O‘zbek muxlislariga “Beqaror” serialidagi Reyyan roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktrisasi Ebru Shahin turmushga chiqmoqda.
U professional basketbolchi Chedi Usmon bilan oila quradi. Bu haqda u Instagram sahifasida e’lon qilgan. Qaylig‘i uning qo‘lini so‘raganini ma’lum qilgan aktrisa o‘sha lahzalarni o‘zida aks ettirgan kadrlar bilan bo‘lishgan.
Sportchi Ebruga turmush qurishni taklif qilish uchun Kappadokiyani tanlagan. Ebru tomonidan sahifasiga joylangan suratda katta brilliantli uzukni ko‘rish mumkin.
Avvalroq “Ichkarida” yulduzi Chig‘atay Ulusoy aktrisa Duygu Sarishinga uylanishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)