• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Nyukasl” Santyago Munyos bilan shartnoma imzoladi. Jamoa va ism mashhur “Gol” filmini eslatib yubordimi?

    Yozgi transferlar vaqtida Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning boshqa jamoalarga o‘tishidan boshqa kutilmagan voqea sodir bo‘lmasa kerak deb o‘ylangandi. Ammo “Nyukasl” kutilmagan yurish qildi — ingliz klubi Meksika yoshlar terma jamoasining 19 yoshli futbolchisi Santyago Munyosni ijaraga oldi.

    Foto: Getty Images

    Ism tanishmi? “Gol” trilogiyasining birinchi qismida meksikalik Santyago Munyes o‘z orzusini amalga oshirib, professional futbolga qadam qo‘yadi. Angliyaning “Nyukasl” jamoasi uni o‘z safiga qo‘shib oladi. Avval filmlar real voqealarga asoslangan bo‘lsa, endi hayotning o‘zi san’atdan ilhomlanishiga to‘g‘ri keldi.

    Filmdagi meksikalik qahramon Los-Anjelesda yashab, o‘sha yerda ishlagan bo‘lsa, real hayotdagi Munyos ham AQShda istiqomat qilgan. U Amerikaning Texas shtatida tavallud topgan, keyinchalik qo‘shni shahar Syudad-Xuaresga ko‘chib o‘tgan. Syudad-Xuares Meksikada joylashgan. Santyago har kuni chegaradan o‘tib, Amerika futbol maktabiga qatnar edi.

    Ha, AQSh terma jamoasiga taklif qilinganman. Jamoa vakillari bilan gaplashgandim, keyin bu masalani oilam bilan ham muhokama qildim. Bu bizga qiziq tuyuldi. Hozir o‘zim uchun hech qaysi eshiklarni yopmoqchi emasman. Meksika terma jamoasi birinchi bo‘lib taklif qildi, jamoa uchun o‘ynash menga yoqadi. Lekin hozircha qaysi milliy terma jamoada o‘ynashim haqida qaror qabul qilmadim.

    Santyago Munyos

    Hozirda futbolchi Meksika yoshlar terma jamoasida o‘ynaydi. U jamoa bilan yoshlar o‘rtasidagi 2019-yilgi JChda kumush medalni qo‘lga kiritgan (bitta gol urgan), KONKAKAF—2019 da esa g‘alaba qozongan (ushbu musobaqada 5 ta gol urdi) va 2020-yilgi Olimpiya saralashidagi g‘alaba.

    Munyos 2020-yilning oktabr oyidan boshlab Meksikaning “Santos Laguna” jamoasida harakat qilib keladi va 13 o‘yinda 3+3 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. “Nyukasl” esa fevraldan buyon Munyosning o‘yinini kuzatib kelayotganini tan oladi.

    “Gol” filmi qahramoni Santyago Munyes

    “Gol” filmi qahramoni Santyago Munyes
    Foto: Getty Images

    “Nyukasl” muxlislarining hafsalasi pir bo‘ldi — jamoa muvaffaqiyatsiz transfer oynasini shu tariqa oqlashga urinyapti deb hisoblashmoqda

    Hazillashib aytilgan gap haqiqiy qiziqishni keltirib chiqardi. “Nyukasl” muxlislarining bu yangilikdan hafsalasi pir bo‘ldi. Ular klubning ushbu transfer oynasidagi harakatidan norozi bo‘lgan: faqatgina “Arsenal”dan Jo Uillok 25 million funt evaziga xarid qilindi.

    Quyida jamoa muxlislarining eng qiziqarli izohlari keltiriladi:

    • “Fojiali transfer oynasini media va muxlislardan yashirish uchun qilingan PR-yurish. 2009-yilda ham jamoa nashrlar va muxlislarni aldagandi. Hech narsa o‘zgarmabdi”.
    • “U bilan shunchaki hazil uchun shartnoma imzolanganiga ishongim kelmaydi”.
    • “Meksikalikman. Munyos — yaxshi futbolchi, lekin uning darajasi hali APL darajasiga javob bermaydi deb hisoblayman. Avvaliga boshqa ligada tajriba oshirib, keyinchalik Angliyaga kelganda bo‘larmidi? Meksikadan to‘g‘ridan to‘g‘ri Angliyaga o‘tish — jiddiy qadam”.
    Lekin meksikalik jurnalist Martin del Palasio Langer barchani tinchlantirishga urindi:

    “Tinchlaning, ‘Nyukasl’ muxlislari, yigitcha o‘ynay oladi. Biz U-17 jamoasi bilan Jahon Chempionatida ikkinchi o‘rinni egallaganimizda u Meksikaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan, 18 yoshida Olimpiyada U-23 saralashida o‘ynagan. Ha, ism ham yordam beradi, lekin yigitcha haqiqatan ham yaxshi o‘ynaydi”.

    Santyago “Nyukasl” akademiyasiga qabul qilindi. U asosiy tarkibga yoshlar jamoasidan o‘tib borishi kerak bo‘ladi. Bu ko‘proq marketing yurishiga o‘xshab qolgan bo‘lsa-da, Munyos imkoniyatga ega bo‘lishi aniq.

    Hozircha ehtiyotkorlik bilan bir narsani eslatib o‘tish kerak: “Gol” filmining davomida Munyes “Real”ga o‘tadi.

    03.09.2021, 20:36   Izoh (0)   37152
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mash’al” bosh murabbiyiga musht tushirgan “Metallurg” rasmiy vakili 1 yilga diskvalifikatsiya qilindi

    03.09.2021, 16:03

    Tokio—2020. Safiya Burxonova Paralimpiya o‘yinlari oltin medalini qo‘lga kiritdi

    03.09.2021, 15:02

    Ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lgan o‘zbek sportchisi, jahon rekordini yangilagan Ronaldu, 328 million kishi tomosha qilgan Yevro—2020 finali. Eng so‘nggi spo...

    02.09.2021, 23:11

    Husniddin Norbekov ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘ldi

    02.09.2021, 17:16

    Krishtianu Ronaldu 36 yoshida terma jamoada gol urish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

    02.09.2021, 10:35

    JCh—2022 yo‘lida. Ronalduning so‘nggi daqiqalardagi gollari Portugaliyaga g‘alaba keltirdi, Fransiya, Niderlandiya va Xorvatiya ochko yo‘qotdi

    02.09.2021, 02:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.