Samarqand viloyati Paxtachi tumanida Cobalt katta tezlikda piyodani urib yubordi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, 2021-yilning 27-avgust kuni ertalab soat 06:30 larda M-37 avtomobil yo‘lining 136-kilometrida Cobalt rusumli avtomobil tezlikni me’yoridan oshirishi tufayli rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shu sabab yo‘lning o‘ng tarafida turgan piyodani urib yuborgan va borib daraxtga urilgan.
Oqibatda piyoda va avtomobil ichida bo‘lgan voyaga yetmagan bola voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)