Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida oxirgi 2 kun ichida boshlangan harorat ko‘tarilishi davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”. Kunduz kunlari havo 36-38 darajagacha isiydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kechalari harorat ko‘tariladi, yakshanba kuniga kelib harorat 20-22 daraja qiymatiga yetadi. Dam olish kunlarida harorat me’yordan 2-4 darajaga yuqori bo‘ladi.

20-avgust va dam olish kunlari respublikaning barcha tekislik hududida havo, asosan, biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘ladi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Respublikaning ayrim tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 18-avgust, chorshanba kunidan salqin havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinib, uning o‘rniga Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keldi. “O‘zgidromet” hafta oxirlariga borib havo harorati yana ko‘tarilishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.