• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Foto: “<ex>Ziyouz</ex>.com”

    Foto: “Ziyouz.com”

    Biz kim va nimalardan qo‘rqamiz?

    Har kimning o‘ziga yarasha qo‘rqaturg‘an narsasi bo‘ladir. “Ishtonsizning cho‘pdan hadugi bor”, degandek, shu vaqtda ishtonlik inson — haduksiz odam, ehtimol, yo‘qdir. Turkiston istatistiqa idorasining keyingi yiqg‘an hisobiga qarag‘anda, ishtonsizlar bana’ji1 ko‘payibdirlarki, biz ularni aynan quyida ko‘chiramiz:

    Mustamlakachi — achchig‘lang‘an chog‘ida sirining ochilishidan qo‘rqadir.

    Har turluk idora mudirlari — saylov yaqinlashsa mansabdan tushib qolishdan qo‘rqadirlar.

    Yangi ko‘z ochqan hisobsiz o‘zbek shoircha va shoirachalari — ming mashaqqat bilan azoblanib yozg‘an she’rlarining gazetalarda bosilmay qolishidan qo‘rqadirlar.

    Tutantiruqsiz maqola yozishg‘a o‘rgangan muharrirlar — to‘sundan tegib qolaturg‘an tanqid kaltagidan qo‘rqadirlar.

    Boy va sovdagarlar — ayniqsa, bularning qo‘rqunchlari poyonsizdir…

    Chunonchi: do‘kon sovdasi yaqinlashsa, ijarani oshirib yuboraturg‘an yakanchilardan2 qo‘rqadirlar, qo‘llarig‘a ko‘proq pul yig‘ilib qolsa, mollar oshib, pul qursining tushib ketishidan qo‘rqadirlar, qo‘lida anchayin qog‘oz ko‘targan kishini ko‘rsalar “torg‘ovoy nalo‘g” tushmog‘idan qo‘rqadirlar, ro‘za oyi kirib zakot berish eska tushsa, mollar hisobini olishdan qo‘rqadirlar… Har holda, bu durkum xalq uchun yer ham qo‘rqunch, ko‘k ham qo‘rqunch. Faqat qoro yerning ostig‘ina tinchdir!

    Kambag‘al dehqon va ishchilar — kun sayin bozor bahosining birga bir ko‘tarilishidan qo‘rqadirlar3.

    Hukumat idoralaridagi poraxo‘rlar — poraxo‘rliq bilan kurash boshlang‘andan beri o‘zlarining soyalaridan ham qo‘rqadirlar.

    Ko‘kdagi bulutlar — yog‘may desa Xudoning buyrug‘idan, yog‘ay desa yerdagi maxluqlarning chirting-pirtingidan qo‘rqadirlar.

    O‘zbek xotunlari — erlarining kaltagidan, qizlari ko‘chaga chiqay desa onalarining turtugidan qo‘rqub, peslar moxovdan, moxovlar pesdan, ajivalar taraladan, taralalar ajivadan; qisqasi katta-kichik, yassi-yapasqi, qing‘ir-qiyshiq, uzun-qisqa hammalari ham qo‘rqoqdirlar…

    Man nima va kimdan qo‘rqaman?

    Ayniqsa, manim ishim juda ham qiyin: yozay desam, oshna-og‘aynining sho‘rtumshuqlig‘idan, yozmay desam, “Mushtum” pochchaning jekirigidan qo‘rqaman.

    Yana bundan boshqa qo‘rqaturg‘an ikir-chikirlarim:

    — Eski shahar ko‘chalaridan yursam, betimga loy sachrashidan qo‘rqaman.

    — Yog‘mur yoqqan kunlarida Eski shahar rastalarining ag‘nab ketishidan, sovdagarlarning to‘ng‘uz qo‘pishidan qo‘rqaman.

    — Bilim yurtlari yonidan, boshlang‘ich maktablar qarshisidan o‘tub qolsam, istiqboldag‘i alvir-shalvir o‘zbek madaniyatidan qo‘rqaman!

    Harholda manim ham qo‘rqunchlarim o‘zimga yetarlik…

    Assalomu ala manittaba’l-xuda4.

    Julqunboy
    “Mushtum” — 1923 yil, 1-may, 7-son, 6-bet


    Izohlar

    1 Ban’aji — bachabir (forscha), bir necha, nihoyatda;
    2 Yakanchi — inspektor; poraxo‘r;
    3 O‘sha yillari mamlakatda pul qadrsizlanib, narx-navo ko‘tarilib ketgan edi, muallif shundan kinoya qilyapti;
    4 To‘g‘ri yo‘lga ergashganlarga salom bo‘lsin (Hadisdan).

    01.10.2021, 21:14   Izoh (0)   40059
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonning qaysi hududida shifoxonalar kamligi ma’lum bo‘ldi

    01.10.2021, 19:25

    Rossiyada ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga qurilish sohasida 10 mingta ish o‘rni taklif etildi

    01.10.2021, 18:36

    O‘zbekistonda eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati 2–3-oktabr kunlari vaqtincha to‘xtatiladi

    01.10.2021, 18:15

    Termizlik bu o‘qituvchi uyidan 300 km uzoqdagi ikki maktabda dars beradi, kunora 28 km piyoda yurishga majbur. Ammo va’da qilingan qo‘shimcha haqni ololmaydi — chu...

    01.10.2021, 16:35

    “O‘zbekneftgaz” AJning 2020-yil uchun tuzilgan moliyaviy hisobotiga Ernst & Young kompaniyasi tomonidan ijobiy auditorlik xulosasi berildi

    01.10.2021, 16:30

    Toshkentda taniqli avtobloger YPX inspektorini haqorat qilgani uchun ushlandi

    01.10.2021, 15:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.