Yakkabog‘ tumani hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bo‘ri Fayziyev YTHga uchradi. Bu haqda Nasafnews xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘rinbosarning ahvoli ayni paytda qoniqarli.
Yakkabog‘ hokimi matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ayni paytda o‘rinbosar shifoxonada davolanmoqda.
“Avtohalokat bo‘lgan deyishdi. Batafsil ma’lumotga ega emasmiz. Ammo hozirda o‘rinbosarning ahvoli qoniqarli”, — deydi hokimning kotibi Sherzod Hasanov.
Bundan avval Yuqori Chirchiq tumani hokimiga tegishli mashina urib yuborishi oqibatida 16 yoshli qiz vafot etgani, Jizzaxda “GAZ-53” yuk mashinasi ag‘darilib, haydovchi voqea joyida vafot etgani hamda Xorazmdan yangi mototsikl sotib olgan haydovchi yo‘lning notekisligi sabab YTHga uchrab, vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)