• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Termizlik bu o‘qituvchi uyidan 300 km uzoqdagi ikki maktabda dars beradi, kunora 28 km piyoda yurishga majbur. Ammo va’da qilingan qo‘shimcha haqni ololmaydi — chunki toifasi yo‘q

    Surxondaryo viloyatining katta qismi tog‘lardan iborat. Viloyatning Uzun tumani ham tog‘lar yonbag‘rida joylashgan. Tuman markazidan 100 kilometr masofada Bobotog‘ qishlog‘i bor. Ikki tog‘ orasidagi qishloqqa 60 kilometr yo‘l bosib, dovon oshib boriladi. Chekka hudud bo‘lgani bois bu yerda ko‘p mutaxassislar qatori o‘qituvchilarga ham talab yuqori. Tarix fani o‘qituvchisi Abdumalik Safarov ham Termizdan 300 chaqirim yo‘l bosib kelib, Bobotog‘da bolalarga saboq beradi.

    Abdumalik Safarov – 44 yoshda, oilali, 4 nafar farzandi bor. Termiz shahrida yashaydi. Termiz davlat universiteti tarix fakultetini tamomlagan. 23 yillik ish tajribasiga ega. Kollejlarda tarix, ma’naviyat asoslari, prezident asarlari, dinshunoslik fanlaridan dars bergan. Hozirda Uzun tumanining Bobotog‘ hududida joylashgan 40 va 46-sonli maktablarda tarix fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi.

    Qayerda bo‘lsa ham o‘qituvchilik qilsam bas

    Uzoq yillar kollejlarda dars berdim. Kollejlar tugatilgach, bir muddat ishsiz yurdim. 2020-yilning avgustida Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga ish so‘rab bordim. Hadeganda tayinli javob bo‘lavermadi. Yil oxirigacha “ertaga keling”, “indin keling” degan javoblarni eshitaverdim. 2021-yilning yanvar oyi o‘rtalarida boshqarmadan: “Ba’zi olis hududlardagi maktablarda ish bor. Ma’qul kelsa, borib ishlang”, deyishdi.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Shu zayl, Uzun tumanidagi Bobotog‘ hududidagi maktabda ishlashga rozi bo‘ldim. To‘g‘ri, masofa yashab turgan joyimdan uch yuz chaqirimdan ortiq yo‘l, buning ustiga dovon oshib borish kerak. Lekin menga masofadan ko‘ra ishimni davom ettirish muhim. Bir joyda qotib qolishdan qo‘rqaman. Agar o‘qituvchi oz bo‘lsa ham ta’lim jarayonidan uzilsa, bu uning faoliyatiga albatta ta’sir qiladi. Farzandlarim ancha ulg‘aygan, ayolim ham ishlaydi, ota-onam bilan yashaymiz. Shungami, hech qanday hadik yo masofani o‘ylamadim. Pul topish yoki boshqa maqsadim ham yo‘q — qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar faoliyatimni davom ettirsam bas.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Azonda Termizdan Uzunga otlandim. Tuman xalq ta’limi bo‘limidagi mas’ul xodimga borayotganimni telefonda aytsam, markazga kelmay, to‘g‘ri Bobotog‘dagi 46-maktabga o‘tishimni tayinladi. Qariyb 90 kilometr yo‘lning 60 kilometrdan ziyod tog‘ yonbag‘irlari, baland dovondan oshib, kechga tomon maktabga yetdim. Jamoa iliq qarshiladi. Ertasi kuni maktab rahbariyatiga hujjatlarimni topshirib, 5—11-sinf o‘quvchilariga tarixdan dars bera boshladim.

    Ma’lumot uchun: Bir qavatli maktab binosi 2018-yili qurib bitkazilgan, 210 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan, 165 nafar bola o‘qiydi.

    O‘qituvchi Abdumalik Safarovning Bobotog’da ijaraga olgan uyi.

    O‘qituvchi Abdumalik Safarovning Bobotog’da ijaraga olgan uyi.
    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Ikki tog‘ orasida joylashgan qishloqning qishi juda sovuq, yozi rosa issiq bo‘larkan. Qishloqqa yanvarning o‘rtalarida kelgandim, havo nihoyatda sovuq edi. Maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Nurmamat aka Xidirovning uyi menga ma’qul keldi. Domladan uyidan ijaraga xona ajratib berishini so‘radim. U kishi rozi bo‘ldi, osh-ovqati bilan oyiga 300 ming so‘m to‘layman. Oylik olgan vaqtlarim ro‘zg‘or uchun qo‘shimcha oziq-ovqat ham olib kelaman. Qishloqda o‘sganim uchun sharoitga tez moslashdim.

