• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namanganda vazir va hokimlikka da’vogar yosh liderlar saralandi

    Namanganda “Kelajak liderlari” klubining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan joylarda salohiyatli yosh yetakchilar qatlamini shakllantirish maqsadida agentlik hududiy filiallari qoshida 20 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar uchun “Kelajak liderlari” klubini tashkil etish bo‘yicha tanlov e’lon qilingandi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mazkur klubni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad davlat xizmati uchun yangi avlod kadrlarini shakllantirish, yoshlar, xususan, xotin-qizlarni davlat xizmatiga keng jalb etish, istiqbolli kadrlardan rahbarlik lavozimlariga zaxira shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Namangan viloyatida “Kelajak liderlari” klubiga a’zolik uchun e’lon qilingan tanlovga 500 ga yaqin hujjat kelib tushdi. Saralash esa to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqichda hujjatlar nizom talablariga muvofiq saralab olindi. Ikkinchi bosqichda nomzodlarning bilimlarini baholash bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. Uchinchi bosqichda “Xalqni sevadigan davlat xizmatchisi” mavzusida esse yozish talab etildi. Tanlovning to‘rtinchi bosqichida esa nomzodlar bilan suhbat uyushtirilib, amaliy ko‘nikma va sifatlari baholandi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Sinov natijalari 100 ballik mezonda baholanib, umumiy ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 50 nafar nomzod klub a’zoligiga qabul qilindi. Ularning chorak qismi talabalar, qariyb 15 foizi esa xotin-qizlardan iborat.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Javlonbek Abdullayevning yoshi 25 da, Xalq deputatlari Kosonsoy tuman kengashining deputati. Saylangan okrugida 8 mingdan ortiq aholi yashaydi. Aytishicha, oxirgi ikki yilda ulardan 500 ga yaqin murojaat kelib tushgan, bundan 380 tasi ijobiy yechim topgan.

    Javlonbek Abdullayev. Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Javlonbek Abdullayev. Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Forobiyning ‘Fozil odamlar shahri’ asarida ta’kidlanganidek, har kim o‘z ishini sidqidildan bajarsa, shunda jamiyat ham rivojlanadi. Aynan ushbu fikr hayotda men uchun shior. Jismoniy imkoniyatlarim biroz cheklangan bo‘lishiga qaramay, hamisha o‘z missiyamni ortig‘i bilan bajarishga harakat qilaman. Shu bois klub a’zolari safiga kirganimdan mamnunman”, — deydi Javlonbek.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan filiali rahbarining o‘rinbosari Ibrohim Hojiyevning aytishicha, klub a’zolari uchun 6 oy davomida o‘quv-seminarlar tashkil etiladi va boshqaruv ko‘nikmalari shakllantiriladi. Eng yuqori kredit-ball to‘plagan a’zolar “Hokim bilan bir kun”, “Davlat fuqarolik xizmatchisining dublyori”, “Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida bir kun” kabi loyihalarda ishtirok etadi, amaliyot o‘tash uchun davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga biriktiriladi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Faol a’zolar Davlat boshqaruv akademiyasining ‘Kelajak liderlari‘ o‘quv kursiga yuborilishi, yosh istiqbolli kadrlar sifatida rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olinishi, yuqori darajadagi davlat tadbirlarida ishtirok etishi, shuningdek, malaka oshirish uchun xorijga yuborilishi ko‘zda tutilmoqda”, — deydi Ibrohim Hojiyev.

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    “Kelajak liderlari” klubining taqdimot marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi departament mudiri Bahodir Mirusmonov ishtirok etdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Klub a’zolariga buni tasdiqlovchi ko‘krak nishonlari va kitoblar taqdim etildi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Mavzuga doir: O‘zbekistonlik 38 nafar o‘quvchi Bo‘lajak liderlar almashinuvi dasturi doirasida 2006-yildan beri birinchi marta Amerikaga yuboriladi

    24.08.2021, 23:41   Izoh (0)   66954
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryoda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ishdan olindi

    24.08.2021, 23:11

    Toshkentda “uchastkovoy”ga tashlanib qolgan mast erkakni ajratishga uringan Milliy gvardiya xodimi jarohat oldi

    24.08.2021, 22:56

    Prezident farmoniga asosan “Daryo” muharriri Sevara Nishonova “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi

    24.08.2021, 22:51

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh faol fuqarolarni mukofotladi

    24.08.2021, 22:21

    Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari YTHga uchradi

    24.08.2021, 22:10

    Uzbekistan Airways va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Mustaqillik kuni munosabati bilan chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi

    24.08.2021, 21:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.