• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonlik 38 nafar o‘quvchi Bo‘lajak liderlar almashinuvi dasturi doirasida 2006-yildan beri birinchi marta Amerikaga yuboriladi

    O‘zbekistonlik 38 nafar o‘quvchi FLEX (Bo‘lajak liderlar almashinuvi) dasturi doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlariga bir yilga ta’lim olish uchun yuboriladi. Bu haqda 4-avgust kuni bo‘lib o‘tgan FLEX—2021 almashinuv dasturi g‘oliblarini AQShga kuzatishga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbirda ta’kidlanishicha, O‘zbekistondan 2006-yildan buyon FLEX (Bo‘lajak liderlar almashinuvi) dasturi bo‘yicha 15 yildan keyin yana AQShga maktab o‘quvchilari yuborilmoqda. Maktab o‘quvchilari bo‘lgan bu ishtirokchilar 2021/2022-o‘quv yili davomida Amerika maktablarida o‘qiydi hamda Amerikadagi mezbon oilalar bilan birga yashaydi.

    Anjuman davomida “Daryo” muxbirining nima sababdan 15 yil FLEX dasturi bo‘yicha O‘zbekistondan o‘quvchilar AQShga o‘qishga yuborilmay qo‘yganligi haqidagi savolga AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum javob berdi. Elchining aytishicha, bunga ikki mamlakat o‘rtasidagi ba’zi bir kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.

    Daniyel Rozenblyum

    Daniyel Rozenblyum
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Ikki xalq o‘rtasida ba’zi bir holatlarda kelishmovchiliklar bo‘lgan. Lekin keyingi yillarda, ayniqsa, to‘rt yildan buyon munosabatlarimiz yaxshi darajaga ko‘tarildi. Shu bois bu dasturni yana qaytadan amalga oshirishga muvoffaq bo‘ldik. Ungacha O‘zbekiston va AQSh munosabatlarida qandaydir kelishmoqchiliklar bo‘lgan. Xususan, almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham. Lekin keyingi yillarda dastur yaxshi amalga oshirilmoqda”, — dedi elchi Daniyel Rozenblyum.

    Janob elchining qo‘shimcha qilishicha, AQShdan talabalar, olimlar, ingliz tili o‘qituvchilari va boshqa mutaxassislar ham O‘zbekistonga kelib, maktablarda, universitetlarda, boshqa bir muassasalarda ishlamoqda, dars berib, ta’lim olmoqda.

    FLEX dasturi 1993—1994-yillarda sobiq senator Bill Bredli tomonidan AQSh va Yevrosiyo mamlakatlari o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik va o‘zaro tushunishni ta’minlash maqsadida tuzilgan va yo‘lga qo‘yilgan. Dastur xorijlik yoshlarga AQSh va amerikaliklar bilan bevosita tanishish imkonini beradi, shu bilan birga u Yevrosiyo madaniyati va mamlakatlarini amerikaliklarga tanishtiradi. Bugunga qadar 22 mamlakatdan kelgan 29 mingdan ortiq o‘quvchi FLEX dasturida ishtirok etgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Xalqaro ta’lim bo‘yicha 1993-yildan buyon Amerika Kengashlari FLEX dasturiga O‘zbekistondan 947 nafar ishtirokchini yuborgan. Qo‘shma Shtatlarda FLEX ishtirokchilari yetakchilik ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, Amerika jamiyati va qadriyatlari bilan tanishadi, amerikaliklarga o‘z mamlakatlari va madaniyatlarini o‘rgatadi. FLEX talabalari AQSh jamiyatida jamoat ishlarida ishtirok etadi va o‘z mamlakatlari vakili vazifasini bajaradi. Ularning ko‘pchiligi dastur davomida orttirgan mahorat va g‘oyalardan foydalangan holda o‘z mamlakatlarida innovatsion loyihalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

    FLEX — katta tanlov va o‘quvchilarning o‘qishdagi muvaffaqiyatiga asoslanib, AQSh Davlat departamenti moliyalashtiradigan dastur bo‘lib, u Armaniston, Ozarbayjon, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldova, Mo‘g‘uliston, Chernogoriya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O‘zbekistonda faoliyat olib boradi. Har yili 35 mingdan ortiq o‘quvchi FLEX stipendiyasini olish uchun bir nechta test sinovlarida qatnashadi, bu ularga bir o‘quv yilida Qo‘shma Shtatlardagi mezbon oilada yashash hamda AQSh maktablarida o‘qish imkonini beradi.

    04.08.2021, 22:34   Izoh (0)   39271
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda ilk marotaba Oilaviy bolalar uyi tashkil qilindi

    04.08.2021, 22:10

    Shavkat Mirziyoyev namuna qilib ko‘rsatgan Qashqadaryodagi nasos stansiyasi 21 ming gektar maydonni sug‘orish imkoniyatiga egaligi ma’lum qilindi

    04.08.2021, 21:42

    O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot ishga tushirildi

    04.08.2021, 21:27

    Farg‘onada quvib o‘tish qoidasini buzgan Matiz 13 yoshli qizni urib ketib, Nexia bilan to‘qnashdi. Piyoda shifoxonada vafot etdi

    04.08.2021, 21:12

    O‘zbekistonda ko‘chma savdo va mavsumiy kafelarning ishlash tartibiga oid nizom tasdiqlandi

    04.08.2021, 20:42

    Toshkentda Nexia bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan tez yordam mashinasidagi yo‘lovchi vafot etdi (video)

    04.08.2021, 20:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.