• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    JSST koronavirusning kelib chiqishini o‘rganishni yangi jamoa bilan davom ettiradi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) olimlarning yangi jamoasi bilan SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishi bo‘yicha qayta tekshiruv boshlaydi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi. Guruh laboratoriya xavfsizligi, biologik xavfsizlik va genetika, shuningdek, hayvonlar kasalliklari bo‘yicha mutaxassislardan iborat 20 ga yaqin kishini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotni Xitoy va boshqa mamlakatlarda o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    JSST tekshiruvining yangi bosqichi haqida tadqiqotchilarning birinchi guruhi Xitoyning Uxan shahridan qaytganidan bir necha oy o‘tgach e’lon qilindi. Dastlabki bosqich yakunida mutaxassislar SARS-CoV-2 paydo bo‘lishining to‘rtta versiyasini taqdim etgandi, ular orasida haqiqatga eng yaqini koronavirusning odamlarga vositachi hayvon orqali ko‘rshapalaklardan yuqishi versiyasi edi. Shu bilan birga, virusning Uxandagi laboratoriyadan sizib chiqishi ehtimolini JSST “juda kam” deb baholagan.

    Yangi guruh JSSTga kelajakda infeksiya tarqalishining oldini olishda zarur ma’lumotlarni topishga, shuningdek, inson xatti-harakatlari yangi kasalliklarning paydo bo‘lishiga ta’sir qiladimi yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi. Ushbu missiya doirasida mutaxassislar hozirgi pandemiya sabablarini, shu jumladan koronavirus sun’iy kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligini tekshiradi.

    AQSh rasmiylari, jumladan, davlat kotibi Entoni Blinken, JSSTning tekshiruvni qayta boshlashini talab qilgan, deb yozadi WSJ. O‘z navbatida Xitoy ushbu tashkilotdan virusning kelib chiqishini o‘rganayotganda boshqa mamlakatlarga, masalan, Italiya va AQShga e’tibor qaratishni talab qilgan.

    Yangi guruh a’zolari shu hafta oxirigacha tanlanishi kutilmoqda. Biroq jamoa Xitoyda ishlash uchun ruxsat oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi o‘z bayonotida Pekin birinchi tadqiqotni o‘tkazgan guruh bilan “to‘liq hamkorlik qilganini” aytdi.

    Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida nutq so‘zlab, “Xitoy COVID-19 ning kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy asoslangan tadqiqotlarga rioya qiladi va unda faol qatnashadi, har qanday siyosiy manipulyatsiyaga keskin qarshi chiqadi”, dedi.

    Fevral oyida JSST missiyasi ishtirokchilaridan biri Dominik Duayer Xitoy rasmiylari mamlakatda COVID-19 ning birinchi holatlari bo‘yicha o‘z tadqiqotlarini mutaxassislar bilan bo‘lishganini lekin ularga virusning qachon va qanday tarqalishini aniqlashga yordam beradigan ma’lumotni ko‘rishga ruxsat bermaganini aytgandi.

    Keyinchalik, JSST rahbari Tedros Gebreyesus, tashkilot SARS-CoV-2 kelib chiqishining barcha versiyalarini, shu jumladan laboratoriyadan sizib chiqish variantini ko‘rib chiqayotganini aytdi. U Xitoyni ochiq hamkorlikka chaqirib, to‘liq ma’lumot bu variantni istisno qilishga yordam berishini ta’kidladi.

    Avgust oyi oxirida AQSh Milliy razvedka boshqarmasi koronavirusning kelib chiqishi haqida hisobot taqdim etdi. Muassasa xodimlari virus Xitoy tomonidan biologik qurol sifatida ishlatish uchun yaratilmagan, Xitoy hukumati esa kasallikning birinchi o‘choqlari paydo bo‘lgunga qadar SARS-CoV-2 haqida bilishmagan degan xulosaga keldi. Biroq razvedka xulosasiga ko‘ra, virusning sun’iy kelib chiqishi haqidagi gipotezani rad etish uchun yetarli dalillar yo‘q.

    Xitoy bu hisobotni ilmiy jihatdan noaniq deb topdi. Unga ko‘ra, AQSh razvedkasi o‘z xulosalarini XXRning “aybdorligi haqidagi taxminga” asoslagan. Pekin Vashingtonni “koronavirusning kelib chiqishini siyosiylashtirishni to‘xtatishga” chaqirdi. Xitoylik olimlar SARS-CoV-2 qanday paydo bo‘lgani to‘g‘risida o‘z tadqiqotlarini olib bordi va uning sun’iy yaratilgani ehtimoldan yiroq degan xulosaga keldi.

    27.09.2021, 12:16   Izoh (0)   9668
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erdo‘g‘on AQShni Afg‘oniston kabi Suriya va Iroqdan ham o‘z qo‘shinlarini olib chiqishga chaqirdi

    27.09.2021, 10:36

    Germaniyadagi parlament saylovining dastlabki natijalari ma’lum bo‘ldi: sotsial-demokratlar g‘olib bo‘lmoqda

    27.09.2021, 09:37

    Islandiya parlamenti tarkibida birinchi marta ayollar erkaklardan ko‘proq bo‘ladi

    27.09.2021, 08:33

    NYT: Kapitoliyga hujum qilganlar orasida FQB informatori bo‘lgan

    26.09.2021, 23:01

    “Tolibon” Ashraf G‘ani Afg‘onistondan o‘g‘irlab ketgan pullar qaytarilishini talab qildi

    26.09.2021, 22:17

    “Tolibon” Tojikistonni Afg‘oniston ichki ishlariga aralashishda aybladi

    26.09.2021, 21:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamda sayyohlik kemasi ag‘darilishi oqibatida 34 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 20 iyul, 00:00

    “Kiyev Moskvaga kelasi hafta muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi” — Zelenskiy

    Dunyo | 19 iyul, 23:40

    “Ozarbayjon AZAL samolyoti halokati tufayli Rossiyaga qarshi xalqaro da’vo tayyorlamoqda” — Ilhom Aliyev

    Dunyo | 19 iyul, 23:19

    O‘zbekistonda akademik litseylarga kirish test sinovlari qachon o‘tkazilishi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 23:00

    Xabi Alonso “Chelsi” yetakchisi Koul Palmerni “Real”ga olib kelmoqchi

    Sport | 19 iyul, 22:57

    Air China aviakompaniyasi Pekindan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 22:55

    Janubiy Koreyada 4 kundan beri yog‘ayotgan yomg‘ir sabab 5 kishi halok bo‘ldi (foto)

    Dunyo | 19 iyul, 22:35

    Latviya minglab rossiyalikni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 19 iyul, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.