Hafta davomida O‘zbekiston va dunyoning turli nuqtalarida olingan suratlarni namoyish etamiz.

Germaniyaning Norddeih shahridagi dengiz mushuklarini ko‘paytirish stansiyasida yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborilayotgan dengiz mushugi bolasi.

Foto: Getty Images

Toshkent shahri Chilonzor tumanida qurilayotgan bolalar maydonchasi. “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yilgacha respublikada 1 800 ta bolalar maydonchasi qurilishi va ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

Nyu-York osmonidagi oy.

Foto: Getty Images

“O‘znaslchilik” korxonasida nasl olish maqsadida boqilayotgan ikki yoshli Trailblazer laqabli ho‘kiz. U go‘sht yo‘nalishidagi Gereford qoramol zotiga mansub bo‘lib, AQSh naslchiligi tipiga kiradi. Tirik vazni ikki tonnagacha boradi. Undan dunyodagi eng qimmat “marmar go‘sht”i olinadi.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Eronda Ashuro kuni arafasida shahid Imom Husayn uchun motam marosimida qatnashgan shia musulmonlari.

Foto: Getty Images

Ispaniyaning Fuengirola bioparkidagi orangutan bolasi.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Tatvanda qishlog‘i yaqinidagi afg‘onistonlik muhojirlar. Afg‘oniston hokimiyatiga “Tolibon” kelganidan so‘ng Turkiya Eron bilan chegarada muhojirlar oqimi ko‘payishidan xavotirda.

Foto: AP Photo

Bangladeshda suv nilufarlari orasida suzib yurgan bola. Mamlakatda nilufar gullarini yig‘ish mavsumi boshlandi.

Foto: “TASS”

Afg‘onistonda 20 yillik urush nihoyasiga yetganini e’lon qilgan “Tolibon” harakatining a’zolari Kobulda yo‘l bo‘yida patrullik qilmoqda.

Foto: AFP

Litvaning Pakruojis shahrida gullar bayrami paytida Shekspirning “Yoz kechasidagi tushlar” komediyasidan Pak obrazi tasvirlangan haykalni suratga olayotgan ayol.

Foto: Reuters

Kaliforniya shtatining Plumas okrugidagi “Diksi” o‘rmon yong‘inlari vaqtida yolg‘iz yurgan yetim ayiq bolasi.

Foto: AP Photo

AQSh askari Kobuldagi aeroportda to‘plangan afg‘onlarga qarata o‘z qurolini o‘qtalmoqda.

Foto: AFP

Nigeriyadagi sirkda zanjirband qilingan sirtlon. Sirtlonlar ko‘pincha yovvoyi tabiatda xunuk odati tufayli jirkanch va yomon hayvon sifatida ko‘riladi, lekin Nigeriya shimolida ba’zi erkaklar bu jonzotlarni o‘z uylarida saqlaydi, festivallarda namoyish qiladi va hatto go‘ngidan dori-darmon tayyorlaydi.

Foto: Reuters

Feministik guruhlar Meksikadagi norozilik namoyishi paytida politsiya bilan to‘qnashdi. Ular mitinglarni kriminallashtirishni to‘xtatish va yo‘qolgan ayollar ishi bo‘yicha adolat qilishni talab qildi.

Foto: EPA

Janubiy Afrikaning Kryuger mintaqasidagi havzadan suv ichayotgan antilopalar kutilmaganda paydo bo‘lgan timsohdan qo‘rqib sakrab qochmoqda.

Foto: Media Drum Images

Gaitida zilzila va “Greys” tropik bo‘roni yopirilishi oqibatida chodirli lagerga evakuatsiya qilingan odamlar.

Foto: AP Photo

Nyu-York ko‘chalarida nogironlar aravachasida basketbol o‘ynayotgan odamlar. Har yili o‘tkaziladigan tadbirda shaharliklarga Apper Ist ko‘chasidan Bruklin ko‘prigigacha bo‘lgan yetti kilometrlik yo‘lda turli xil ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

Foto: Getty Images

Afg‘onistonni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘onistonliklar Kobuldagi aeroportdagi samolyotga chiqib olgan.

Foto: AFP

Vashingtondagi jazirama paytida favvorada o‘ynayotgan qiz.

Foto: AFP

Yoxannesburgdagi ko‘lda quyosh chiqishi, Janubiy Afrika.

Foto: EPA

Xitoyning Xubey provinsiyasida kuchli yomg‘irdan keyin Xan daryosining ko‘rinishi.

Foto: Getty Images

Indoneziya Mustaqillik kunidagi musobaqa ishtirokchilari.

Foto: EPA

“Tolibon” harakati a’zolari Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan bir necha soat o‘tgach, Kobuldagi Afg‘oniston prezidenti saroyini nazorat ostiga oldi.

Foto: AP Photo

Kaliforniya shtatidagi o‘rmon yong‘inlari.

Foto: AP Photo

AQShda namoyishchilar G‘arbiy Los-Anjeles federal binosi oldida Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash uchun sham yoqib hamdardlik bildirdi.

Foto: EPA

Paragvaydagi og‘ir metallar bilan ifloslangan suv havzasi.

Foto: AP Photo

Kaliforniya shtati Bat okrugidagi dam olish zonasi bo‘lgan Orovil ko‘liga olib boruvchi kanalda turgan uy-qayiqlar.

Foto: AP Photo

Islandiyadagi Fagradalsfyadl vulqoni otilishi davom etmoqda. Vulqon otilishi mart oyida boshlangan.

Foto: Getty Images

“Nyu-York gladiatorlari” guruhi a‘zosi O‘rta asrning zirhli sovutlarini kiyib, Markaziy bog‘dagi jangdan keyin dam olmoqda.

Foto: Getty Images