Gollivud yulduzi va BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha Oliy komissarining maxsus elchisi Anjelina Joli afg‘onlarga oid ma’lumotlarni e’lon qilib borish maqsadida Instagram’da sahifa ochdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Instagram / Angelina Jolie

“Ayni vaqtda Afg‘oniston xalqi ijtimoiy tarmoqlarda erkin muloqot qilish va fikr bildirish imkoniyatini yo‘qotmoqda. Shu sababli men Instagram’ga ularning tarixi va butun dunyo bo‘ylab asosiy inson huquqlari uchun kurashayotgan insonlar ovozi bilan bo‘lishish maqsadida keldim”, — deb yozadi aktrisa.

Joli “Tolibon” harakatining hokimiyatga kelishi bilan jamiyat hayotida yuz bergan o‘zgarishlar haqida so‘z boruvchi afg‘on qizining xatini e’lon qilgan.

Foto: Instagram / Angelina Jolie

Qizning so‘zlariga ko‘ra, oldinlari afg‘on ayollari o‘z huquqlarini ochiqcha talab qila olgan, ishlagan va o‘qigan, endi esa jamiyatni qo‘rquv egallagan.

Foto: Instagram / Angelina Jolie

Foto: Instagram / Angelina Jolie

Joli mazkur holatga befarq bo‘lmagan barchani Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga chaqirgan. Jolining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga hozirda 4 milliondan ortiq odam obuna bo‘lgan.

Avvalroq “Tolibon” Afg‘onistonni egallab olgach, matbuot va ayollar uchun o‘z shartlarini e’lon qilgandi, shuningdek, “Tolibon” ayollar huquqlariga shariat doirasida amal qilishga va’da bergan.