Xorij matbuoti vakillari ko‘plab yangi loyihalar bo‘yicha tanishish mumkin bo‘lgan CinemaCon’ga tashrif buyurdi. Jurnalistlar u yerda hozircha internetda taqdiri noma’lumligicha qolayotgan yangi “Matritsa”ning birinchi treylerini tomosha qilgan, deb xabar beradi “Film.ru”.
The Hollywood Reporter jurnalisti Aaron Kouchning yozishicha, film “Matritsa: qayta tirilish” rasmiy nomini olgan va unda soqoli o‘sgan Kianu Rivz Nil Patrik Xarris qahramoni tomonidan davolanayotganini ko‘rish mumkin.
Aftidan, Neo yana Matritsaga yashaydi va terapevt unga kuniga ikkita ko‘k hapdori ichishni tavsiya qiladi (original filmda aynan ko‘k rangli hapdori Matritsa ichidagi insonni saqlab turgan). Shundan so‘ng, u qahvaxonada Triniti bilan uchrashib qolgan, biroq uni taniy olmagan. Ayol ham o‘zini Neoni birinchi marta ko‘rgandek tutgan.
Yakunda u Morfeus kabi kiyinga shaxsga duch keladi, ammo original personaj emas, balki Yahya Abdul-Matin II o‘ynagan qahramon.
Treyler ommaga qachon e’lon qilinishi hozircha noma’lum. Filmning o‘zi 2021-yilning 16-dekabrida katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.
Bundan avval Priyanka Chopra “Matritsa 4” filmida Kianu Rivz bilan birga rol ijro etishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)