Valensiyada mart oyidan sentabr oyining boshiga qoldirilgan Las Falyas olov festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.Foto: EPA
Quddusda Yig‘i devori ravvini (xodimi) o‘z yordamchilari bilan ziyoratgohni yangi xat-tilaklarga joy ajratish uchun dindorlar toshlar orasida qoldirgan yozuvlardan tozalamoqda. To‘plangan yozuvlar eng yaqin qabristonga ko‘miladi.Foto: EPA
Braziliya tub aholisi prezident qarorgohi tashqarisida lager qurib, ularni ajdodlar hududidan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan yer chegarasini belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi chiqdi.Foto: EPA
Tailanddagi namoyishchilar bosh vazirni COVID-19 inqiroziga dosh berolmayotganlikda ayblab, uning iste’foga chiqishini talab qilmoqda.Foto: EPA
Hindistonning Ahmadobod shahrida mamlakat mustaqilligining 75 yilligini nishonlash uchun o‘tkazilgan tadbirda olovli halqa orasidan o‘tayotagan Chegara xavfsizlik kuchlari askari.Foto: Reuters
Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlari doirasida stol tennisi musobaqasida Janubiy Koreyaning Xong Kyu Parkiga qarshi harakat qilayotgan misrlik Ibrohim Husayn.Foto: Reuters
Izoh (0)