• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tarqoq dard

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Toshkentdagi Hamza nomli o‘zbek drama teatri (hozirgi Abror Hidoyatov nomidagi drama teatri), 1937—1939-yillar. Bino peshtoqiga o‘zbek va rus tillarida “Yashasin shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyatimiz” deb yozilgan shiorlar osilgan.

    Toshkentdagi Hamza nomli o‘zbek drama teatri (hozirgi Abror Hidoyatov nomidagi drama teatri), 1937—1939-yillar. Bino peshtoqiga o‘zbek va rus tillarida “Yashasin shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyatimiz” deb yozilgan shiorlar osilgan.
    Foto: Telegram / @tashkent_retrospective

    Tarqoq dard

    Yaqinda televizordagi bir ko‘rsatuvda rus yigiti o‘zbek tilida gapiribdi. Bolalarim hovliqib xabar qilishdi: “Dada, yuring, o‘ris kishi o‘zbekcha gapiryapti!”. Mahallada o‘sgan yigit ekan, tutila-tutila bir-ikki og‘iz so‘z aytdi. Atrofida to‘rt-besh odam mahliyo. Xuddi ajoyibotni tomosha qilgandek! Mo‘jiza! Men ularni taniyman. Uncha-muncha taniqli kishilar.

    Ahvol shu ekan, xalqlar do‘stligiyu baynalmilalchilikdan lof urib nima qildik?!

    Uni ko‘rib, kimdir quvongan bo‘lsa quvongandir, mening ensam qotdi. Avvalo, bu manzaraning nochorligi! Qolaversa, odamlar olis Afrikadagi yo‘qolib borayotgan kamsonli qabilalarning tilini o‘rganyapti-ku!

    * * *

    O‘zbek tili davlat maqomini olsa, boshqa tillar (to‘g‘rirog‘i, rus tili deyilmoqchi!) kamsitilmaydimi? Savol tug‘iladi: rus tili hukmron bo‘lib kelgan shuncha vaqtdan beri boshqa tillar kamsitilmaganmidi?!

    Bunday shubhayu vahimalar behuda. O‘zbek xalqining fe’li ma’lum: milliy bag‘ritorlik unga yot — u hech qachon boshqa bir millatni kamsitib yo xo‘rlab qo‘ymagan. Deylik, bugundan e’tiboran respublikada rus tili taqiqlab qo‘yildi, lekin shaxsan men har qanaqa tahdid ostida bo‘lmasin, rus tilida o‘qishni kanda qilmasdim. Negaki, bu til menga dunyoni ochdi, shu til tufayli men ulug‘ rus adabiyotini tanidim. Rus tili men uchun ma’naviy bir ehtiyojga aylangan. Men shu xalqning vakili bo‘lsam, xalqim ham men kabilardan iborat. Binobarin, boyagidek fitnaomuz xavotirlarga hojat yo‘q.

    Tilingiz, xalqingiz haqida qayg‘urgudek bo‘lsangiz, darrov burchakdan birov pisanda otadi: “Millatchi! Milliy qobig‘iga o‘ralib qolgan. Xalq nomidan gapirishga kim ruxsat berdi sizga?”. Javob beray: sizga kim ruxsat berdi? Men-ku, yaxshimi-yomonmi, shu xalqning bir farzandiman. Sizga o‘xshab, uning manfaatlarini mansab kursisiyu har xil imtiyozlarga almashtirganim yo‘q. Men doim xalqning orasidaman. Shunday ekan, qaysi birimiz xalqqa yaqinroqmiz — sizmi, menmi?

    Xalqning nomidan so‘zlashga uning tepasida hukm yurgizayotgan emas, uning orasida yurgan odam haqli!

    Lekin shunday odamni ham tezda topa qolishadi. Biror zavoddanmi, biror fermadanmi. Aslida, o‘sha kishini xoli uchratib, devorga tirasangiz, “E, men bola-chaqa boqishim kerak, aka! Menga ikki kilo go‘sht kerak”, deydi. Kimning nog‘orasiga o‘ynaganini bilmaydi.

    Bunaqa to‘tiqush ziyolilar orasidan chiqsa-chi? Ruslar unaqalarni “natsionalniy nigilist” deydi. “O‘zingdan chiqqan balo”. Menimcha, buning tarjimasi shunday.

    * * *

    Bu mulohazalar kechikib yozilmoqda, haddan tashqari kechikib. Negaki, ular ko‘ngilda tug‘ilganiga ko‘p yillar bo‘ldi — rus tilini o‘rganish zarurati tug‘ilganidan beri bor. Dastlab ular injiq savollar (endi bilsam, mantiqli ekan) tarzida tug‘ildi, keyin esa ijtimoiy muhitning qat’iy javoblari ostida ko‘milib ketdi.

    G‘aflat yillarida, karaxtlik yillarida bunga ko‘nikdik. Mantiq qidirmaslikka, mantiqsiz tartibotga o‘rgatildik. Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq. O‘ynashmagil arbob bilan — arbob urar har bob bilan. Va hokazo.

    Bu mulohazalar kechirib bo‘lmas darajada kechikib yozildi: chunki bu orada tillarning tuguni yechildi, dillarning qulfi ochildi. Ijtimoiy faol hamkasabalarimiz matbuotda bo‘lsin, turli-tuman minbarlarda bo‘lsin, bu borada ko‘plab fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Go‘yo aytilmagan gap qolmadi. Munozara ustiga munozara, muhokama ustiga muhokama. Komissiya, mitingbozlik, chaqiriqu shiorlar, rasmiy tashkilotlarning tanbehi, tahdidi... Holbuki, shu dahmazalarga hojat bormidi?

    Bor ekan-da! Mantiq tuyg‘usi, mustaqil fikrlash yo‘q — fikriy qaramlik hukmron muhitda bunga hamisha zarurat hozir. Milliy iftixor, madaniy qadriyatlar unutilgan joyda doim bo‘laveradi.

    Xo‘sh, nimani kutyapmiz unda? Yuqoridan ijozat bo‘lishinimi? Axir, biz milliy suveren respublikamiz-ku! Bizning qonun chiqaradigan o‘z Oliy Sovetimiz bor-ku!

    “Boshqa xalqlarga nisbatan kamsitish bo‘lmasmikan?..”. Bu o‘rinda gap boshqa xalqlar emas, rus xalqi, rus tili ustida borayotir! U holda yetmish yillardan beri o‘zbek xalqi, o‘zbek tili kamsitib kelinayotgan ekan-da? Sotsialistik jamiyatda-ya?! Demokratiya, xalqlar do‘stligi, xalqlar tengligi shioru bayroq qilingan mamlakatda! E, adolatingga balli!..

    Erkin A’zam, 1988-yil
    (“Ertalabki xayollar” to‘plamidan olindi)

    01.10.2021, 22:22   Izoh (0)   47731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, odamlarni chuv tushirgan sobiq IIB xodimi va uning sherigi qo‘lga olindi

    01.10.2021, 21:56

    Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?

    01.10.2021, 21:14

    O‘zbekistonning qaysi hududida shifoxonalar kamligi ma’lum bo‘ldi

    01.10.2021, 19:25

    Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qurilish sohasida 10 mingta ish o‘rni taklif etildi

    01.10.2021, 18:36

    O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati 2–3-oktabr kunlari vaqtincha to‘xtatiladi

    01.10.2021, 18:15

    Termizlik bu o‘qituvchi uyidan 300 km uzoqdagi ikki maktabda dars beradi, kunora 28 km piyoda yurishga majbur. Ammo va’da qilingan qo‘shimcha haqni ololmaydi — chu...

    01.10.2021, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.