Gollivud yulduzi Jeyson Steytem “Asalarichi” nomli o‘tkir syujetli trillerda rol ijro etadi, deb xabar beradi “Film.ru”.
Filmni Miramax studiyasi sotib olgan. Hozircha film sujeti ochiqlanmagan — faqatgina voqealar asalarichilikning sirli olamida sodir bo‘lishi ma’lum. Studiya bayonotida aytilishicha, kartina “qoliplanmagan voqelikka asoslangan universal mavzuni tadqiq etib, butun dunyodagi muxlislarni stulga mahkamlab qo‘yadi”.
Ayni kunlarda kartina rejissori o‘ziga jamoa yig‘moqda. Original ssenariyga “Ekvilibrium” filmi orqali tanilgan Kurt Uimmer mualliflik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning bahorida Steytem rejissor Gay Richining “Inson g‘azabi” filmida rol ijro etgandi. Kartina jahon prokatida 104 million dollar to‘plagan. 2022-yilda yana bir hamkorlikdagi film premyerasi rejalashtirilgan.
Avvalroq Netflix servisida 2021-yil oxiriga qadar taqdim etiladigan filmlar relizi e’lon qilingandi.
Mavzuga doir: “Matritsa-4”ning ilk rasmiy tafsilotlari oshkor bo‘ldi
Izoh (0)