Sankt-Peterburgdagi qandolat fabrikasining hojatxonasidan sotuvchi ayolning jasadi topilgan. Bu haqda “MK.ru” mahalliy nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 39 yoshli sotuvchi ayolning jasadi shaharning Kalinin tumanidagi qandolat do‘konining hojatxonasidan topilgan. Ayol O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan.
Uning tanasida bo‘g‘ilish izlari va pichoqda yetkazilgan ko‘plab jarohatlar topilgan. Jasad o‘limning aniq sababini aniqlash uchun ekspertizaga yuborilgan.
Jinoyat faktiga ko‘ra, qotillik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hodisa joyida ikkita arqon, shuningdek, shaffof kristall va toshga o‘xshash buyumlar topilgan.
Izoh (0)