Safiya Burxonova para-yengil atletikaning F12 klassida ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Burxonova 14.78 metr natija qayd etdi va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin italiyalik Assunta Legnatega (14.62) nasib etgan bo‘lsa, meksikalik Rebeka Alvares (13.72) kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Eslatib o‘tamiz, Safiya Burxonova Rio—2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan edi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiya hisobidagi medallar soni 17 taga (7 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza) etdi.
Izoh (0)