• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Zo‘ravonmi yoki jabrdiyda? Taqdir zarbalaridan qochib qutulolmagan pop qiroli — Maykl Jeksonning fojiali taqdiri

    Millionlab muxlislar qalbidan joy olgan, ammo mashhurlik va muvaffaqiyatlari shaxsiy hayotidagi muammolarni yengib o‘tishga yordam bermagan xonanda Maykl Jeksonning hayoti haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Qiyin kechgan bolalik

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Bo‘lajak yulduz Indiana shtatidagi uncha katta bo‘lmagan shaharcha — Gerida dunyoga kelgan. Bolakayning musiqaga shaydo bo‘lgan ota-onasi Jozef va Ketrin Jeksonlar ushbu sevgini 9 nafar farzandining qalbiga jo qilishga uringan. Shu bilan birga oila boshlig‘i, ya’ni ota haddan ortiq qattiqqo‘l bo‘lgan, bolalari uning chizgan chizig‘idan chiqmagan. Keyinroq Mayklning to‘ng‘ich akalaridan biri otasi ularga muntazam ravishda qo‘l ko‘targani, surunkali ravishda tahqirlaganini ma’lum qilgan. Onasi esa qo‘llab-quvvatlash o‘rniga bolalarini tashrif buyurishdan bosh tortish imkonsiz bo‘lgan diniy sekta yig‘ilishlariga yetaklab borgan.

    The Jackson 5 guruhi va karyeraning boshlanishi

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    1964-yilda The Jackson 5 guruhiga asos solingan. Undan Jeksonlar oilasining katta farzandlari o‘rin olgan. Tito, Jeremi va Jeki vokal ijrochi bo‘lgan, kenja farzandlar Maykl va Marlon esa musiqiy cholg‘u chalgan. Keyinroq iste’dodi payqalgach, kichik Maykl guruhda bek-vokalchi bo‘lib faoliyat yuritgan. Bo‘lajak yulduz 1972-yilda yakkaxon xonanda sifatida karyera boshlagan.

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    1980-yillarga kelib uning ijrosidagi qo‘shiqlar deyarli barcha yerda yangray boshlagan. 1982-yilda taqdim qilingan va bir necha o‘n yil davomida eng ko‘p sotilgan albom sifatida e’tirof etilgan Thriller ulkan muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘lgan.

    Shaxsiy hayot

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Maykl ikki marta turmush qurgan. Ilk marta u Elvis Preslining qizi Liza Mariyaga oila qurishni taklif qilgan. 1994-yilda yashirincha turmush qurgan juftlik 2 yil o‘tib ajrashishgan. Ayriliqdan keyin qayta oila qurishga qaror qilgan Jekson bu safar rafiqa sifatida dermatolog-shifokorining assistenti Debbi Rouni tanlagan.

    https://www.instagram.com/p/dKkurxoSLO/?utm_source=ig_embed&ig_rid=02c9888d-fc33-45af-918b-4b3ffb402c7e

    Ushbu turmushi davomida ikki nafar farzand — Prins Maykl Jozef Jekson, Peris-Maykl Ketrin Jekson dunyoga kelgan. Ammo bu turmush ham vaqt sinovidan o‘tmagan, Debbi va Maykl munosabatlariga nuqta qo‘yishni afzal bilgan. 2002-yilda pop qiroli surrogat ona yordamida uchinchi marta otalik baxtini his qilgan — farzandi Prins Maykl Jozef Jekson II tug‘ilgan.

    “Neverlend”ni tark etib

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Qo‘shiqchi 1980-yil oxirida avlodini davom ettiruvchi farzandlar dunyoga kelishini orzu qilib yurgan chog‘lari Santa-Barbara yaqinida qo‘rg‘on qurdirgan va uning atrofini attraksionli bog‘ga aylantirgan. Ranchoga Maykl tomonidan “Neverlend” deb nom berilgan va keyinchalik xonanda haqida tarqalgan salbiy ma’lumotlarning aksariyati ushbu joy bilan bog‘liq bo‘lgan. 1993-yilda Jekson uyida mehmon bo‘lgan 13 yashar bolaga nisbatan zo‘ravonlik qilishda ayblangan. Keyinroq ushbu holat boshqa bir bola bilan ham takrorlangan. Dalil-isbotlar topilmagan, ammo tarqab ulgurgan mish-mishlar ijodkor karyerasi va salomatligiga ta’sir qilgan. 2019-yil vafotidan 10 yil vaqt o‘tib, “Neverlendni tark etib” nomli film ekran yuzini ko‘rgan. Unda xonanda bilan bog‘liq o‘sha ehtimoliy zo‘ravonlik mavzusi qayta tilga olingan.

