• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov majburiy emlash nazarda tutilgan qonunga e’tiroz bildirdi

    O‘zbekistonda majburiy emlashni nazarda tutuvchi qonun imzolangandi. Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda davlat bosh sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda), ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekaniga oid qo‘shimcha kiritildi. “Adolat” partiyasi Siyosiy kengashi raisi, O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov mazkur qonun faqat ish beruvchiga foydali ekani, xodimlar manfaati ko‘zlanmaganini aytdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Albatta, ushbu me’yorlar xalq salomatligini ko‘zlab joriy etilgan. Virusga chalinish zanjirini uzish uchun profilaktik tadbirlar shart. Ammo ushbu qonun, asosan, ish beruvchilar foydasiga xizmat qilmoqda. Xodim manfaatlaridan esa chetlab o‘tilmoqda.

    ‘Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda’ izohi berilgani ayni muddao, biroq shifokor ruxsatidan so‘ng vaksina qabul qilgan xodimlarga ham imtiyoz va imkoniyatlar berilganida nur ustiga nur bo‘lar edi”, — deydi Bahrom Abduhalimov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina olgach, ayrim bezovtaliklar (isitma, holsizlik, og‘riq) kuzatilishi real misollar bilan isbotini topdi. Aslida bu xavotirli holat emas, aksincha immunitet shakllanayotganidan darak beradi. Mazkur alomatlar yuz berayotgan vaqtda (taxminan, 3 kun davomida) xodimga ish haqi saqlanadigan ta’til berish maqsadga muvofiq.

    “Binobarin, sog‘lom vujudgina to‘laqonli mehnat qilishga qodir bo‘ladi. Vaksina reaksiyasi vaqtincha noqulayliklar tug‘dirayotganida xodimning ish unumdorligi pasayishi tabiiy. Shunday ekan, vaksina olgan xodimga o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi uchun sharoit yaratib bergan afzaldir”, — deydi “Adolat” partiyasi rahbari.

    U 2020-yilda O‘zbekistonda qat’iy karantin talablari hukm surganida imkoni bor tashkilotlar o‘z xodimlarini masofaviy mehnatga o‘tkazganda, kompyuter orqali bajariladigan ishlarda uydan turib mehnat qilish ish sifatiga ta’sir qilmaganini ta’kidlab, bu amaliyotga vaksina olgan fuqaro manfaati yuzasidan hozir ham qisman murojaat qilish mumkinligini bildirdi.

    “Ishga uzoq masofadan qatnaydigan ishchilar bor. Ularni vaksinadan keyin ko‘chada yo‘l kechib yurishga majburlamay, masofaviy mehnatga vaqtincha o‘tkazib turish kerakmasmikan? Albatta, alomatlar og‘irroq kechsa, ishga kelishdan ham, uyda ishlashdan ham ozod qilish va ish haqini saqlash insoniylikdan bo‘ladi. Chunki u o‘ziga kelgunicha yotoq tartibida bo‘lishi, shifokor tavsiya etgan muolajalarni olib borishi lozim.

    Koronavirus hammada har xil kechayotganini ko‘rib, guvohi bo‘lyapmiz. Kimdadir og‘ir, kimdadir yengil, boshqa birovda alomatlarsiz o‘tyapti. Bundan qat’i nazar virus aniqlangan bemor o‘zini sog‘lomlardan izolyatsiya qilishi shart. Og‘ir ahvoldagi bemorlar shifoxonada, o‘rtamiyonalar uyida izchil muolajalar bilan davolanyapti va ishidan kasallik ta’tiliga chiqyapti. Lekin yengil va alomatsiz o‘tkazayotgan bemorlar, asosan, boshqalarni ko‘zlab —  tashuvchi bo‘lib qolmaslik uchun uyda qoladi. Balki, bu vaqt oralig‘ida kasallik ta’tili emas, masofaviy mehnatdan foydalangan ma’quldir. Ehtimol shu yo‘l bilan xodimga ish haqini to‘liq berish orqali ko‘mak ko‘rsatilar.

    Xullas, bu mavzuni yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Afsuski, mazkur masalaga parlament tomonidan jiddiy yondashilmagan. Vaholanki, qonunlar bir tomonlama emas, mukammal yaratilishi lozim. Ish beruvchiga faqat huquq berilgan, lekin unga majburiyatlar ham yuklatish zarur. Deputatlar va senatorlar nega ushbu omillarni nazardan chetda qoldirishgan, degan taassufdamiz”, — degan Bahrom Abduhalimov.

    Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov hukumat emlanmaganlarning erkini cheklashi kerakligini ta’kidlagandi. Ombudsman Feruza Eshmatova O‘zbekistonda majburiy emlashni joriy etish orqali inson huquqlariga putur yetkazilmayaptimi, degan savolga javob bergandi.

    Mavzuga doir: Prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov obodonlashtirish xodimlarini uyida ishlatgani aytilgan prokurorni tanqid qildi

    15.08.2021, 23:59   Izoh (0)   35200
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Viloyat hokimi tanqididan so‘ng Koson tumani hokimligini o‘rab turgan temir to‘siqlar olib tashlandi

    15.08.2021, 23:38

    “Viloyatlik bo‘lganim uchun to‘xtatdingizmi?!” Toshkentda haydovchi va YPX xodimi o‘rtasida tortishuv sodir bo‘ldi

    15.08.2021, 23:17

    Foto: Yashik yasayotgan hunarmandlarga ko‘maklashayotgan Namangan hokimi

    15.08.2021, 23:10

    Jizzaxda ikki nafar fokuschini pichoqlashda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi

    15.08.2021, 22:16

    “Ixtilofga aloqador barcha tomonlarni kuch ishlatishdan tiyilishga hamda tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz” — Maqsuda Vorisova

    15.08.2021, 21:15

    Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    15.08.2021, 21:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.