    Darsliklar yetishmaydi, ba’zan ota-onalar norozi

    Men kelguncha tarix fanidan nomutaxassis o‘qituvchi dars berib kelgan ekan. Rosti, boshida o‘quvchilar bilan ishlash sal qiyin bo‘ldi. Mavzuni o‘zlashtirish, kelgusi dars bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishni sekin-asta izga soldim. Ba’zan darsliklar yetishmasdi. 6—7-sinf o‘quvchilarining ayrimlariga Termizdan tarix darsliklarini keltirib berdim.

    Aytsam maqtanyapti, dersiz, lekin ota-onalarning ko‘pi menga nisbatan iliq munosabatda. Ba’zan e’tirozlar ham bo‘ladi. “O‘g‘lim yo qizim shu vaqtgacha 4 yoki 3 baho olmagan. Siz kelgandan keyin bolamning o‘zlashtirishi tushib ketdi, faqat qoniqarli (3) yoki qoniqarsiz (2) baho olyapti”, degan dashnomlarni eshitdim. Men bahoni darsni nechog‘lik o‘zlashtirganiga qarab aniq qo‘yganimni, istasa, darsga qatnashib ko‘rishlarini aytdim. Bolalarning fikrini o‘rganganimda, mendan avvalgi o‘qituvchilar o‘quvchilarni darsga tayyorgarlik ko‘rib kelishi va faolligi uchun sal boshqacharoq, ko‘pincha, balandroq baho qo‘yib kelgan ekan.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Maktabda 33 nafar o‘qituvchi bo‘lsa, shundan 7 nafari oliy ma’lumotli. Bu — mutaxassislar bo‘yicha maktabga hali ko‘p o‘qituvchi kerak degani. Bolalar saviyasi, dunyoqarashini kengaytirish uchun ham o‘qituvchilar oliy ma’lumotli bo‘lishi shart.

    Ikki o‘quvchidan iborat sinfga rahbarlik

    Maktabning 11-sinfida ikki nafar o‘quvchi tahsil oladi. 20 yildan ortiq ishlayotgan bo‘lsam-da, bunday sinfni birinchi marta ko‘rishim, bunaqasini tasavvur ham qilmagandim. Nega bor-yo‘g‘i ikki o‘quvchi uchun alohida sinf ochilganini ham bilolmadim. Ushbu sinf rahbari tug‘uruq ta’tiliga ketgani uchun shu sinf menga berildi. Ham sinf rahbari, ham aka sifatida ularga ko‘p maslahat berdim, yo‘l ko‘rsatdim.

    Afsuski, o‘quvchilarda aniq bir kasb-korni tanlash yoki ma’lum bir oliy o‘quv yurtiga o‘qishga ariza topshirish bo‘yicha dadil maqsad yo‘q. O‘zlashtirishi ham haminqadar. Tog‘li hududga bugun juda asqatadigan mutaxassisliklarni aytib ko‘rdim. Lekin ular mutlaqo boshqa yo‘lni tutishmoqchi. Ularga oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun alohida kvotalar ajratilgan. Shu yo‘nalishlarga topshirish niyatlari bor.

    Agar o‘qishga kirolmasa, birisi Rossiyaga ishlashga ketmoqchi, boshqasi kavrak o‘simligi yetishtirish bo‘yicha tadbirkorlik qilmoqchi.

    800 ming so‘m uchun piyoda 28 kilometr

    Bir stavka darsim uchun 1,8 million so‘m maosh olaman. 11-sinfga rahbarligim uchun 162 ming so‘m qo‘shimcha haq to‘lanadi. Olis hududga kelgach, bir yarim stavka dars olmasangiz, topgan pulingiz xarajatlaringizdan ortmaydi. Shuning uchun qo‘shni qishloqdagi 40-maktabdan qo‘shimcha 10 soat dars oldim. Ikkinchi ish joyimga haftasiga ikki marta boraman, 10—11-sinflarga dars beraman. U yerdan o‘rtacha 800 ming so‘m atrofida oylik chiqadi.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    O‘quvchilarining o‘zlashtirishi 46-maktabniki bilan bir xil. Sababi — u yerda ham nomutaxassis o‘qituvchilar dars berib kelgan. Ikkala maktab orasidagi borib-kelish masofasi 28 kilometr chiqadi. Boshida qo‘shni qishloqdagi maktabga moshina qatnovi yo‘qligi uchun 50 ming so‘mga kirakash chaqirib, borib kelaverdim. Hisoblasam, oyligimning yarmidan ko‘pi yo‘lkira va tushlikka ketib qolarkan. Shunga ertaroq yo‘lga chiqib, piyoda qatnab yuribman. Aksar hollarda yarim yo‘lda yoki qaytishda mashina to‘g‘ri kelib qolsa, eplab yetib olaman. Lekin ko‘pincha piyoda borib kelaman.

