Guljanoy Naimova para-taekvondo bo‘yicha Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi.
+58 kg vazn toifasida harakat qilgan Naimova oltin medal uchun kechgan final jangida braziliyalik Menezes Bezyerrani 8:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qayd etish o‘rinli, Bezyerra musobaqanning ikkinchi raqamli sportchisi edi.
Guljanoy final ostonasida Buyuk Britaniya vakili Emi Trusdeyl bilan kuch sinashgandi va musobaqaning birinchi raqamli sportchisini ham mag‘lub etgandi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlarini 19 ta medal (8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza) bilan yakunladi.
Izoh (0)