Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turk oshxonasiga mansub mazali taom retseptini e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: “Yemek.com”

Foto: “Yemek.com”

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq — 250 g;
  • yupqa yoyilgan xamir;
  • no‘xat — 100 g;
  • qovoqcha — 1 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq piyoz;
  • tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
  • suv — 200 ml;
  • sariyog‘ — 1 osh qoshiq;
  • pishloq — 100 g;
  • tuz.
Sous uchun kerakli mahsulotlar:
  • sariyog‘ — 3 osh qoshiq;
  • un — 3 qoshiq;
  • sut — 200 g;
  • yong‘oq;
  • murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  • Sous tayyorlash uchun tovaga sariyog‘ va un solib, hidi chiqquniga qadar qovuring.
  • Ustidan sekin-asta sut qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
  • Qaynash boshlanganida olovni pasaytirib, ora-orada aralashtirib turing.
  • Quyuqlashishni boshlaganida tuz, qirg‘ichdan chiqarilgan yong‘oq va murch solib, ustini yoping.
  • Sariyog‘ solingan tovada piyozni qovurib oling.
  • Qizarganidan keyin to‘g‘ralgan tovuq solib, qovurishda davom eting.
  • Sabzi, no‘xat, qovoqcha va sarimsoqni qo‘shib aralashtiring.
  • Tomat pastasi, tuz va murch qo‘shing, bir daqiqadan keyin olovni o‘chiring.
  • Yupqa yoyilgan xamirni to‘rtga bo‘ling va ularni uchburchak shaklga keltiring (chetlari chiqib tursin)
  • Ichiga tovuqli aralashmani soling.
  • Xamirning cheti bilan tovuqli aralashmani yoping.
  • Maxsus idishga soling va ustidan tayyorlab olingan sousni quying, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping.
  • 180 daraja qizigan pechda 15 daqiqa davomida pishiring.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)