    Pop qirolning kasalligi va o‘limi

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    Haddan ortiq darajada mashhur ekaniga qaramay, Mayklni baxtli yashagan deb aytib bo‘lmaydi. Shaxsiy hayotidagi muammo va bir qancha ayblovlardan tashqari, xonanda yuzining deformatsiyasiga olib kelgan vitiligo (terining pigmentatsiyasi buzilishi) hamda volchanka kasalligidan aziyat chekkan. Omadsiz jarrorlik amaliyotlari vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

    Foto: Grazia

    Foto: Grazia

    2009-yil 25-iyun kuni muxlislar kutilmagan xabardan larzaga kelgan — pop qiroli davolovchi shifokorining ko‘rsatmasiga binoan qabul qilgan dori vositasi dozasini oshirib yuborgani oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Dozani hisoblamagani sabab tibbiyot xodimi 4 yilga ozodlikdan mahrum bo‘lgan. Maykl Jeksonning qizi uning dafn marosimida: “U faqatgina orzu qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi ota edi”, degan.

    Mavzuga doir:

    • Bir lahzada boridan ayrilib, kambag‘allik bilan yuzma-yuz kelgan taniqli shaxslar (foto)
    • Go‘zallik qurbonlari: Plastik operatsiyalar oqibatida vafot etgan yulduzlar
    • Malika Diana, Maykl Jekson va boshqa mashhurlarning o‘limidan avval olingan so‘nggi suratlari
    • Maykl Jeksonning “Neverlend” qo‘rg‘oni 22 mln dollarga sotildi. Bu boshlang‘ich narxdan qariyb 80 mln dollarga arzon
    • Pul hamda sirlarga to‘la hayot: pop qiroli Maykl Jeksonning farzandlari hozir nima bilan mashg‘ul? (foto)

    18.09.2021, 10:56   Izoh (0)   48978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Botoks va filtrlarsiz ham go‘zalsiz”. Instagram foydalanuvchilari Dryu Berrimor va Kameron Diazning yangi suratidan zavqlanmoqda (foto)

    17.09.2021, 16:56

    “Taqdirdan qochib qutulganlar”. Maykl Jekson, Gvinet Peltrou hamda AQShdagi 11-sentabr voqealarida baxtli tasodif tufayli omon qolgan mashhurlar

    17.09.2021, 10:53

    Instagram: Karra jadvalini bilmaydigan Munisa Rizayeva, tug‘ilgan kunini nishonlagan Rayhon, Shahzoda Muhammedova taqdirini o‘zgartirgan serial

    16.09.2021, 22:19

    “Beqaror” seriali yulduzi Ebru Shahin mashhur turk basketbolchisi bilan unashtirildi

    16.09.2021, 18:56

    Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi va Asal Abdullayeva aktrisalik faoliyatini to‘xtatishi haqida (video)

    16.09.2021, 16:55

    “Prezidentga qaraydigan shifokor ham yordam bera olmagan”. Mahmud Namozov 12 yoshli o‘g‘lining bevaqt o‘limini iztirob bilan yodga oldi (video)

    16.09.2021, 12:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya terrorizmga qarshi kurashda Turkiyadan yordam so‘radi

    Dunyo | 23 iyul, 18:10

    Meva-sabzavot yetishtirishda imtiyozli moliyalashtirishni joriy etish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:00

    Bastian Shvaynshtayger va Ana Ivanovich to‘qqiz yillik turmushdan so‘ng ajrashdi

    Sport | 23 iyul, 17:55

    Turkiyalik aktrisa Sila Turko‘g‘lu dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

    Kino | 23 iyul, 17:55

    Akademik va klinik standartlarga qat’iy rioya qilinmoqda — Tibbiyot universiteti Hindiston nashridagi maqolaga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 17:45

    “Netanyaxu genotsidda Gitlerni ortda qoldirdi” — Erdo‘g‘on

    Dunyo | 23 iyul, 17:30

    Prezident maktablariga kirish imtihoni natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 17:12

    O‘zbekistonda 3 mingdan ziyod qadimiy tangalar noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 17:05

    “Jeff Bezos bizni unashtiruv bilan tabrikladi”. Maryam Tillayeva sevgan yigiti qanday qilib qo‘lini so‘ragani haqida gapirdi

    Shou-biznes | 23 iyul, 16:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.