday fikrni uydirma deb atadi.

    “Agar siz aytgandek, bu bizning maxsus xizmatlar tomonidan rejalashtirilgan harakat bo‘lganda, siz oshirib yuboryapsiz. Chunki, maxsus xizmatlar tomonidan bunday operatsiyani amalga oshirish va hech qanday xalqaro qonunlarni, hatto ko‘rsatmalarni buzmaslik katta xarajat talab qiladi. Bizning maxsus xizmatlar, hatto sizniki ham bunga tayyor deb aytolmayman”, — dedi Lukashenko.

    Eslatib o‘tamiz, 23-may kuni Belarus hukumati Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga uchayotgan samolyotini shoshilinch ravishda Minskka qo‘nishga majbur qilgandi. Samolyot yo‘lovchilari orasida muxolifatchi va Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich ham bor edi. Protasevich va uning sevgilisi — Rossiya fuqarosi Sofya Sapega aeroportda qo‘lga olingan.

    Mavzuga doir:

    • Qiynoqlar, G‘arbning bosimi va Uchinchi jahon urushi xavfi — Lukashenko “Katta suhbatda” nimalar haqida gapirdi?
    • BBC: Belarusda hibsga olingan Roman Protasevich va Sofya Sapega uy qamog‘iga o‘tkazildi

    02.10.2021, 10:11   Izoh (0)   29567
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aleksey Navalniy Polshaning “Ozodlik ritsari” mukofotiga loyiq deb topildi

    02.10.2021, 09:10

    Malika Diananing Londondagi sobiq uyi sayyohlik markaziga aylantirildi

    01.10.2021, 23:37

    Gruziya bosh vaziri mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining hibsga olinganini ma’lum qildi

    01.10.2021, 22:57

    Ruminiyadagi COVID-kasalxonada yong‘in chiqib, 9 kishi halok bo‘ldi (foto va video)

    01.10.2021, 17:38

    Gruziya hukumati Saakashvilining mamlakatda ekanini rad etdi

    01.10.2021, 17:17

    Belarus prezidenti CNN’ga bergan intervyusida muxolifatchi Svetlana Tixanovskaya haqida gapirishdan bosh tortdi

    01.10.2021, 16:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.