    Toifang yo‘qmi — qo‘shimcha pul ham yo‘q!

    Amaldagi tartibga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan boshlab, “qizil”, ya’ni olis hududdagi maktablarda dars berish uchun boshqa tuman yoki shahardan kelib ishlayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 va 100 foiz miqdorda haq to‘lanishi lozim. Buning uchun pedagog oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi, oxirgi maktabida bir yil davomida ishlagan bo‘lishi kerak.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Lekin uzoq vaqt maktab ta’limi tizimida emas, kollejlarda ishladim. Maktabdan farqli ravishda kollejlarda “katta o‘qituvchi”, “bosh o‘qituvchi” toifalari bor. Bu toifalarning barini olganman, lekin maktab tizimi bo‘yicha hech qanday toifam yo‘q. Shungami, qo‘shimcha rag‘batlantirishlar berilmas ekan. Toifa uchun kamida bir necha yil maktab tizimida faoliyat yuritgan bo‘lishim kerak.

    Andijonning Asakasidan bir ayol va o‘g‘li men bilan baravar Uzunga kelgandi. Ikkisi ham qishloq maktablarida eng ko‘p ehtiyoj seziladigan fizika fani mutaxassislari edi. Ular boshqa maktabda ishlagani uchun ko‘pincha telefonda hol-avhol so‘rab, darslar haqida gaplashib turardik. Oradan hech qancha o‘tmay, ona-bola Andijonga qaytib ketdi — onasida toifa bor-u, o‘g‘lida toifa yo‘qligi ketishga sabab bo‘lgan ekan.

    Lekin shu o‘quv yili boshida ayol yana Bobotog‘ga keldi, Yangiobod mahallasidagi 36-maktab bilan uch yilga shartnoma tuzib, ish boshladi. O‘g‘li bilan gaplashsam, toifasi yo‘qligi, oladigan oyligi harajatlarini qoplamasligi uchun kelmabdi.

    O‘zim ikkala maktabda bir yarim stavka ishlab, 2 million 960 ming so‘m maosh olaman. Shundan yarmi xarajatlarga ketadi. Ikki haftada bir uyga — Termizga borib kelaman. Qo‘limda 1,5 million so‘m qoladi. Bu pulni Termizda ham ishlab, bemalol topish mumkin. Ota-onam, oilam bag‘rida bo‘laman, issiq osh-ovqatim tayin.

    Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

    Ijara, yo‘l haqi pullarini alohida ajratishsa ham mayliga edi. Tuman xalq ta’lim bo‘limiga bir necha marta shu masalada murojaat qildim. Ular sabr qilishimni, ro‘yxat Xalq ta’lim vazirligiga yuborilganini takror va takror aytishyapti. Qani, sabr qilib turaylik-chi, o‘zgarish bo‘lib qolar...

    01.10.2021, 16:35   Izoh (0)   48683
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz” AJning 2020-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga Ernst & Young kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

    01.10.2021, 16:30

    Toshkentda taniqli avtobloger YPX inspektorini haqorat qilgani uchun ushlandi

    01.10.2021, 15:42

    Toshkentda to‘lanmagan jarimalari sabab qidiruvda bo‘lgan Nexia haydovchisi YPXdan qochayotganida inspektor va piyodani urib yubordi

    01.10.2021, 15:26

    “Afrosiyob” poyezdining yangi tarkibi Toshkentga yetib keldi

    01.10.2021, 14:43

    Namanganda prokuratura xodimi ayol kishiga kuch ishlatgani aytilmoqda

    01.10.2021, 13:34

    Facebook’da Shavkat Mirziyoyev nomidan sahifa ochib, odamlardan pul undirgan shaxs 3 yilga qamaldi

    01.10.2021, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Asr to‘yi”: Jeff Bezosning Venetsiyadagi 50 mln dollarlik nikoh oqshomiga 200 dan ortiq mashhurlar tashrif buyurdi

    Shou-biznes | 29 iyun, 10:15

    O‘zbekistonda valyuta tushumini sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima bekor qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 10:00

    O‘zbekiston tovarlari uchun Pokiston portida maxsus ombor tashkil etilishi mumkin

    O‘zbekiston | 29 iyun, 09:00

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” “Benfika”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 29 iyun, 08:35

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.