• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan mamlakat rahbariyati, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Qonunchilik palatasi raisi Nuriddinjon Ismoilov, Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shoazim Minovarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev, mahalla va oila vazirining o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev hamdardlik bildirdi. Hamdardlik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Foto: Prezident matbuot xizmati
    O‘zbek xalqi og‘ir judolikka uchradi. Mashhur diniy ulamo, atoqli jamoat arbobi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o‘g‘li Alimov shu yil 15-avgust kuni 71 yoshida vafot etdi.

    U.Alimov 1950-yil 1-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ildi. 1982—1983-yillarda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida, 1983—1987-yillarda Toshkent islom institutida, 1989—1990-yillarda Marokash davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil oldi.

    U muqaddas dinimiz asoslarini, arab va fors tillarini chuqur egallab, 1980—2006-yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida samarali faoliyat olib bordi. Buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy abadiy orom topgan tabarruk ziyoratgohda olib borilgan keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlarida yuksak tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyatlarini namoyon etdi.

    Usmonxon domla o‘zini ‘Imom Buxoriyning xodimi’ deb hisoblar va bunday sharafli nom bilan doimo faxrlanar edi. U muhaddislar sultoni bo‘lmish buyuk bobomizning hayoti va ijodi to‘g‘risida yurtimizda birinchilardan bo‘lib ‘Imom Buxoriy barakoti’ asarini yozgan yetuk ulamo edi.

    2000—2006-yillarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi lavozimida sidqidildan mehnat qilib, katta bilim va hayotiy tajribasini ezgu amallarga safarbar etdi.

    Usmonxon Alimov 2006-yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. O‘tgan davr mobaynida u respublikamizda ijtimoiy-ma’naviy, diniy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash, dinimizning insonparvarlik mohiyatini asrash va keng targ‘ib etish, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash ishiga beqiyos hissa qo‘shdi.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan diniy sohadagi islohotlar, xususan, yangi madrasa va masjidlarning ochilishi, Qur’on o‘qitish kurslarining tashkil qilinishi, Qur’oni karimning arab va o‘zbek tillarida chop etilishi, idora qoshida axborot markazining tashkil etilishi, ‘Vaqf’ xayriya jamoat fondining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, musulmon mamlakatlari va xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarning mustahkamlanishi kabi xayrli ishlarda muftiy hazratning xizmatlari katta bo‘ldi.

    Usmonxon Alimov yurtimiz musulmonlarining hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘lish bilan birga, nafaqat Markaziy Osiyoda balki musulmon dunyosida yuksak obro‘-e’tibor qozongan ulkan ilm va ma’rifat sohibi sifatida e’tirof etilgan zot edi.

    U 2012-yilda Islom olami uyushmasi ta’sis majlisining a’zosi hamda Butundunyo ulamolar kengashi a’zosi etib saylandi. So‘nggi yillarda Iordaniyaning Islomiy strategik tadqiqotlar markazi tomonidan e’lon qilinadigan ‘Jahonning eng nufuzli 500 musulmoni’ ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladi.

    Usmonxon Alimov islomning barcha ilmlari sohasida tan olingan benazir olim edi. Unga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining faxriy doktori unvoni berilgan edi. Muftiy hazratning qalamiga mansub ‘Tafsiri Irfon’ asari Qur’oni karim ma’nolarini ona tilimizda mahorat bilan aks ettirgan muhtasham kitobdir.

    Olimning ‘Imom Buxoriy – muhaddislar sultoni’, ‘Hazrati Imom’, ‘Yoshlar – kelajagimiz’, ‘Rasulullohning muborak vasiyatlari’, ‘Oilada farzand tarbiyasi’ kabi o‘nlab kitoblari, yuzdan ziyod ilmiy-ommabop maqolalari el-yurtimiz o‘rtasida ma’lum va mashhur bo‘ldi.

    Usmonxon Alimov hamisha odamlar bilan birga, xalqning dardu quvonchiga sherik bo‘lib yashadi. Aholining ma’rifiy savodxonligini oshirish maqsadida ‘So‘ragan edingiz’ degan maxsus rukn tashkil qilib, jamoatchilikni qiziqtirgan ko‘plab bahsli masalalarga yillar davomida javob va yechim topib berdi.

    Usmonxon Alimov davlatimiz va xalqimiz oldidagi unutilmas xizmatlari, jamiyatimizda bag‘rikenglik va dinlararo totuvlik muhitining mustahkamlanishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun ‘El-yurt hurmati’ ordeni bilan taqdirlangan edi.

    Xalqimizning ajoyib farzandi, mashhur ulamo, atoqli jamoat arbobi, yoshlarning mehribon ustozi, kamtarin va samimiy inson Usmonxon Alimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

    Shavkat Mirziyoyev, Tanzila Norboyeva,  Abdulla Aripov, Nuriddinjon Ismoilov, Shoazim Minovarov, Sodiq Toshboyev, Sodiqjon Turdiyev.

    Eslatib o‘tamiz, Usmonxon Alimov so‘nggi vaqtlarda Moskvada davolanayotgan edi — u o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan, o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olayotgan edi. Muftiyning janoza namozi va ta’ziya marosimlari 16-avgust kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘i “Eshoni Temirxon To‘ra” (avvalgi “Orlot” masjidi) jome masjidida bo‘lib o‘tadi.

    15.08.2021, 21:13   Izoh (0)   40251
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yoshlar ishlari agentligi boshqarma boshlig‘i 38 yoshida vafot etdi

    15.08.2021, 20:14

    OAV: Marshal Abdurashid Do‘stum vaqtincha O‘zbekistonda bo‘lib turibdi

    15.08.2021, 19:10

    Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

    15.08.2021, 19:00

    Su-25 samolyotidan Mi-35 vertolyotigacha: O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi (foto)

    15.08.2021, 18:37

    “O‘zgidromet” 16-avgustda qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    15.08.2021, 18:12

    “Boshpana so‘ragan afg‘onistonlik qochqinlar bo‘yicha insonparvarlik tamoyillariga mos harakat qilinishi lozim” — Alisher Qodirov

    15.08.2021, 17:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.