Bu taom nafaqat bolalar, balki oilangizning boshqa a’zolariga ham yoqishi aniq.
Kerakli mahsulotlar:
- qo‘ziqorin — 75 gr;
- qizil bulg‘or qalampiri — 35 gr;
- sariq bulg‘or qalampiri — 35 gr;
- pomidor — 50 gr;
- piyoz — 50 gr;
- konservalangan loviya — 50 gr;
- salsa sousi — 50 gr;
- o‘simlik yog‘i — 15 ml;
- tuz;
- lavash xamiri — 90 gr.
- Bulg‘or qalampiri, pomidor, piyoz va qo‘ziqorinni o‘simlik yog‘ida qovurib oling.
- Sous va tuz qo‘shing.
- Konservalangan loviya solib aralashtiring.
- Aralashmani lavash xamiri ichiga soling.
- Rulet shaklida o‘rang.
- Lavashni har ikki tarafi qizargunicha tovaga solib qovurib oling.
Izoh (0)