Baqlajondan turli xil salatlar tayyorlagan bo‘lishingiz mumkin, ammo ushbu retsept yangisi bo‘lishi shubhasiz.
Kerakli mahsulotlar:
- baqlajon – 3-4 dona;
- o‘simlik moyi – 3 osh qoshiq;
- yong‘oq – 150 gramm;
- sarimsoq – 2 bo‘lak;
- smetana – 3-4 osh qoshiq;
- xmeli-suneli, kashnich, tuz.
- Baqlajonlar mayda to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi va tuzli suvda qoldiriladi. Birozdan so‘ng suvdan olinib, qizargunga qadar yog‘da qovuriladi.
- Yong‘oq, sarimsoq va kashnich mayda to‘g‘raladi.
- Qovurilgan baqlajon yong‘oq, sarimsoq, kashnich va boshqa mahsulotlar bilan aralashtiriladi.
Izoh (0)